Mashxur shaxslar

5527 marta o'qildi
Habib Abdullaev

U tabiat va yer farzandi edi. U yerni ham dehqoncha mehr, ham olimona tuyg'u bilan sevardi. Shu sababli u butun umrini yer ilmiga baxshida etdi. Bu yo’ldagi mashaqqatlarni sabot bilan yengdi. 

Abdullaev Habib Muhamedovich
(1912-1962)

U tabiat va yer farzandi edi. U yerni ham dehqoncha mehir, ham olimona tuyqu bilan sevardi. Shu sababli u butun umrini yer ilmiga baxshida etdi. Bu yo’ldagi mashaqqatlarni sabot bilan yengdi. Aqademik Habib Abdullaev Oloy tog’lari etagida joylashgan xushmanzara Aravon hishlog’ida o’zbek deqqoni oilasida dunyoga keldi. Ehtimol, hishloq atrofining ajoyib tabiati, uning uyi yaqinida katta konlardan birining topilganligi Habibning qalbida geologiya faniga qizihish uyg’otgandir. Ana shu qizihish uni O’rta Osiyo Iidustrial instituti (hozirgi Toshkent Politexnika instituti)ning tog’-geologiya fakul'teti sari yetakladi, O’rta Osiyoning tog’u toshlari, cho’lu biyobonlariga da'vat etdi, yer ostida necha million yillardan buyon yashirinib yotgan qazilma boyliklarni "tilga kiritish"ga undadi. U o’zi yirik tadqiqotlar olib borishi bilan birga yosh avlodda, maktab o’quvchilarida ham geologiyaga qizihish uyg’otishga intilardi. Faqat respublikamizda emas, balki, umuman O’rta Osiyoda geologiya fani va amaliyotida erishilgan katta muvaffaqiyatlar Habib Muhamedovichning ilmiy faoliyati bilan uzviy bog’liqdir. Uning tashabbusi bilan O’zbekiston Fanlar aqademiyasining hozir uning nomi bilan ataladigan Geologiya instituti asosida geologiyaning turli sohalari bo’yicha to’rtta ilmiy tekshirish instituti tashkil etildi. Respublikamizning faxri hisoblangan yirik ilmiy markaz - Yadro fizikasi institutining tashkil etilishida xam Habib Muhamedovich jonbozlik ko’rsatdi. Ulug’ Vatan urushi yillari bevosita Habib Muhamedovich ishtirokida O’zbekiston qora metalllrgiyasining to’ng’ichi Bekobod metallurgiya zavodi barpo etildi. Mamlakatimizning mineral xom ashyo bazasini tez sur'atlar bilan rivojlantirish, qazilma boylik konlarini izlash va ularni tezda ishga solishda Abdullaev o’zining salmoqli hissasini qo’shdi. U yer osti boyliklarining tarixan tashkil topishi va qaysi qatlamlarda qanday qazilma boyliklar yotishi mumkinligi haqidagi o’z nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga suyanib sovet va chet el geologlari ko’p yangi konlar ochdilar.
 Qamrovi keng olim Habib Muhamedovich fan yo’lida har qanday qiyiichiliklardan qo’rqmaydigan fidoyi edi. Ana shu fidoyilik tufayli u faqat Ittifoqimizdagina emas, balki jahonda ham tanildi. Uning Fransiya geologiya jamiyati Buyuk Britaniya qirollik mineralogiya jamiyatining a'zosi etib saylanganligi ham bejiz emas. Habib Muhamedovich partiya va davlat ishlarida ishlagan chog’larida ham, resggublika fani shtabi - O’zbekiston Fanlar aqademiyasiga rahbarlik qilganida ham geologiya sohasidagi tadqiqotlarini davom ettirdi. U geologiya sohasidagi ilmiy ishlari uchun respubliqada birinchi bo’lib Lenin mukofotiga sazovor bo’ldi.
Habib Abdullaev davlat va jamoat ishlari bilan band bo’lishiga qaramasdan, huzuriga kelgai shogirdlari bilan suqhbatlashishni kanda qilmas, maslahatlar berar, ilmiy tadqiqotlarni davom ettirish uchun vaqt topar edi. Abdullaev 130 dan ortiq ilmiy asar yozdi. U o’zining o’lmas asarlari, g’oyalari bilan O’zbekiston sha'nini baland ko’tardi. Habib Abdullaevning farzandlariga murojaat etib aytgan gaplari ayni vaqtda respublikamizdagi barcha bolalarga aytilgandek tuyuladi:
 "Bolalarim, hamisha inoq bo’lib yashang, bir-biringizdan hech qachon hech nimani ayamang, har qanday sharoitda ham bir-biringizni suyang, qo’llab-quvvatlang... Men o’n ikki yasharligimdan mehnat qila boshlaganman. Mehnatsevar bo’ling, aziz bolajonlarim. Men o’zimning butun umrimni xalqimizga va fanimizga baxsh etdim. Sizlar ham, qaerda va qaysi lavozimda ishlashingizdan qat'i nazar, o’z hayotingizni, mehnatingizni xalqqa bag’ishlang, halol xizmat qilib, jonajon O’zbekistonmizga munosib farzandlari bo’lib yetishing". 



Orqaga qaytish