She`rlar va ruboiylar

5659 marta o'qildi
"2" qo'ymang o'qituvchim. (she'r)

Qiyin ekan savolingiz,
Yo’qmi boshqa misolingiz?
O'qituvchim, ko’p qiynamang,
Baland bo’lsin iqbolingiz...

«2» QO’MANG, O’QITUVCHIM

qiyin ekan savolingiz,
Yo’qmi boshqa misolingiz?
Uqituvchim, ko’p qiynamang,
Baland bo’lsin iqbolingiz.

N a q a r o t:

«Yetarlidir «ikkim», «uchim», 
«2» qo’ymang, o’qituvchim. 
Osonidan ozroq so’rang, 
Jon domlajon, «2» qo’ymang, 
«2» qo’ymang, «2» qo’ymang.
Vazifalar ancha og’ir,
Kitob olsam boshim og’rir.
Qandoq qilay, o’qituvchim, u ahvolda qolmay oxir.

N a q a r o t:
Yuragimni bosmasin g’am, 
Nima dydi ota-onam.  
Sirlarimni aylamang fosh, 
Mayli edi «4» bo’lsa ham...
N a q a r o t.
Imtihondan o’tib olay, kyin o’zim o’qib olay. 
Iloj qiling, o’qituvchim, 
Kanikulga chiqib olay.
N a q a r o t:
Yetarlidir «ikkim», «uchim»,
«2» qo’ymang, o’qituvchim.
Osonidan ozroq so’rang, 
Jon domlajon, «2» qo’ymang,
«2» qo’ymapg, «2» qo’ymang.

Po’lat Mo’min


USTOZLARGA
Qo'llarimda jaranglar sozim, 
Bugun chindan yangroq ovozim, 
Ustoz pandi — bahorim, yozim 
Sizga ta'zim, sizlarga ta'zim.

O'gitingiz — kelajak darsi, 
Tashvishingiz — yuragim darzi. 
Sizni sevmoq hayotim qarzi, 
Sizga ta'zim, sizlarga ta'zim.
Nurjahon Avazova 

Nurjahon Avazova

Boshqa she'rlarni  quyidagi fayldan ko'chirib oling

Yuklab olish Yuklab olish


Orqaga qaytish