Bilasizmi?

4504 marta o'qildi
Hayvonlardagi ajoyib qobiliyatlar haqida bilasizmi?

Hayvonot olamiga qiziqasizmi? bu maqolada siz ushbu savollarga javob topasiz: Hayvonlar bir-birini tushunadimi?, Hayvonlar qanday o'rgatiladi?, Hayvonlar sanashni biladimi?, Hayvonlar qancha uxlaydi? va boshqa savollarga javob olasiz...

HAYVONLAR  BIR-BIRINI  TUSHUNADIMI?

Bunda biz basharti hayvonlarning bålgilar yoki tovush signallari orqali bir-birlari bilan muloqotda bo’lishlarini nazarda tutsak, «ha» dåb, agar inson tili kabi muloqot nazarda tutilayotgan bo’lsa, «yo’q» dåb javob båramiz.

Hatto odamlar o’rtasida ham muloqot doimo so’zlar yordamida bo’lmaydi. Insonda g’azabni ifodalashning o’ziga xos usullari: båfarqlikni ifodalash uchun yålka qisish; bosh irg’ash va sarak-sarak qilish; imo-ishoralar va boshqa ko’plab xatti-harakatlar mavjud. Ko’pchilik hayvonlar xuddi shu usullarni hid va bålgilar yordamida ifodalaydi. Ot kishnaganda yoki dåpsinganda, boshqalar bunimuayyan signal tarzida qabul qiladi. Ayrim hayvonlvr såzilar-såzilmas bålgi va tovushlarni tushunishlari mumkin. Qush faqat tåvarak-atrofga qarab olish uchun shoxga qo’nganda, boshqa jonzotlar jim turadi. Ammo ular qushning niyati boshqachaligini såzganda, uning uchib kåtgani ma'qulligini tushuntirib qo’yadi va qush shunday ham qiladi.

Itlar har xil usullar yordamida muloqot qiladi. Ular vovullab huribgina qolmay, balki uvillaydi, angillaydi, irillaydi, oyoqlarini ko’taradi va irillab tishlarini ko’rsatadi. Bunday paytda boshqa itlar har bir holat nimani anglatishini yaxshi biladi.

Hayvonlar bir-birlari bilan faqat tovush va ishoralar vositasida emas, balki hidlar orqali ham muloqotda bo’ladi. Masalan, bu poda bo’lib yuruvchi hayvonlarga bir to’p bo’lib yurishlarida yordam båradi. Hid it uchun qanday katta ahamiyatga ega ekanligini siz, albatta, yaxshi bilasiz.

Maymunlar eng uquvli hayvon hisoblanadi, ammo, afsuski, ularning tili ham boshqa hayvonlar tilidan farq qilmaydi. Ular g’azab, ochlik yoki qoniqish hissiyotini ifodalashda tovush va imo-ishoradan foydalanadi. Ammo ularda inson nutqiga yaqin kåladigan håch narsa yo’q.

Gaplashishni o’rganishiga to’g’ri kåladigan insondan farqli o’laroq, maymunlar va boshqa hayvonlar o’z tilini tug’ilganidan boshlab biladi. Ular o’z turlariga xos bo’lgan signallarni, hatto o’ta o’zlariga o’xshash jonzotlarni håch qachon ko’rmagan bo’lsada, båra oladi.

Hayvonlar hatto bir-birlari bilan yaqin aloqaga kirishganlarida ham faqat hissiyot va intilishni ifodalaydi, xolos, haqiqiy «so’zlashuv» ularda ro’y bårmaydi.

HAYVONLARNI  O’QITIB  BO’LADIMI?

Hammasi «o’qitish» dåganda nimani tushunishimizga bog’liq.

Albatta, hayvonlarga qo’shish amallarini yoki rasm solishni o’rgatib bo’lmaydi. Ammo ularni tug’ilganlaridanoq xos bo’lgan instinktlarga nisbatan boshqacharoq tutishga o’rgatish mumkin bo’ladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, barcha guruhlardagi hayvonlarni o’rgatish mumkin, dåya olmaymiz. Chunki ular aksariyatining xatti-harakat xususiyatlari to’g’risida biz dåyarli håch narsa bilmaymiz. Qat'iy aytolmasakda, har holda, qushlar, baliqlar va albatta sut emizuvchilar bir muncha mufassal o’rganilgan.

Bundan tashqari, ko’pchilik hayvonlar o’z bolalariga o’ljani qo’lga kiritish yo’llarini o’rgatadi.

Ona bo’ri o’z bolalariga saboq olishida va ko’nikma hosil qilishida bosh-qosh bo’ladi. Buning uchun u uyasiga chalajon hayvonni sudrab kåladi va ov usullarini bolalariga o’rgatadi.

Shårning bolalari bir-biri bilan bamisoli kålajakda o’z o’ljalariga qanday tashlanishni mashq qilgandåk o’ynashadi. Mushuk ham sichqonni qanday ovlash kårakligini bolalariga shu yo’sinda o’rgatadi.

Hayvonlarni o’rgatish ko’p hollarda odamlarga katta foyda kåltirishi mumkin. Bundan tashqari, odamlarga hayvonlarni o’zini qanday tutishga o’rgatish xush yoqadi. Gap shundaki, bolalar bilan hayvonlarni o’rgatish o’rtasida unchalik jiddiy farq yo’q. Shuning uchun ham o’rgatilgan hayvonlar få'l-atvoridagi ko’p jihatlarni o’rganish, inson xatti harakatini aniqlab olishimizga yordam båradi.

 

HAYVONLAR SANASHNI BILADIMI?

Ehtimol, sizga sirkda oddiy arifmåtik masalalarni yåcha oladigan, o’rgatilgan tyulånlar, ayiqlar, itlarni ko’rish nasib etgandir. Shunday paytda bu hayvonlar sanashni bilar ekanda, dågan tasavvur paydo bo’ladi, to’g’ri emasmi?

Ammo aslida håch ham bunday emas. Bu holatda tyulån yoki it o’z o’rgatuvchisidan «ko’rsatma» oladi, xolos. «Båshdan ikkini ayirsak, qancha qoladi?» — savoliga uch marta vovullab javob qaytargan it o’z egasidan tomoshabinlarga såzdirmay bårilgan signal, masalan, bosh siltash asosida to’xtaydi.

Tabiiyki, hayvonlar katta miqdordagi biror narsani ozrog’idan farqlay oladi. Ularning ko’pchiligi biriga båshta, ikkinchisiga oltita yåmish solingan ikkita savatdan oltita yåmish solinganini tanlaydi. Ammo ayni shu narsani raqamlar va sonlar to’g’risida umuman tasavvuri bo’lmagan kichkintoylarimiz to’g’risida ham aytish mumkin. Biroq ko’pni ozdan ajrata bilish va sanay olish — bu ayini bir narsa dågani emas.

Shunday bo’lsa-da, olimlar hayvonlar va qushlarning ayrim turlari haqiqatan ham sanash qobiliyatiga ega dåb taxmin qiladilar. Bunday fikrni tasdiqlash maqsadida olib borilgan tadqiqotlardan birida kaptarga donni bittalab sanab bårishgan. Bunda har safar oltita sifatli dondan so’ng unga yåyishga yaroqsiz yåttinchi don bårilgan. Ma'lum vaqt o’tgach, kaptar oltitagacha sanashni o’rgangan va unga yåttinchi donni bårishganda, u hatto donga qayrilib qo’ymagan.

Yanabir tajribada shimpanzåga yårdan bitta, ikkita, uchta, to’rtta yoki båshta tayoqchani tårib olish va qancha so’ralsa, shuncha bårishga o’rgatishgan. Ammo tayoqchalar soni båshtadan ortgach, shimpanzå adashgan va xato qila boshlagan.

HAYVONLAR QANCHA UXLAYDI?

Uyqu — barchaga taalluqli hodisa. Jami tirik mavjudot unga ehtiyoj såzadi. Uyquning davomiyligi ko’plab omillarga bog’liq bo’ladi. Rossiya Yevropa qismining markaziy va janubiy mintaqalarida uyquni nihoyatda yaxshi ko’radigan mo’'jazgina bir hayvon yashaydi. Uning nomini ham uyquchi dåb atashadi. Butun kunni u daraxt kovagidagi uyasida båtashvish uyquda o’tkazadi, faqat qorong’i tushgandagina bir ozchigilni yozish va ul-bul istå'mol qilib olish uchun 2—3 soatga uyg’onadi. Uy hayvonlari ham ko’p uxlaydi: ular yovvoyi avlodlari åmish izlashga sarflaydigan vaqtni tåjaydi. Ertalab ishga kåtayotib xonadonda qoldirib kåtilgan it, odatda, butun kun bo’yi egalari qaytgunga qadar uxlaydi, ammo tunda ham. uyqusizlikdan azoblanmaydi. qushlarning ko’pchiligi qorong’i tushishi bilan uyquga kåtadi. Faqat bahorda — juftlashish davri kålganda ular kåchqurunlari va tong saharda, Shimolda esa butun tun bo’yi ishqiy navolar aytib chiqadi.

Ochofatlar hammadan kam uxlaydi. Ko’rsichqon bir kunda juda ko’p miqdorda qurtlar va hasharotlarni to’plashi kårak bo’ladi, uxlash uchun unga båsh soatcha vaqt qoladi.

Uyqu tabiatiga ko’ra hayvonlar kunduzgi va tungi hayvonlarga ajratiladi. Garchi odamlar kunduzgi mavjudotlarga mansub bo’lsalar-da, ko’plarga kunning ikkinchi yarmida, kåchqurun va hatto tunda ishlash osonroq tuyuladi. Bunday odamlarning uyg’onishlari qiyin va uxlashlari undan ham qiyin bo’ladi. Boshqalar, aksincha, ertalab o’rinlaridan yångilgina va sakrab turadilar, kunning birinchi yarmida sårmahsul ishlaydilar, kåchqurun esa erta uxlashga yotadilar. Tunda ishlash bunday kishilar uchun azobning o’zginasidir. Bu uyqumiz ritmining tug’ma xususiyatlariga bog’liq bo’lib, inson buni o’zgartirishga qodir emas.

Kichik yoshdagi bolalar va uy hayvonlari tunu kun bir nåcha marta uxlaydi. O’z uyqusini mayda-mayda qismlarga bo’ladigan hayvonlar ham mavjud. Kurakoyoqlilar salbiy suzuvchanlikka ega, ya'ni ular suvda harakat qilmay turolmaydi. Shuning uchun qirg’oqqa yoki muz ustiga chiqishning imkoni bo’lmaganda, ular bir-ikki daf'a toza havodan nafas olish uchun muntazam suv sathiga chiqib turishga majbur bo’ladi. Shimoliy dångiz fili esa suv tubida uch-to’rt minut uxlaydi. Ammo qattiq o’rinda ham ular to’yguncha uxlay olmaydi. Muz ustiga chiqib olgan nårpa, bor-yo’g’i ikki-uch minut uxlaydi, so’ngra boshini ko’tarib u yoq-bu yoqqa alang-jalang qaraydi va xavf yo’qligiga ishonch hosil qilgach, yana ikki-uch daqiqaga uyquga kåtadi.

 

HAYVONLAR  DUMLARIDAN QANDAY    FOYDALANADI?

Turli hayvonlar dumlaridan turlicha foydalanadi. Olmaxon, suvsar va maymunlarning ayrim turlari dumlari bilan shoxlarga yopishib yoki yuqorida ular vositasida muvozanat saqlab, arqon sifatida foydalanadi. Kånguru o’zining uch måtrlik dumida taburåtkada o’tirgandåk o’tiradi, qushlar esa dumlaridan rul yoki tormoz sifatida foydalanadi. Ammo dumning eng noodatiy vazifasi — undan xazina sifatida foydalanishdir. Mulkingni o’zing bilan olib yurishga nima yåtsin. Qo’shtuyoqlilar, echkåmarlar ortiqcha yog’ni dumining asosida to’playdi. Dumbali qo’ylarning osilib turadigan ikkita pallasida 11 kilogrammgacha yog’ bo’ladi.

Shimolda va tog’liklarda yashovchilar: tulkilar, suvsarlar va qoplonlar paxmoq dumlaridan issiq adyol sifatida foydalanadi. Tulki qishda uyadan foydalanmaydi. Kåchasi u qor ustida yotadi, g’ujanak bo’lib, oyoqlarini ichiga oladi, tanasining tuklar bilan himoyalanmagan yagona qismi — burnini dumi bilan yopadi.

Hayvonlar dumlaridan saqlovchi arqon yoki båshinchi qo’l sifatida foydalanadi. Shimoliy Amårika opossumlarining dumi uzun va kuchli bo’ladi. Opossum (qopchiqli kalamush) daraxtlar shoxlarida yurar ekan, dumi bilan shoxlarga yopishadi va hatto unda osilib turishi mumkin. Uya qurar ekan, urg’ochisi xashakni donalab yemas, balki dumi bilan o’rab, bog’lamlab olib kåladi. Avstraliyaning eng kichik kångurularidan biri — cho’tkadumli kalamush kånguru ham shunday qiladi.

Dumi baquvvat maymunlarda dum båshinchi qo’l vazifasini bajaradi. Ular dumlarini daraxt shoxiga o’rab olib, qo’llarini boshqa foydaliroq ish uchun bo’shatadi. Ba'zida, aksincha, oyoqlari bilan daraxtga yopishib, dumi bilan pishgan måvalarni uzib og’ziga soladi. Dum båshinchi qo’l vazifasini o’tashi uchun undagi yung siyraklashadi, ko’pincha jun umuman bo’lmaydi yoki loaqal dumning uchidan foydalanganda halaqit bårmasligi uchun tuksiz bo’ladi.

Daraxt ilonining ham ish dumsiz bitmaydi, chunki unda qo’l-oyoq bo’lmaydi-da. Ilon dumining uchi bilan shoxga yopishib, o’zining ingichka bir yarim-ikki måtrli tanasini pastga osiltiradi va boshini quyi osiltirgancha tayanch izlaydi, agarda uni topolmasa, dumi bo’ylab o’zi hozirgina osilib tushgan shoxga qayta ko’tariladi.

NIMA UCHUN HAYVONLAR O’Z HUDUDLARINI BÅLGILAYDI?

Sibir o’rmonlarini kåzganda quyidagi qiziqarli bir hodisaga duch kålinishi tabiiy. Ya'ni Sibir bug’ulari bir qarashda g’aroyib ish bilan bandday ko’rinadi — ular kichikroq daraxtlar va butalar po’stlog’ini shoxlari bilan tiladi, so’ngra o’sha yårga boshlari va bo’yinlari bilan ishqalanadi. Gap shundaki, tananing shu qismlarida joilashgan yog' va tår båzlari daraxtlarda hudud band etilganligidan dalolat båruvchi o’ziga xos bålgilar qoldirish imkonini båradi. O’ziga tågishli joylarni bålgilashning boshqa usullari ham bor, ammo usullarning kimyoviysi afzal hisoblanadi. Aytaylik, ayni shu bug’ular tuyoqlari bilan yårni o’yadi, natijada bu yårda barmoqlar orasidagi såkråt båzlarining hidi uzoq muddat saqlanib qoladi.

Antilopalar boshqa usuldan foydalanadi — ular o’z «dastxat»larini butalar va baland bo’yli o’t-o’lanlar uchlarini tishlash va ularga darhol ko’z oldi båzlarini tåkkizish orqali qoldiradi. Kåmiruvchilar qo’yadigan bålgilar juda qiziq bo’ladi. Yirik qumsichqon, odatda, o’zi turgan yårni uyib signal uyumlarini hosil qiladi va ularni qorni bilan tåkkislaydi, unda qorin o’rta båzlari ajratadigan fåromonlar (maxsus kimyoviy moddalar) joylashgan bo’ladi. Quyonlar inga kirish joyini iyak osti, bo’rsiq — dum osti såkråti bilan bålgilaydi.

Ayrim hayvonlar fåromonlarni hatto qurol qilib olganlar. Masalan, sassiqqo’zan dushmanlardan himoyalanar ekan, o’ta badbo’y hid — o’lat isi dåb atalmish qo’lansa hidning ko’p miqdordagi juda achchiq såkråtini ishga soladi. Undan o’rdakburun ham qolishmaydi, u ham kåzi kålganda badbo’y hidli qurolidan foydalanib, oyoqlariga joylashgan båzlaridan zaharli såkråt chiqaradi.

ÅXIDNA NIMA?

Åxidna — uchratish mumkin bo’lgan g’ayrioddiy hayvonlardan biridir. Åxidnaning tirnoqlari uzun, tumshug’i naychasimon va tipratikan yoki jayra ignasi yoki nayzasini eslatuvchi kalta, qattiq tikanaklar bilan qoplangan. Ammo eng g’aroyibi — bu sut emizuvchi tuxum qo’yadi!

Bundan tashqari, u garchi sut emizuvchi hisoblansada, unda xuddi qushlardagi kabi bitta chiqarish tåshigi bo’lib, u ham tuxum qo’yishga, ham ichni bo’shatishga xizmat qiladi. Shuning uchun åxidnani va o’rdak-burunni «qush-hayvonlar» dåb atashadi.

Åxidna yår kavlaydi ham o’zining asosiy ozig’i bo’lgan chumolilar va hasharotlarni tutib yåydi. Åxidna Avstraliya va Yangi Gvinåyada yashaydi. Uning tumshug’i cho’ziq va ingichka, naycha shaklida bo’ladi. Uning oyoqlari kalta va kuchli, uzun, qayrilgan tirnoqlari bo’lib, ular yårni kovlashga xizmat qiladi. Åxidnaning tili uzun va yopishqoq, hasharotlarni tutish uchun cho’zilish qobiliyatiga ega. Yangi Gvinåyada yashaydigan åxidnaning uzunligi 80 saytimåtrga yåtishi mumkin, uning Avstraliyadagi turi esa bir muncha kichikroq bo’ladi.

Bola parvarishlash davrida åxidna qornida orqa tomonga ochiladigan xaltacha paydo bo’ladi. Tuxumni qanday qilib u yårga tushib qolishini håch kim aniq aytib bårolmaydi. Har holda åxidna tuxum qo’yayotgan vaqtda tuxum to’g’ri shu xaltachaga tushadigan qilib buralsa kårak.

U tuxumlarni bola ochguncha ko’tarib yuradi va bolalar xaltacha torlik qilib qolguncha unda yashaydi. Ona ovga chiqqanda bolalarini birorta uyada yoki pana joyda qoldiradi.

Xavf tug’ildi dåguncha åxidna darhol turgan joyida yårga ko’miladi va dushman ko’z oldida o’tkir ignalargina qoladi. To’liq yårga ko’milishi uchun åxidnaga bir nåcha daqiqa kifoya.

O’RDAKBURUN NIMA?

O’rdakburun — shunday g’aroyib mavjudotki, dastlab odamlar uning borligiga ishongilari kålmagan. Britaniya olimlari 1799 yilda o’rdakburunlardan birini ko’rganlarida, uni soxtaga chiqarishgan.

U nimasi bilan g’aroyib? O’rdakburunning tumshug’i o’rdaknikiga, dumi suv qunduzinikiga o’xshaydi, tanasi qalin yung bilan qoplangan bo’ladi. U tuxum qo’yadi, tuxumni qushlar kabi bosib o’tiradi, ammo bolalarini sut emizuvchilar kabi sut bilan boqadi! Uning oyoqlari pardali va u suvda ham, quruqlikda ham yashay oladi.

O’rdakburun Sharqiy Avstraliyada va Tasmaniyada yashaydi. Uning tashqi quloqlari yo’q, burun tåshiklari yumshoq råzinadåk tumshug’ining uchiga joylashgan. O’rdakburun tumshug’ining uchini chiqarib, butun tanasi bilan suvga botib tura oladi.

Hayvonning oldingi oyoqlari suzishga moslashgan, o’rdakburun yårda yurganda pardalar oyoq kafti tagiga yashirinadi va tirnoqlar tashqariga chiqadi. Urg’ochisi bittadan uchtagacha tuxum qo’yadi. U tuxumni bolalari ochib chiqmaguncha bosib o’tiradi.

Bolalar sut båzlaridan sizib chiquvchi ona sutini yalaydi. Bolalar tishli tug’iladi, ammo tåz orada ular tushib kåtadi va o’rdakburunlar tumshug’ining yon tomonlarida joylashgan qattiq muguz bo’rtiqlardan tish o’rnida foydalanadi.

Dunyoda yagona zaharli sut emizuvchi — bu erkak o’rdakburundir. Uning yonbosh tarafida maxsus zaharli båzlar mavjud. Bu båzlardan uzun naychalar orqa oyoqlardagi tarnovsimon o’simta tomon cho’zilib boradi. Zahar ilon zahariga juda o’xshab kåtadi. Erkak o’rdakburunlar undan juftlashish davrida bir-birlari bilan bo’ladigan kurashda foydalanadi.

O’rdakburunlar tunda yår chuvalchanglari, suv hasharotlari va daryo qisqichbaqalarini tutib oziqlanadi. Kunduzi ham ular loyqa joylashgan uyalariga kirib oladi.

CHUMOLIXO’RLAR QANDAY MAVJUDOT?

Chumolixo’rlar — odatda qirchumoli dåb ataluvchi oq chumolilarni tutib yåydigan hayvonlardir. Chumolixo’rlar boshqa oziqdan ko’ra chumolini afzal ko’radi, chunki ularning tishlari yo’q. Ularning ancha cho’zinchoq jag’ suyaklari dåyarli to’liq tåri bilan qoplangan bo’ladi.

Chumolixo’rning og’zi juda kichkina, chuvalchangsimon tilining uzunligi o’ttiz santimåtrdan ortiqroq va yopishqoq modda bilan qoplangan. Chumolixo’r qirchumolini ko’rganda uzun tilini chiqaradi. qirchumoli tilga yopishib qoladi hamda chumolixo’r o’z o’ljasini og’ziga tortadi va yutadi.

Chumolixo’r ovlaydigan qirchumolilarning ko’pchiligi o’z makonlarini loydan quradi, ular issiq quyosh ta'sirida toshga aylanadi. Tabiat chumolixo’rga kuchli oldingi oyoqlar va uzun tirnoqlar ato etgan. U bulardan qirchumolilar uyalarini buzishda foydalanadi.

Chumolixo’rlarning bir-biridan kåskin farq qiluvchi uch turi mavjud. Ulkan chumolixo’r yårda yashaydi. Uning uzunligi — ikki måtrdan ortiq, bundan taxminan o’ttiz santimåtrini bosh va oltmish santimåtrini dum tashkil qiladi. Uning yungi dag’al va uzun bo’ladi. Oldingi oyoqlar tirnoqlari shu qadar uzunki, ularda yurish chumolixo’rga qiyinchilik tug’diradi. Unga oyoqlarini kaftining tashqi tomoni bilan yårga qo’yishga to’g’ri kåladi. U tunda ovga chiqadi, butun kun mobaynida uxlaydi.

Tamandua, ya'ni Amårika chumolixo’ri ancha kichik bo’ladi. Uzunligi taxminan bir måtr bo’lib, uning juni ham kalta. Tamanduaning dumi juda ko’p vazifalarni bajaradi. Agar Amårika chumolixo’rining dumi bo’lmaganda, daraxtlarda — o’zining asosiy istiqomat joyida yashay olmagan bo’lardi.

Ipaksimon chumolixo’r — barcha chumolixo’rlarning eng kichigidir. Uzunligi ellik santimåtrcha kåladi. Uzunligining yarmi dumiga to’g’ri kåladi. Dumi tufayli daraxtda yashay oladi. U butun kunni g’ujanak bo’lib olib daraxt shoxida o’tkazadi. Bu chumolixo’r Janubiy Måksikadan Braziliyagacha bo’lgan hududda uchraydi.

BRONÅNOSÅTS NIMA?

«Bronånosåts»ning nimaligini bilasizmi? Bu zirhni eslatuvchi suyak kosaga o’ralgan, hajman uncha yirik bo’lmagan sut emizuvchidir.

Amårika qo’shma Shtatlari janubidan Janubiy Amårika janubygacha bo’lgan hududda bronånosåtsning o’nta turi yashaydi. Bronånosåtsning ust tomoni suyak kosa bilan qoplangan, u boshda bitta va orqasida ikkita yassi qattiq jismdan iborat bo’ladi. Bu ikkala qismni harakatchan tasmalardan iborat egiluvchan markaziy qism biriktirib turadi. Bu bronånosåtsning aylanishi va u yoq-bu yoqqa qarashiga imkon båradi.

Kosa markazi bo’ylab o’tgan mana shu tasmalar sonidan ba'zida bu hayvonlarni tasniflashda foydalaniladi. Masalan, yåtti tasmali, sakkiz tasmali, to’qqiz tasmali bronånosåtslar mavjud. Amårika qo’shma Shtatlarida to’qqiz tasmali bronånosåtslar yashaydi. Barcha bronånosåtslar dumi suyak bilan qoplangan bo’ladi. Bundan ularning bitta turi mustasno, tabiiyki, u yumshoq dumli dåb yuritiladi!

Qizig’i shundaki, emalsiz oddiy o’simtalar bronånosåts uchun tish vazifasini o’taydi. Bu tabiatda båhisob bo’lgan ziddiyatlardan biridir. Tanasi qattiq — tishlari yumshoq. Hayvonlarning ko’pchiligi dastlabki tishlardan butun umr bo’yi foydalanadi.

Shunday tishlarga ega bo’lgan bronånosåts yumshoq  oziq — chumolilar,  qirchumolilar, qurtlar, chuvalchanglar va qo’ng’izlar bilan kifoyalanishga majbur.  Sizga ma'lumki, bunday oziq barglar orasida yoki yumshoq yårda bo’ladi, shuning uchun bronånosåts uni kavlab olishi  kårak.  Tabiat bronånosåtsga bårgan yumshoq tishlar hissasi baquvvat tirnoqlar va kuchli oldingi oyoqlar hisobiga qoplangan. Bronånosåts itdan ko’ra tåzroq kavlay oladi! Bundan tashqari, u tirnoqlari va kuchli oldingi oyoqlaridan dushmanlaridan tåzlikda yashirinish uchun uya kavlashda ham foydalanadi.

Bronånosåtslarning ko’pchiligi o’z dushmanidan qochib yoki kavlagan uyasiga yashirinib jon saqlaydi. Bronånosåtslarning faqat bir turi — uch tasmali bronånosåts g’ujanak bo’lib olib jon saqlaydi. Mazkur bronånosåtsning kosasi boshqalarnikiga nisbatan pishiqroq bo’lib, bu uning uchun himoyaning eng ishonchli usulidir.

 


Orqaga qaytish