Jahon mamlakatlari

5661 marta o'qildi
Chexoslovakiya

Avgustda  Chexoslovakiyalik  8  ta  demanstrantlar Moskva  shahrida  “ bizning va sizning ozodligingiz uchun”  deb  nomlangan  demanstratsiya  o’tkazishdi.

Mustaqillik  kuni:  28-  oktabr  1918-yil

Ajralish:  1993- yil  1-  yanvar

Poytaxti:  Praga

Eng  katta  shaxarlari:  Praga ,  Brno, Bratislava

Oxirgi  president:  Yan  Straski

Maydoni:  127,900  km.kv

Axolisi:  15,6  mln

Valyutasi:  krona

 1945-yilning  may  oyida  Chexoslovakiya  eng  oxirgi  bo’lib  Germaniya  qurshovidan  chiqdi. 1946-yillarda  bo’lib  o’tgan  saylovda  komunistlar  40%  ovoz yig’ishgan  bo’lsada Prezident  Beneshni  o’z  o’rnidan  yoqotishdi. 1948- yilda  Chexoslovakiya  demokratik  respublika  deb  nomlandi.1968-  yili  Chexoslovakiya  komunistlari  Aleksandr  Dubchek  boshchiligida “ sotsiolizm”  qurmoqchi  bo’ldilar, ushbu  yurish  Chexoslovakiyaning  tarixida “Praga  Bahori”  nomi  bilan  qoldi. Bu  yurishlarni  SSSR  rahbarlarini  qoniqtirmadi.Lekin   bu  norozilik  xech  narsaga  olib  kelmadi  va 21-avgust  kuni Chexoslovakiyaga  Varshava sulhi  qatnashchilari  o’z  qo’shinlarini  olib  kirishdi (1955-yilning 14-  mayida  Varshava  shahrida “Varshava” do’stlik  va  yordam sulhi  tuzildi.) 25-

Avgustda  Chexoslovakiyalik  8  ta  demanstrantlar Moskva  shahrida  “ bizning va sizning ozodligingiz uchun”  deb  nomlangan  demanstratsiya  o’tkazishdi.

1980-  yildan  boshlab  Chexoslovakiya Chex va  Slovak  sotsial  respublikasi  deb  ataldi. Bu  davlatning  Prezidenti  Gustav Gusak  edi.

Xolat  1988-yilda  o’zgardi. Ko’pchilik  demanstratsiyalar  boshlandi,  ushbu  demanstratsiyalarda  shunchalik  ko’p  odamlar  qatnashdiki  ular  politsiyaga  ham  yo’l  berishmas  edi.

1991- yilda  Chexoslovakiyadan  SSSR  qo’shinlari  olib  chiqildi. Davlat  Chex  va  Slovak  Federativ  Respublikasi  deb  nomlandi. Davlatdagi  inqirozli  xolat  chexlar  va  slovaklar  o’rtasidagi  ziddiyatlarni  kelib  chiqishiga  sabab  bo’ldi.

1992-  yildagi  bo’lib  o’tgan  saylovda  Chexiya  va  Slovakiyani   ajralishi  vujudga  keldi. Ushbu  ajrimni  chexlar  taklif  etishgan  edi.

1993-yilning  1-yanvarida Chexoslovakiya  degan  davlat  yoqoldi.

Chexoslovakiyada  ma’daniyat  juda  keng  rivojlangan Pragada  juda  ko’p  muzeylar  va  manzaraviy  joylar  bor.

Chexoslovakiyada fermerchilik, metallurgiya, oziq-ovqat sanoatlari  rivojlangan.

 Chexoslovakiyaning  bayramlari

 Chexoslovakiya  axolisi  oldindan  o’zining  davlatini    Yevropaning  markazi  deb o’ylagan.Chexoslovakiyaning  poytaxti  Praga  dunyodagi  eng  chiroyli  davlatlardan  biri  deb  sanaladi. Shuning  uchun  ham  Pragaga  ko’p  sayyohlar  kelishadi,  ular  1-o’rinda  Praga  pivosini  yaxshi  ko’rishadi. Chexoslovakiya  axolisi  tozalikka  rioya  qilishadi ko’chalar  xar  doim  toza  turadi. Ushbu  davlat  erkaklari  qo’l  berib  salomlashishadi,  ayollar  bilan  salamlashganda  esa  birinchi  bo’lib  ayol  qo’lini  uzatishi  lozim  bo’ladi. Agarda juftlar  restoranga  borishsa  eshikdan  1-  bo’lib  erkak  kiradi. Chexoslovakiyaning  milliy  ichimligi  pivo  xisoblanadi. Bu  davlat  axolisi  ertaklar  aytishni  yaxshi  ko’rishadi,  agar  Pragaga  borsangiz  sizdan  KARL  ko’prigida  arvox  ko’rdingizmi  deb  so’rashi  mumkin.

Chexoslovakiya  axolisi  xech  qachon  shoshqaloqlik  qilmaydi,  ishda  ham  gapirganda  ham  sekin  gapirishadi.

To’ylarda  esa  doim  jarangdor  qo’shiqlar yangraydi.

Ularning   eng  sevimli  bayrami  31-dekabr  ushbu bayramni “SELVESTR”  deb  atashadi,  selvestr  bu  qorbobo  degani.

6-yanvarda  esa   “3ta  Qirol Kuni” ni  nishonlashadi ushbu  bayram  3ta  qirol   Kaspara,  Melxiora va  Valtasara  sharafiga  atalgandir.

8-  may  kuni  nemslardan  ozod bo’lganliklarini  nishonlashadi.

28- sentabrda  “DOJINOK”  bayrami  nishonlanadi ,  bu  bayram  kuzgi  yig’im  terimga  bag’ishlangan  bo’ladi.

28-oktabr  kuni  “BILIM  KUNI”  nishonlanadi  ushbu  bayram  1918- yildan  beri  nishonlanadi.

4-dekabr  kuni  farishta  Varvara kuni deb  ataladi.  Farishta  Varvara  ertaklarga  qaraganda  odamlarni  chaqmoq  chaqishidan  saqlaydi.


Orqaga qaytish