She`rlar va ruboiylar

5771 marta o'qildi
Ustozlarga she'r

Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustazdir, biroq
Kimgadir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zodga xarf o’rgatgan kim?...
Oddiy muallim-da, oddiy muallim...

ODDIY MUALLIM.   (Muhammad Yusuf)

Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustazdir, biroq
Kimgadir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zodga xarf o’rgatgan kim?...
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibquronlar
Firim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar joxongirda yo’l ko’rsatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrafni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqlinsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’usaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyqida shogrdin o’ylab yotgan kim?...
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.


Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yuzga kiraman mn Xudo xohlasa —
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

 

O'QUVCHIGA ESDALIK. (Quddus Muhammadiy.)

Bo'lay desang bog'bon,
Yo Vatanga posbon,
Yo osmonda uchuvchi,
Yo dengizda suzuvchi,
Nimaki qilsang tilak—
Bariga o'qish kerak.
O'quvchi, sendan talab:
Maktabga bor ertalab.
O'qi berib mehringni,
Qo'yib ko'ngil, zehningni.

MUALLIMIM. (Yusuf Shamansur)

Ko’z o’ngimda
Ochdi dunyo
Muallimim.
Yo’llarimga
Sochdi ziyo
Muallimim.
Go’dak edim
Ona kabi
Parvarishlab,
Ulg’aytirdi
Meni dono
Muallimim.
Shagirdmanki
Taxt turaman
Xizmatiga,
Qilsa agar
Bitta imo
Muallimim.

O'QITUVCHIM. (Tursunboy Adashboyev)

«Alifbe»dan o'rin olgan,
Bir kam o'ttiz harflarni
«Alla», «Anor», «Bahor», «Bayroq»—
Kabi oddiy gaplarni
— O'rgatgan kim?
— O'qituvchim.

Sodda, ziyrak, biroz sho'xmiz,
Qiziquvchan, sertalab.
«Lo-la», «Osh-ol» so'zlarini,
Toqat bilan erkalab
— Yozdirgan kim?
— O'qituvchim.

Harf tanitib, burro qilgan,
Anvarni, Sanobarni.
Kim o'rgatgan karralarni,
To'rt amal, barobarni?
Ayt-chi, Azim!
— O'qituvchim.

Kitobni shar, o'qir Hulkar,
Rosti gap ishonmadik.
Biz «Alifbe» bayramini,
Juda zo'r nishonladik.
— Ustozing kim?
— O'qituvchim.

Bizlar shaymiz: — Labbay, — deb
Ustozlar xitobiga.
Bolajonlar navbat keldi,
Endi «O'qish kitobi»ga.
— O'rgatar kim?
— O'qituvchim.


Yuklab olish Yuklab olish


Orqaga qaytish