O'zbekiston tarixi

5015 marta o'qildi
Iskandar Zulqarnaynning yurishlari

Iskandar Zulqarnayn (miloddan avvalgi 356—323-yy.)ning O'rta Osiyoga yurishi miloddan avvalgi 329-yilning bahor faslida boshlandi. U tez fursat ichida Eronni, so'ng Baqtriya bilan So'g'diyonani bo'ysundiribdi. Ahamoniylar zulmidan bezor bo'lgan mahalliy xalq yunonlarga deyarli qarshilik ko'rsatdilar.

ISKANDAR ZULQARNAYNNING YURISHI

Iskandar Zulqarnayn (miloddan avvalgi 356—323-yy.)ning O'rta Osiyoga yurishi miloddan avvalgi 329-yilning bahor faslida boshlandi. U tez fursat ichida Eronni, so'ng Baqtriya bilan So'g'diyonani bo'ysundiribdi. Ahamoniylar zulmidan bezor bo'lgan mahalliy xalq yunonlarga deyarli qarshilik ko'rsatdilar. Bu hol ma'lum darajada bosqinchilarning osonlik bilan bu mamlakatlarni bosib olishiga imkon berdi. Ahamoniylaming Baqtriya bilan So'g'diyonadagi noibi Bess asir olindi.

Baqtriya bo'ysundirilgandan keyin Iskandar Zulqarnayn qo'shini bilan O'kuz bo'yiga kelib tushdi, lekin u bu azim daryodan o'tish uchun kema topolmadi. Ko'prik quray desa tevarak-atrofda yog'och yo'q edi. Shuning uchun askarlarga somon tiqilgan mesh tarqatdilar. Shu meshda suzib, bor askar olti kun deganda daryodan o'tib oldi. So'ng to'rt kun deganda Samarqand nomli shaharga kirib keldilar. Shahar yetmish stadiy uzunlikdagi mustahkam devor bilan o'ralgan edi. Shaharning arki yana bir mustah­kam devor bilan o'ralgan ekan. Shunga qaramay yunonlar shaharni egalladilar va uni ayovsiz talon-toroj qildilar. Tevarak-atrofdagi qishloqlarni ham talab, keyin yoqib yubordilar.

O'shanda Iskandar Zulqarnayn So'g'diyonada yana yettita shaharni bosib oldi. Shundan keyin u Tanais da-ryosi bo'ylariga,. qarab qo'shin tortdi. Tanaisni mahalliy xalq Yaksart deb atardi.*Uning boshlanishi Tyanshan tog'larida bo'lib, Gurgon dengiziga kelib quyilar edi. Tanais bo'ylaridagi mahalliy xalq oziq-ovqat va yem-xashak qidirib yurgan makedoniyaliklarni tutib oidirdilar.

Shu yerda Iskandar Zulqarnayn huzuriga saklarning elchilari kelishdi. Iskandar ham ular bilan sulh tuzish uchun o'z elchilarini yuborgan edi. Aslida esa Iskandar Zul-qarnaynning elchilari skiflar mamlakatining umumiy ahvoli, skiflarning turmush tarzi, din-e'tiqodi, fe'1-atvori, askarlarining umumiy soni va qanday qurollanganliklarini bilib kelishi kerak edi. Iskandar Zulqarnayn o'sha Tanais bo'yida Aleksandriya Esxata (Uzoqdagi Iskandariya) degan katta bir shahar qurdirdi. Shahar hozirgi Tojikistonning Xo'jand shahri yaqinida joylashgandi. Bu shahar Iskandar uchun skiflarga qarshi urush olib borishda tayanch bo'lib xizmat qilishi kerak edi.

Lekin  Iskandaming skiflar ustiga qilmoqchi bo'lgan" yurishi amalga oshmay qoldi. So'g'diyonada katta qo'zg'olon ko'tarilganligi va ularga ergashib baqtriyaliklar ham qo'z­g'olon ko'targanliklari haqida bir-biridan tashvishli xabarlar kela boshladi.

Shu payt Iskandar Zulqarnayn endi Aleksandriya Esxataga kelib tushgandi. Shahar juda katta bo'lib, 60 stadiy uzunlikdagi devor bilan o'ralgandi. Skiflar tez-tez katta shaharning ro'parasiga kelib, uni qattiq o'qqa tutar edilar. Shu payt Baqtriya ham Iskandar Zulqarnaynning tasar-rufidan chiqib, o'z mustaqilligini qo'lga kiritib oldi. Iskandar esa ikki o't orasida: bir tomondan mustaqilligini qo'lga kiritib olgan Baqtriya bilan qo'zg'olon ko'targan So'g'di-yona, ikkinchi tarafdan yunon askarlariga tez-tez hujum qilib, ularga katta talafotlar yetkazib turgan saklar orasida qolgandi. Yarador bo'lib qolgan, sog'lig'i borgan sari yomonlashib borayotgan Iskandar Zulqarnayn buning oqibatidan qo'rqardi. Ushbu bosqinchilarga qarshi iste'dodli harbiy rahbar, so'g'dlik Spitamen boshchiligida baqt­riyaliklar, sak va massagetlar qo'shilib qo'zg'olon ko'tar-dilar.

Iskandar Zulqarnayn Spitamenga qarshi 800 otliq va 3 ming piyoda askar bilan sarkarda Menedemni yubordi. Otliq qo'shin qalin daraxtlar o'rtasidagi yo'l bilan borardi. Bu yo'l tuzoq qo'yish uchun juda qulay edi. Shunga qaramay, Menedemning suvoriylari katta tezlikda bordilar. Yo'l-yo'lakay Menedem   daylarning lashkarlarini ham o'ziga qo'shib oldi. Spitamen esa ularni yo'lda chor-atrofdan o'rab oldi. Ikki o'rtada shiddatli jang boshlandi. Menedem imkoni boricha Spitamenning askarlariga qarshilik ko'rsatdi. Lekin natijasi u kutganday bo'lib chiqmadi. Spitamen ularni ta-moman tor-mor keltirdi. Menedemning o'zi va askarlarining ko'pchiligi o'ldirildi, qolganlari asir olindi. Bu urushda yunonlardan 200 piyoda va 300 suvoriy halok bo'ldi.

Shunga qaramay Spitamen Samarqandni qo'lda tutib qololmadi. Buning ustiga Iskandar Zulqarnaynning o'zi katta qo'shin bilan kelib, Samarqandni qattiq iskanjaga oldi. Ancha davom etgan janglardan keyin Spitamen shaharni tashlab ketishga majbur bo'ldi.

Birmuncha vaqtdan keyin ma'lum bo'ldiki, Spitamen daylarning orasiga qochgan ekan. Iskandar bundan xabar topib, daylar yurti ustiga yurishga qaror qildi. Lekin bu safar ham u ko'zlagan maqsadiga erishofmadi. Sgitamen bu safar ham qochib qutuldi va quvg'in va xavf-xatar ostida hayot kechirishga majbur bo'ldi. Quvg'in alami, yo'l azobi uni tamom asabiylashtirdi. Ayni shu paytda uning suyukli xotini (Spitamen hamma vaqt uni o'zi bilan birga olib yurardi) eriga yolvordi: «Qo'ying shu yovlashishni, yaxshisi Iskandardan uzr so'rang, zora afv etsa...» Spitamenning qattiq jahli chiqib, suyukli xotinini chopib tashlamoqchi bo'ldi. Lekin bunday qilolmadi. Chunki, uni jonidan ortiq suyardi. Uning katta, timqora ko'zlarida sadoqat va mehr-muhabbat uchqunlarini ko'rib, shashtidan qaytdi. Bundan tashqari, shu voqea ustida titrab-qaqshab turgan xotinining ikki akasi bor edi. Ularning vajohatidan cho'chidi. Spitamen kuchsiz ovoz bilan: «Yo'qol! Ko'zimga ko'rinma! Aks holda o'ldiraman»,— deb po'pisa qildi. Shundan keyin ular bir necha kun bir-birlarini ko'rmadilar. Spitamen bir kuni kechqurun o'zi xotinining oldiga bordi. Ular avvalgiday yashayverdilar, lekin xotini baribir avvalgi iltimosini tak-rorlayverdi. «Tiz cho'kib yashagandan ko'ra, tik turib o'lgan yaxshi!»,— dedi Spitamen jahl bilan...

Xullasi kalom, Iskandar Zulqarnaynning payt poylab yurgan odamlari qimmatbaho sovg'alar keltirib va katta va'dalar berib Spitamenning o'sha shyukli xotinini xoinlik yo'liga burib oldilar. O'sha xotin bir kuni Spitamen zo'r jangdan keyin qattiq uxlab yotganda, sodiq quiini chaqirtirdi va Spitamenning boshini kesishni buyurdi. Ilk saharda xotin va o'sha qui shu yaqin orada bo'lgan Iskandarning qarorgohiga bordilar va Spitamenning ro'molga o'ralgan boshini Iskandarni oldiga qo'ydilar. Iskandar Zulqamayn bir jihatdan xursand bo'ldi, chunki o'ta xavfli raqibidan qutuldi. Lekin ikkinchi jihatdan, Spitamen vafodorim deb hisoblab, boshiga ko'tarib yurgan xotinning sotqinligidan ranjidi. Spitamenning xotini va qulining ushbu xizmatini taqdirlamadi. Aksincha, ularni sharmanda qilib huzuridan quvib yubordi.

Iskandar Zulqarnaynning taqdiriga kelsak, u miloddan avvalgi 327-yili Hindiston ustiga qo'shin tortdi va mamlakatning shimoliy-g'arbiy qismini istilo qildi. U yangi urushlarga tayyorgarlik ko'rish asnosida bezgak kasaliga uchrab qoldi va miloddan avvalgi 323-yilning iyunida 33 yoshida vafot etdi.

 

I ZO H LAR

Ark - shaharning devor bilan o'ralgan mustahkam qismi; ichki qal'a. Linda podsho va uning ahli oilasi. shuningdek, davlat muassasalari joylashgan.

Daylar - Orol dengizining janubida yashagan va Parfiya davlatiga asos solgan yarim ko'chmanchi turkiy xalq.

Spitamen — Iskandar Zulqarnaynning sug'd lashkarboshilaridan. Kcyinchalik qo'zg'olon ko'turgan so'g'diyonaliklarga qo'shilib ketgan va shu qo'zg'olonga (mil.avv. 329-327-yy.) boshchilik qilgan.

Stadiy — qadimgi yunonlarda amalda bo'lgan masofa o'lchovi. 1 stadiy 150-190 metrga teng bo'lgan.

Tanais — Sirdaryoning qadimiy nomlaridan.

Yaksart - Sirdaryoning qadimgi turkiy nomi.

O'kuz (Oks) - Amudaryoning qadimgi   nomi.


Orqaga qaytish