Mashxur shaxslar

4958 marta o'qildi
Mikelanjelo Buonarroti

Mikalenjo – Uyg’onish davrida yashagan buyuk Italyan xaykaltaroshi, rassom, arxitektor va shoir. Mikelanjeloning bolaligi Florensiyada o’tgan. Uning rassomlik iste’dodi juda erta namoyon bo’ladi va u otasining xohishiga qarshi chiqib, o’zini san’atga bag’ishlashga qaror qiladi. 

Mikelanjelo Buonarroti

(1475-1564)

Mikelanjelo – Uyg’onish davrida yashagan buyuk Italyan xaykaltaroshi, rassom, arxitektor va shoir.

Mikelanjeloning bolaligi Florensiyada o’tgan. Uning rassomlik iste’dodi juda erta namoyon bo’ladi va u otasining xohishiga qarshi chiqib, o’zini san’atga bag’ishlashga qaror qiladi. 13 yoshida rassomga shogird bo’ladi, 25 yoshida esa ko’pgina ajoyib xaykallar yaratadi.

26 yoshida aql bovar qilmaydigan qiyin ishga qo’l uradi. Bir xaykaltarosh balandligi 5 metrdan ortiq bo’lgan marmar bo’lagidan xaykal yasamoqchi bo’ladi, biroq marmarni buzib qo’yadi, so’ng ishni ohiriga yetkazmay tashlab ketadi. Eng yaxshi xaykaltaroshlar ham bu buzilga marmardan xaykal yasashni hoxlamaydilar. Bu ishni bajarishga Mikelanjelo kirishdi. Uch yildan so’ng xaykal  tayyor bo’ladi. Bu qadimgi afsonada xikoya qilingan yosh yigit Davidning haykali edi. U yakkama-yakka olishuvda o’z xalqining dushmani – paxlavon Goliafni yenggan. Xaykaltarosh o’z qaxramoning kurashga otlanga paytdagi xolatini tasvirlagan: chap qo’lida sopqonni ushlagan xolda ko’zlarini katta ochib paxlavonga tikilib turibdi. David o’ta qatiy, hitirjam va shafqatsiz qiyofada.

Mikelanjelo buyuk rassom xam edikunlarning birida u Rim cherkovlaridan biri – Sikst kapellasi shipiga rasm ishlash uchun buyurtma qabul qildi. Chiziladigan rasmning kattaligi 600 kvadrat metrdan oshardi. Anaixoyatta og’ir sharoitlardabaland xavozaga yotib olgan xolda tavrot afsonalari mavzuida dunyoning yaratilishi xaqidagi rasmlarni chizdi. Bu rasmlardagi eng yorqin obrozlardan biri miflardan biri miflarda bayon etilgan birinchi odam dovyurak va ajoyib Adamdir.

Vikelanjelo bu rasm ustida to’rt yil ishladi. Uning  yordamchilari yo’q edi. Xaddan tashqari og’ir va tinimsiz mexnat natijasida uning tanasi og’rirdi, qattiq toliqishdan ko’zlari deyarli ko’rmay qoladi.

Ko’p yillarda so’ng rassom yana shu Sikst kapellasi devorlariga “daxshatli sud”   manzarasi tasvirlangan rasm chizdi.  Cherkov hodimlarinig fikriga ko’ra, bu ulkan rasm insonning ojizligini, uning Xudo irodasiga tobeligini ifodalashi lozim edi. Lekin Mikalenjelo bu rasmga ham itoatsizlik ruxini singdirdi, unda inson go’zalligi va qudratini sharafladi.

Mikelanjelo buyuk arxitektor xam edi. U Rimda dunyoda eng buyuk Avliyo Pyotor sobori qurulishni tugalladi. Mikelanjello suborning dastlabki mo’ljallagan planini qayta ishladi. Uning loyixasi asosida dunyoda tengi yo’q ajoyib gumbaz qurildi.

Rassomning eng yaxshi ishlaridan biri papa Yuliy II (Rim cherkovi boshlig’i ) qabridagi sag’anadir. Uni ajoyib marmar xaykallar bezab turadi. Xaykallar orasida tavrotdagi afsonaviy donishmand Moiseyning ulug’vor qiyofasi va bog’langan ikki asir yigit tasviri xam bor. Ulardan biri bor kuchini to’plab, tutqinlikdan halos bo’lishga intiladi, ikkinchisi esa jon bermoqda. Lekin mag’lubiyatka uchragan, jon berayotgan kishilar xam Mikelanjelo tasvirida xamisha go’zal va qudratlidir.

Mikelanjelo umrining ohirgi yillarida poeziya bilan xam shug’ullangan. Uning “She’rlar” kitobi o’limidan so’ng dastlab 1623 yilda nashr qilingan.

Buyuk rassom o’zi xaqida “Kishilarni menchalik sevishga moyil odam xali tug’ilmagan”, deb yozgan edi. Chindan xam u inson erkinligi va go’zalligini tarannum etguvchi san’ati bilan ushbu muhabbatni isbot etdi.


Orqaga qaytish