Hikmatlar

5055 marta o'qildi
Ustoz otangdek ulug

USTOZ-muallimlarga mehr-muhabbat hislari bilan yo'g'rilgan bu so'zlar har bir vatandoshlarimizning ko'nglidagi ezgu muddaosini ifodalaydi, desak, to'g'ri gapni aytgan bo'lamiz.  Respublikamizda ta’lim yetti tilda amalga oshiriladi. Bu - hayotiy haqiqat, voqelik;

Yurtimizda erkin va farovon hayot qurish, farzandlarimizning bizdan ko'ra bilimli, kuchli, dono va, albatta, baxtli bo'lishini ko'rish barcha ota-onalar qatori men uchun ham butun faoliyatim, kerak bo'lsa, butun hayotimning ma'no-mazmuniga aylangan buyuk orzu, buyuk maqsaddir.

Islom KARIMOV

USTOZ-muallimlarga mehr-muhabbat hislari bilan yo'g'rilgan bu so'zlar har bir vatandoshlarimizning ko'nglidagi ezgu muddaosini ifodalaydi, desak, to'g'ri gapni aytgan bo'lamiz. Respublikamizda ta’lim yetti tilda amalga oshiriladi. Bu - hayotiy haqiqat, voqelik; bizning ular bir maktabimizda — qaysi tilda: o'zbek yoki qoraqalpoq, tojik yoki rus, qozoq, qirg'iz yoki turkman tilida ta'lim berilishidan qat'i nazar — har bir o'quvchining umumiy o'rta ta'lim davlat standarti bilan shartlangan bilimni to'liq olish imkoniyati kafolatlangan. 


She'r
Ustoz, bilim berding, nur berding menga, 
Ilm bo'stonidan qilib guldasta, 
Zaminu samoda tenging yo'q sening, 
Kelajak orzusin qilding payvasta.

Nafis tuyg'ulardan gilam misoli.
Gilam emas, aslida, to'qiding olam.
 Ushbu kun yurakdan bir cho'g' navoli 
So'ylaydi rahmatin, ey ulug' odam.


Ta’lim so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan o’rganishdir, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakatga, kasb-hunarga berilgan bo’lishdir.Agar ular ish, kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa,demak,ular kasb-hunarning chinakam oshig’i bo’ladilar.
(Al-Forobiy)

Tajribali o'qituvchilarga izdoshlarni biriktirish ta'lim sifatini oshirish, o'qituvchilarga amaliy-metodik yordam berish, ish jarayonini to'g'ri tashkil etishda qo'l keladi.
Bu yo'nalishda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimida "Ustoz — shogird" maktabi, "Yosh o'qituvchilar maktabi", "Ilg'or tajriba maktabi" kabi metodik ishlarni tashkil etish ko'p yillardan buyon maktab tajribasida qo'llanib kelinmoqda. Jumladan, oliy o'quv yurtini bitirib, endigina maktabda faoliyat bosh-lagan yosh mutaxassisni jamoadagi murabbiy o'qituvchiga 3 yil davomida biriktirib qo'yish tajribasi o'z samaralarini bermoqda.
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlari miqyosida pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarida olib boriladigan amaldagi malaka oshirish tizimidan tashqari, qo'shimcha ravishda muntazam faoliyat yuritadigan "Ustoz — shogird" maktabi tizimi yaratildi. Bu ishga darslarni bugungi kun talablari darajasida tashkil etishga, doimiy izlanishda bo’lib, yangilik yaratishga qobil bo'lgan fan o'qituvchilari jalb etilib, ularning har biriga o'z maktabi va yondosh maktablardan shogird o'qituvchilar biriktirildi.
Ustoz o'qituvchilar hamda shogird o'qituvchilar mehnatini direktor jamg'armasi va boshqa manbalar hisobidan rag'batlantirish mexanizmi ham yo'lga qo'yildi. Mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan 9 ming 772 ta maktabdan 5 ming 327 tasi " Ustoz — shogird" maktabi yo'nalishiga qamrab olindi va bir ustozga uch shogird shaklida 20 ta umumta'lim fanlari kesimida tizim yaratildi. Bunda 4 ming nafarga yaqin ustoz o'qituvchilardan uch xil darajadagi 12 mingga yaqin shogird o'qituv¬chilar ish o'rganishmoqda. 
Xalq ta'limi vazirligi hay'at majlisida "Ustoz — shogird" maktablari faoliyatining tashkil etilishi holati to'g'risidagi masala ko'rib chiqilib, "Xalq ta'limi muassasa-sida pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishini "Ustoz — shogird" usulida tashkil etish to'g'risida"gi Nizom, "Iste'dod" jamg'armasida malaka oshirish dasturi 
hamda bu jamg'arma orqali ustoz o'qituvchilarning malakasini oshirish rejasi tasdiqlandi.
Ushbu Nizomga asosan, ustoz o'qituvchilarni O'zbekiston Res¬publikasi Prezidenti huzuridagi "Iste'dod" jamg'armasida tashkil etiladigan kurslarda hamda turli o'quv seminar va treninglarda tayyorgarlikdan o'tkazib borish ko'zda tutilgan.






Orqaga qaytish