Mashxur shaxslar

5648 marta o'qildi
Bruno Jordano

Rimda ajoyib yodgorliklar, haykallar juda ko’p. Ularning ichida bitta haykal borki, uni kechalari yoritishmaydi, turistlarga ko’rsatishni xoqlashmaydi. U eski uylar bilan o’ralgan ensiz maydon o’rtasida qad ko’tarib turibdi. Xuddi shu yerda 1600 yili gulxan alanga olgan edi. 

Bruno Jordano
(1548-1600)
 

Rimda ajoyib yodgorliklar, haykallar juda ko’p. Ularning ichida bitta haykal borki, uni kechalari yoritishmaydi, turistlarga ko’rsatishni xoqlashmaydi. U eski uylar bilan o’ralgan ensiz maydon o’rtasida qad ko’tarib turibdi. Xuddi shu yerda 1600 yili gulxan alanga olgan edi. Ana shu gulxanda Jordano Brunoni va unga qo’shib, uning ajoyib kitoblarini yoqishgan.
 Jordano yoshligida diniy maktabda o’qigan. O’sha vaqtlarda Yer Olamning markazi, quyosh va barcha sayyoralar esa uning atrofida aylanadi, deb o’qishar edi. Cherkov namoyandalari bu nazariyaga qo’shilmaganlarni ta'qib etishar, juda o’jarlarini esa yo’q qilishardi.
 Brunoga cherkov ta'limotlarini tan olish, takrorlash va yodlab olishni majbur qilardilar. Lekin u o’zi fikr yuritishni istadi. Bruno dunyoning qanday tuzilganligi haqida boshqacha yozilgan kitoblarni yashirin topa boshladi. Ularni sinchiklab o’qidi, magzini chaqishga urindi. Osmon yoritkichlarining harakatini o’zi kuzatdi. Bruno asta-sekin haqiqiy olimga aylandi. Bruno ko’p yillar Italiya, Fransiya, Angliya, Germaniyani kezib yurdi. Hamma yerda u cherkov nomoyandalarining ta'limotiga qo’shilmagan xaqiqiy olimlardan ta'lim olishga intildi. Ko’p o’tmay Brunoning o’zi ham kitoblar yoza boshladi va talabalarni o’qitdi. U buyuk polyak olimi Kopernikning qarashlarini yoqladi. Kopernik Quyosh Yer atrofida emas, balki Yer Quyosh atrofida aylanishini uqtirgan edi. Brunoning dadil fikrlari yanada ilgarilab ketdi. Hayot faqat Yerdagina mavjud emasligini, Olam cheksizligini, ko’plab olamlardan iboratligini tushunib yetdi va boshqalarga ham tushuntirdi:
 Bruno poplar va cherkov ustidan zaharxandalik bilan kuldi, odamlarni Yer va osmon sirlarini tushunishga da'vat etdi. U o’zining otashin she'rlari va ilmiy kitoblarida shular haqida yozdi. U o’z ta'limoti haqida leksiyalarda qizg’in gapirishdan tolmasdi. Uning shuhrati Yevropadagi ko’p universitetlarga yoyildi. Lekin cherkov ruhoniylari dovyurak olim bilan murosa qilishni xohlashmadi. Ular bir xoinni ishga solishdi. U o’zini 
Brunoga do’stdek tutib, uni inkvizitsiya tuzog’iga ilintirib berdi. Brunoni qamoqqa oldilar. U 8 yil zindonda yotdi. Uni goh qiynadilar va qo’rqitdilar, goh o’z qarashlaridan voz kechishga ko’ndirmoqchi bo’ldilar.
 Lekin bu odamni na qo’rqitib, na mol-dunyoga qiziqtirib, na qaddini bukib bo’lardi. Shundan keyin uni "qon to’kmay" o’ldirishga hukm qilishdi. Bu esa "gulxanda yoqilsin" degani edi.
 1600 yil fevral oyining sahar paytida Rimda qo’ng’iroqlar jarangladi. Kamonchilar ko’chasidan Gullar maydoniga monaxlar yaqinlashib kela boshladi. Ular po’ng’illab motam qo’shiqini aytib jasur isyonkor - olim Jordano Brunoni qatl etish uchun olib kelishardi.
 Brunoning jasorati hozirgacha unutilgani yo’q va hech qachon unutilmaydi ham. Bruno, Kopernik va Galiley ta'limotini taqiqlab va yashirib bo’lmas edi, chunki bu ta'limot ayni haqiqat edi!



Orqaga qaytish