Matbuot xizmati

5491 marta o'qildi
Oqituvchi kelajak bunyodkori

1-oktabr - “O’qituvchi va murabbiylar kuni” umummilliy bayram O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida"gi 1996 yil 9 sentabrda qabul qilingan 1559-Farmoni asosida joriy etilgan.

1 oktabr - “O’qituvchi va murabbiylar kuni” umummilliy bayram O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida"gi 1996 yil 9 sentabrda qabul qilingan 1559-Farmoni asosida joriy etilgan.
 Barcha ta'lim muassasalari, markazlar, jamoat tashkilotlarida, xalq ta'limi tuman bo’limi, viloyat boshqarmalari “O’qituvchi va murabbiylar kuni” bayramini rasman nishonlashadi. Bayram tadbiri o’tkaziladigan joylar ustoz va murabbiylarni ulug’laydigan, ularning mehnatini qadrlashga undaydigan, ta'lim olayotgan yoshlarga, ta'lim islohotiga bag’ishlangan, shuningdek, Prezidentning ustozlar sha'niga bildirgan so’zlari yozilgan shiorlar bilan jihozlanadi.
Tadbir boshida O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi, qatnashchilar, qonunga binoan, tik turib ommaviy tarzda unga jo’r bo’ladi. Tadbir o’tkaziladigan zal yoki maydonda O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’" ko’tariladi. Bayram tadbirini boshlab borayotgan kishi Sharafli kasb egalarining mehnati, yosh avlodni voyaga yetkazishdagi o’rni, mustaqillik davrida o’qituvchi va murabbiylarga munosabat to’g’risida qisqacha so’zlab, keyin maxsus tayyorlangan notiqqa navbat beradi. Notiq 1 oktyabr – O’qituvchilar va murabbiylar kunining umumxalq bayrami sifatida joriy etilishi tarixiga qisqacha to’xtaladi. Mamlakatda o’qituvchi va murabbiylarning o’rni, ahamiyati, sharafli kasb egalarining zalvorli mehnati, respublikamizda mustaillik davrlarida ta'lim sohasida erishilgan yutuqlar, o’quv darsliklaridagi o’zgarishlar haqida so’zlab beradi. Tadbirga nafaqada bo’lgan o’qituvchilar, murabbiylar taklif qilinib, o’z hayot yo’llari, malakalari bilan yig’ilganlarni tanishtiradi. Tadbirda ishtirok etish imkoniyati bo’lmagan o’qituvchi va murabbiylarning holidan xabar olish tashkil qilinadi.
  1 oktyabr kuni viloyat, tuman markazlarida O’qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilinib, faxriy o’qituvchilar, murabbiylar taklif etiladi. Ta'lim sohasida ulkan yutuqlarga erishgan o’qituvchi va 
murabbiylar taqdirlanadi.
Tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonida qayd etilgan: "Bu bayramda o’tkaziladigan barcha tadbirlar o’qituvchilar, murabbiylar, tarbiyachilar, umuman, bolalar bilan ishlashga, ularning sog’ligini himoyalashga, jismonan va ruhan sog’lom avlodni kamol toptirishga o’z hayotini baxshida etgan insonlarni ulug’lashga bag’ishlansin", - degan tamoyildan kelib chiqib, maktab ishi, jamoatchilik manfaati, Vatanga muhabbat, kelajak avlod tarbiyasiga hurmat ruhida o’tkazilishi zarur.

Bolanning salomati va saodati uchun yaxshi 
tarbiya qilmak - tanini pok tutmak, yosh vaqtidan 
maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o’rgatmak, 
yomon xulqlardan asrab o’sdurmakdur.
(Abdulla Avloniy)


«Buyuk va muqaddassan, mustaqit Vatan!» shiori ostida o'tgan o'qituvchilarning an'anaviy avgust kengashida «Ustoz-shogird maktabi» faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo,llari» mavzusida seminar-trening olib borildi. Treningda bildirilgan fikr-mulohazalar nafaqat boshlang'ich, balki, fan o'qituvchilarida ham katta qiziqish uyg'otdi. Qatnashchilar «Ustoz-shogird maktabi» faoliyati bilan bir qatorda, dars, o'quv jarayonini rejalashtirishda ko'proq nimalarga e'tiborni qaratish, dars ishlanmasining tarkibiy qismlari, metodlar, darsning tahlil turlari haqidagi kerakli ma'lumotga ham ega bo'ldilar. Shu bilan birga ayrim muammolar ustida ham to'xtalib o'tildi.
«Ustoz-shogird maktabi»ning yosh o'qituvchilarga amaliy metodik yordam berishdek bir qancha aniq maqsadlarga yo'naltirilgani ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu jarayonda o'zaro dars kuzatuvi muhim sanaladi. Ma'lumki, kuzatish va tahlil qilish orqali o'quvchilarning mashg'ulotlarga umumiy tayyorgarligi, bilim olishga intilishi, o'quv faniga bo'lgan qiziqishi, diqqat, e'tibori, dars davomidagi mustaqil faoliyati aniqlansa, o'qituvchining kasbiy faoliyatidagi barcha jihatlarga alohida ahamiyat qaratiladi.Darslarni kuzatish jarayonida didaktik, psixologik, pedagogik, ilmiy, metodik hamda tashkiliy ishlar tahlili inobatga olinadi. Bugungi kunda «Ustoz-shogird maktabi»da yuzaga kelayotgan muammolar kuzatuvchilarning darsga yaxlit tizim sifatida qaramay, ko'proq tashqi jihatlarga e'tibor berishida ko'zga tashlanmoqda. Ular ko'pincha dars, uning mazmun-mohiyati to'g'risida umumlashgan fikrlarni bildirib qo'ya qoladilar. Aslida har bir dars aniq maqsadlar asosida tahlil qilinmog'i darkor. Dars tahlili yakuni bo'yicha ustozning dars rejasining bajarilishi, ko'zlangan maqsadga nechog'li erishilganligi, darsning eng qiziqarii nuqtasi va taassurotlarga boy jihatlari, mavzuni tushuntirishda yana qanday usullardan foydalanish mumkinligi xususida tavsiyalari keltirilishi o'rinlidir.
Bugungi kun o'qituvchisi ko'rgazmali qurollar, turli o'yin, mashg'ulotlari, zamonaviy interfaol usullardan, texnik vositalardan, kompyuterdan faoliyati davomida o'rinli foydalana turib, multimedia darslarini qo'llash orqali sifat va samaradorlikka erishishi mumkin. O'quvchilarning o'zlari sevgan ertak va multfilm qahramonlari ishtirok etgan ko'rgazmali qurollar yoki multimedia yordamida olgan bilimlari tushunarli, qiziqarli va ko'proq yodda qolarli bo'ladi. Shuning uchun ham darslarda turli qo'shimcha vositalardan imkon qadar samarali foydalanishga harakat qilinadi. «Raqamli joylashuv», «Bilarjonni kim yengadi?» kabi ko'rgazmali qurollarni asosan darsning mustahkamlash qismi va bo'lim yuzasidan takrorlash bosqichlarida ko'proq qo'llaniladi. Mavzuni o'tib bo'lgach, savollar yozilgan kartochkalarni maxsus jildning cho'ntakchalariga joylashtirib chiqiladi. O'quvchilar hamjihatlikda ana shu savollarga javob berishga va Bilarjonni yengishga harakat qiladilar.Ustoz-shogird faoliyatiga kelsak, bu jarayon har ikki tomonning faol harakatiga bog'liqdir, ta'limning asosiy shakli hisoblanmish dars o'tishning yangi-yangi metodlaridan foydalanish, bolani ko'proq mustaqil fikrlashga o'rgatish, har bir darsni o'zgacha shaklda boshlash, o'quvchi yoshi va xususiyatlariga mos ko'rgazmali qurollardan darsning barcha qismida unumli foydalanish, o'z nutqi ustida muntazam ishlash, bolaga mehribon hamda do'stona munosabatda bo'lishi lozimligi haqida maslahatlar beriladi. Shuni alohida ta'kidlaymanki, zamonaviy ta'lim berishda o'qitishning og'zaki tushuntirish, suhbat, hikoya, ma'ruza, ko'rgazmali hamda amaliy, muammoli, izlanish va reproduktiv, o'quvchi faoliyatini rag'batlantirish, nazorat, o'z-o'zini nazorat qilish, kitob bilan ishlash kabi metodlaridan unumli foydalanilganda o'quv mashg'ulotida ko'zlangan barcha maqsadlarga to'liq erishiladi.
Har qanday faoliyat ezgulikdan kuch oladi, takomillashadi. Bugun ustoz o'gitidan bahramand shogirdning o'zi ham vaqti kelib, ustozlik martabasiga erishadi. Lekin shungacha u tinmay o'qib-o'rganishi, izlanishi, tajribasini oshirib borishi, eng muhimi, zamon bilan hamnafas, hamqadam bo'lishi talab etiladi.
Zamonaviy o'qituvchi - kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi va targ'ibotchisi darajasiga yetmog'i zarur, deyilganda ana shular ko'zda tutilgan bo'lsa, ajab emas.


Orqaga qaytish