Ertaklar

4926 marta o'qildi
Laylak bilan tulki

Laylak bilan tulki do'st bo'lgan ekan. Qimmatchilik vaqti kelib, ikkisi bola-chaqasi bilan och qolibdi.

Laylak bilan tulki do'st bo'lgan ekan. Qimmatchilik vaqti kelib, ikkisi bola-chaqasi bilan och qolibdi. Bir kun laylak tulkiga: — Tulkiboy, sen uyga qarab o'tir. Men uchib borib o'zimizga va bolalarimizga ovqat topib kelay,— debdi. Tulki rozi bo'lib, uyda bolalarga qarab qolibdi. Laylak ovga ketibdi. Tulki uyda o'zining va laylakning bolalariga qarab o'tiraveribdi, oradan besh kun o'tibdi, olti kun o'tibdi, laylakdan darak bo'lmabdi. Tulkining qorni nihoyatda ochib, holdan ketay deb qolibdi, ochdan o'lar holga kelibdi. Tulki u yoq-bu yoqqa qarab, hech kim yo'qligidan foydalanib, laylakning bitta bolasini tappa bosib yeb qo'yibdi. Bolani yeb bo'lgandan keyin qarasa, laylak ikki toshbaqa, beshta qurbaqa, ikki ilonni ko'tarib olib, ovdan kelyapti. Tulki o'zicha:

— Ey, attang-ga, bir kun qarasam bo'lar ekan, do'stim ancha oziq
olib kelar ekan, endi nima deb javob beraman,— deb yig'lay beribdi.
Laylak uyga kelsa, tulki do'sti yig'lab o'tirgan emish. Laylak:

— Ey tulki do'stim, nega yigiaysan?— deb so'rabdi.
Tulki yig'i aralash:

—  Hay, hay, laylak do'stim, bo'yni uzunjonning biri kasal bo'lib
o'lib qoldi, shunga yig'layapman, deb suyaklarini ko'rsatibdi. Laylak xafa
bo'libdi, yig'labdi va bolasini olib, tulkidan yashirib boshqa yoqqa uchib
ketibdi.


Orqaga qaytish