Hikoyalar

4492 marta o'qildi
Abu Ali ibn Sino haqida hikoyalar

Abu Ali Ibn Sino yangi tug’ilgan kezlari onasi uni cho'miltirayotganida qimmatbahxo uzugini yuqotib qo’ygan ekan.U uzugini ko’p qidiribdi, lekin hech qayerdan topolmabdi. Kyin uni kanizak olgan db gumon qilib, bchora kanizakni rosa kaltaklashibdi. Kanizakni urishayotganda Abu Ali yig’lay boshlabdi

ABU ALI IBN SINO HAQIDA

Afsonalar, rivoyatlar va hikoyalar.


UZUK

Abu Ali Ibn Sino yangi tug’ilgan kezlari onasi uni cho'miltirayotganida qimmatbaho uzugini yuqotib qo’ygan ekan.U uzugini ko’p qidiribdi, lekin hech qayerdan topolmabdi. Kyin uni kanizak olgan db gumon qilib, bchora kanizakni rosa kaltaklashibdi. Kanizakni urishayotganda Abu Ali yig’lay boshlabdi, kaltaklashdan to’xtashsa chaqalok, xam yig’idan to’xtabdi. Hamma bunga ajablanib, uzukni yo’qolganga chiqarishibdi.

Ibn Sino  tilga kirganida, birinchi aytgan gapi shu bo’libdi:

— Sizlar o’sha vaqtda kanizakni nohaq urgan edinglar, onam mni cho’miltirayotganida uzugi tog’oraga tushib ktgan edi, u tog’orani ag’darganida uzuk ham  suv bilav birga kir o’raga tushib ktdi. Mning tilim chiqmaganidan, sizlarga aytolmagan edim. Kanizakni urganinglarda yig’lab, tuxtaganlarizda yig’ini bas qilganimning sababi shu edi.       

Shundan kyin o’rani kavlashgan ekan,

uzuk topilibdi. Bu voqani eshitgan, bilganlar Ibn Sino zhniga qoyil qolishgan ekan.

 

AFTINI BURISHTIRIBDI

Abu Ali ibn Sino bir yasharligida uni ko’tarib yurishgan ekan, u maktabdagi bolalarning shov-shuvini eshitib qolib, o’sha tomonga talpinibdi. Kanizak go’dakning rayini, qaytarmay maktabga olib kiribdi. Domla go’dakning gapiga diqqat bilan quloq solayotganini payqab, hayratda qolibdi. Shogirdlari buning sababini so’raganda, u: «Shu go’dak juda ham aqlli kishi bo’ladi, hozir ham o’qiyotgan darslaringni tushunib turibdi», db javob bribdi. Shogirdlar domlaning ustidan rosa mazax qilib kulishibdi. Shunda domla Abu Ali Ibn Sinoni o’z yoniga o’tkizib, bir shogirdiga ilmiy gaplardan gapirmasdan, og’ziga klgan narsalarni vaysayvrishni buyuribdi. Shogird domlaning buyrug’ini bajarib, bkorchi gaplarni javray boshlagan ekan, Ibn Sino aftini burishtirib, shogirdga nafrat bilan qarabdi. Kyin domla shogirdiga ilmga xos narsalardan gapirishni tayinlabdi. Shundan kyingina Ibn Sino chhrasini ochib o’tiribdi.

Shogirdlar go’dakning xatti-harakatini shu tariqa bir ncha bor sinab ko’rishgach, yanglishganlarini tushunitib, ustozlaridan kchirim so’rashibdi. Shundan kyin Ibn Sino ulg’aygach, o’sha domla uni o’z tarbiyasiga olib, unga ilm o’rgata boshlagan ekan.

  

TO’R TUTILGAN OSMON

Abu Ali ibn Sino chaqaloqligidan o’sib tilga kirgach, yon-vridagilarga:

—  Mn tug’ilgan kuni osmon yuziga to’r tutib olgan edi,— drkan,— lkin undan kyin osmonga to’r tutilganini ko’rmaganman.

Shunda odamlar buni eshitib, onasi Sitorabonuga aytishgan ekan, u kulib shunday dbdi:

—  Rost, bolam tug’ilgan paytda uyda hch kim yo’q edi, u hovlida tug’ilgandi. Shuning uchun uni o’radimu, tag’in daraxtdan biror narsa tushib ktmasin db ustiga g’alvirni yopib qo’ygan edim, bolam jussasi kichik bo’lganidan g’alvir tagiga jo bo’lgan edi.

Buni eshitganlar Abu Ali xotirasigi qoyil qolishibdi.

 

HAYVONGA QALQON

Bir vaqt Buxoroda bir hayvon paydo bo’libdi, hayvonga ko’zi tushgan odam o’sha zahotiyoq til tortmay o’lar    ekan. Uning dastidan juda ko’p kishilar qirilib ktibdi, lkin hch bir kimsa uni daf qilishga yo’l topolmabdi. Nihoyat odamlar Ibn Sinoning oldiga klib, uni bu falokatdan ogoh qilishibdi. Ibn Sino po’latdan bir qalqon tayyorlashni va unga sayqal brib, oynadk yaltiratishni buyuribdi. Qalqon tayyor bo’lgach, uni o’sha hayvonning oldiga kltirishibdi. Halgi hayvon yaltiroq qalqonda o’z aksini ko’rib, unga tashlanibdi va o’sha zahotiyoq halok bo’libdi. Shu bilan xalq falokatdan   qutulibdi.

«HAYRONMAN»

Bir kuni Buxoro amiri Abu Aln ibn Sinoning uyida suhbatlashib o’tirib, uni sinab ko’rmoqchi bo’libdi. U xizmatchilarga Ibn Sino o’tiradigan kursining to’rtta oyog’i tagiga to’rt tanga qo’yib qo’yishni buyuribdi. Xizmatchilar ham amirning aytganini bajo kltirishibdi, Ibn Sino uyga kirib, o’z o’rniga o’tiribdi va hayron bo’lib, hadb dam shipga, dam pastga qarayvribdi. Shunda amir Abu Ali ibn Sinoga qarab:

—  Olimimiz nga buncha hayron qolayaptilar,  sababini  bilsak,— dbdi.

—  Hayronman,— dya javob qilibdi Ibn Sino,— yo mning o’rnim sal yuqoriga ko’tarilgan, yo osmon sal pastroqqa tushib,  rga  yaqinlashganday  ko’rinadi.

Amir bu gappi eshitib, Ibn Sinoning szgirligiga juda qoyil qolgan ekan.

 

ILON QAYT QILGAN SUT

Abu Ali ibn Sino har kuni ertalab uyidan chiqayotganida, uning eshigi oldida bmorlar ikki tomonga tizilishib qator o’tirishar ekan. Uydan chiqib ktayotgan vaqtida u bir tomonda o’tirgan kasallarga qarab, ulardan hol-axvol so’rar va: «Siz falon narsa bilan kasalsiz, buning davosi falon narsa», db o’tib ktar ekan. Uyga qaytayotganida esa ikkinchi tomondagilarga qarab, ularning kasallariga davo bo’ladigan   narsani   aytib   o’tar   ekan.

Bir kuni u bir bemorga juda diqqat bilan qarab turibdi-da, unga lom-lum ham dmasdan, boshqalardan hol so’ragani o’tib ktibdi. Bu holdan bmor juda xafa bo’lib, hatto hayotdan ham umidini uzibdi. Uynga qaytib klib: «Mn shu kasalimdan o’lar ekanman. Agar o’lmaydigan bo’lganimda edi, Ibn Sino sal e'tibor brib qarardi, u bo’lsa so’rashga ham loyiq ko’rmadi. Endi go’ru kafanimning hozirligini ko’ravringlar»,— dbdi.

Shu tariqa bmor o’zining o’lmini kutib yotibdi.  Bir vaqt uyning burchagidagi tshikdan bir zaharli ilon chiqib, o’rmalab klavribdi. Ilon uyning o’rtasida turgan bir kosa sutga yaqinlashib, sutni o’z domiga tortibdi, bir ozdan kyin ichgan sutini qaytadan kosaga qayt qilib tashlabdi. Buni kuzatib turgan bmor ilon iniga qaytib ktgandan kyin, o’zicha o’ylab, bari bir o’lar ekanman, tuzalishimdanku hch darak yo’q, kl, shu zaharli sutni ichayda, o’lsam-o’lib qo’ya qolay, dgan qarorga klibdi. So’ngra u sutni simirib ichibdi. Lkin bmor o’lmay, aksincha, tobora tuzala boribdi. Kundan-kunga tuzalib borayotganini szgan bmor o’zining o’lmaganini, balki sog’lig’ni borgan sari yaxshilanayotganini aytib, e'tiroz bildirish niyatida Abu Ali ibn Sino oldiga boribdi. Ibn Sino uning ahvolini ko’rib, juda hayron qolibdi va bmorga:

— Sn ilon qayt qilgan ygulikni qachon va qanday qilib topding? Kasalingning davosi zaharli ilonning qayti edi. Uni topishning iloji bo’lmaganidan u kuni mn sning kasaligini ham so’rab o’tirmagan edim,— dbdi.

Shunda kasal Abu Ali ibn Sinoga qoyil qolib, bo’lgan voqani batafsil gapirib brgan ekan.

 

TARAQ-TURUQ...

Kunlardan bir kuni Abu Ali ibn Sino Buxoro amiri bilan suhbat qilib o’tirib   gap   orasida:

— Mn sahar vaqtida asar yozish bilan band bo’laman, lkin har kuni ayni shu vaqtda Buxoro bo’yoqchilarining taraqa-turuqi, shov-shuvi boshlanib, xayolim bo’linib qotadi,— db noligan ekan.

Shundan kyin amir buyruq chiqarib, bo’yoqchilar tong paytida ishlamaydigan bo’lishibdi.

Oradan ancha vaqt o’tgach, Abu Ali ibn Sino amirning oldiga klib, endi Samarqand bo’yoqchilari mning tinchligimni buzayapti, dbdi. Amir taajublanibdi, olimning Buxoroda turib, Samarqanddagi taraq-turuqni eshitishiga aqli bovar qilmabdi.

Oradan yana ancha vaqt o’tgach, Ibn Sino amirning qoshiga klib, bugun Samarqanddan hch qanday ovoz eshitilmadi, jimjitlik dbdi.

Amir hayron qolib, Samarqandga darhol odam yubortiribdi. Odam borib qarasa, o’sha kuni bo’yoqchilarning boshlig’i vafot qilib, ustaxonalarda    ish   to’xtagan ekan.

Buni eshitib, amrning Ibn Sinoga yana ham hurmati oshib ktgan ekan.

 

MUSHUK TOMIRI

Abu Ali ibn Sino juda ko’p kasallarni uyida qabul qilar ekan. Azbaroyi kasal ko’pligidan, ularni ko’rib ulgurolmas ekan. Shuning uchun u o’zi o’tiradigan qabulxonadan ko’cha tomonga ip tortib qo’ygan ekan. Kasal klib, shu ipni ushlasa, Ibn Sino ipning titrashidan uning tomir urishini bilib, kasali nimadan iborat ekanini darhol aytib borar ekan.

Bir kuni allaqanyi xotin Ibn Sinoni sinab ko’rmoqchi bo’libdi. U och mushukni  ushlab klib, bir oyog’ni ipga bog’lab qo’yibdi. Abu Ali ipni ushlab ko’rib, hayron bo’libdi. O’ylab turib shunday dbdi:

— Bu kasal o’tgan hafta bshta mushuk tuqqan, uning ochlikdan boshqa dardi yo’q. Agar topilsa, bshta sichqon tutib boringlar, juda bo’lmasa ikki tishlam go’sht bringlar, shu bilan sog’ayib ktadi.

Bu gapni eshitib hamma turgan odamlar xotinga qarashibdi. Uning qo’ynida mushuk borligi, bu mushuk chindan ham o’tgan haftada tuqqani ma'lum bo’lgach, kishilar yana bsh battar hayron bo’lishibdi. Abu Ali ibn Sino aqlining bu qadar o’tkirligini kishilar qoyil qolishibdi. Qaltis hazil qilgani uchup xotin Ibn Sinodan uzr so’rashga majbur bo’libdi.

 

SOMON YGAN

Ibn Sinoga jigari kasal bir kishnni borib ko’rishini iltimos qilishibdi. Lkin Ibn Sinoning vaqti ziq bo’lgani uchun oldimga bmorning peshonasini olib klishni, shunga qarab kasalini blgilab, kyin borib ko’ro’rishimni aytibdi.

Ular Ibn Sino aytganini qilishibdi-yu, olimni bir sinab ko’rmoqchi bo’lishib,  sigir  pshonasini  olib  borishnbdi.

Ibn Sino  idishni qo’liga  ola solib:

—  Iy, kasalingiz somon yb qo’yibdi-ku, aytinglar, somondan ko’ra ko’k o’t sin,   tuzaladi,— db   javob   bribdi.

Klgaplar Ibn Sinoning bu gapidan qattiq izza bo’lishibdi.

 

DURBIN

Abu Ali Sino bir kuni Buxoro amrining yozgi qasrida o’tirgan ekan, uning yonida bir narsa turganini ko’rib qolibdi. U amirdan, bu nima, db so’rab qoladi. Shunda amir Abu Aliga:

—  Bu durbin, bir ncha chaqirim narida klayotgan odamni ko’rsa bo’ladigan asbob,— dydi.— Hatto buyoqqa klayotgan Do’stu dushmanini ham uzoqdan ko’rib bilsa bo’ladi.

Abu Ali uzoqqa bir qaraydi, shu zahoti bir otliq klayotganini    payqaydi

va uni amirga aytadi. Amir o’z durbinini bilan qarasa, chindan ham bir otliq kyabdi. Abu Ali ko’ziga qoyil qoladi.

— Otining rangi to’riq,— dydi Abu Ali.— U halvo yeb kelayabdi.

Shunda amir unga:

—  Uning halvo yb klayotganligini qayrdan bilding, mn ko’rmayotibman-ku,— dydi.

Shunda Abu Ali Sino amirga qarab:

—  Halvo yyayotganini uning atrofida girdi-kapalak bo’lib yurgan pashshalardan bildim, pashsha xech undan nari ktmay, doim og’iz atrofida aylanib yuribdi,— dydi.

Amir Abu Ali gapiga ishonqiramaydi, bir oz vaqt o’tgach, otliq ytib klib undan so’rab bilishsa, rostdan ham u holva yb klayotgan ekan, bir ncha xira pashshalar to halvosi tugagunga qadar atrofida aylanib tinch qo’ymaganini va halvoni yb tugatgach, g’oyib bo’lganini so’zlab bribdi.

Undan so’ng Abu Ali uzoqqa qarab: «Bsh chaqirim narida bir kishi qotgan non yb klayabdi»,— dbdi.

Podshoh o’sha tomonga durbni bilan qarabdi, unga odam ko’rinibdi-yu, lkin non-pon ko’rinmabdi.

Amir Abu Alidan so’rabdi:

— Qotgan non yyayotganini qayrdan bilding?

—  Nonini kuchanib o’rtasidan bo’lgan edi, non ikkiga bo’lindi,—dbdi  Ibn Sino.

Ko’p o’tmay yo’lovchi ytib klib so’rashsa, voqa donishmand aytganday ekan.

Shunda amir Abu Alining ko’ziga qoyil qolgan ekan.

IBN SINO VA O’LIM  DAVOSI

Abu Ali ibn Sino o’lim davosini ham topgan emish. U o’layotgan vaqtida shogirdlaridan biriga vasiyat qilib, dori tutqazibdi. Dori qirqta idishga solib qo’yilgan ekan.

— Mana shu dorini,— dbdi Abu Ali ibn Sino,—mn o’lganimdan kyin har birni  tartib bilan bittadan tomizasan, bir idishdagisini tomizib bo’lgach boshqasiga o’tasan. Shunday qilib, to qirq idishdagi dorilarning hammasini birin-ktin quyib tugatasan.

Ibn Sino shogirdiga bu ishni qanday bajo kltirishni ko’rsatibdi.

Ko’p o’tmay, Abu Ali Sino vafot etibdi. Shogird avvaliga ustozi tayinlaganday ish qilibdi, dorini tomizavribdi. Shogird dori idishlarining o’ttiz to’qizinchisini tomizib bo’libdi. Dori ta'sir qilib badanda o’zgarish paydo bo’libdi. Abu Ali Sinoda qarilik tusi yo’qolib yosharibdi, asta-skin harakatga kla boshlabdi. Nihoyat jasaddan «Qo’y! «Qo’y» degan sado chiqa boshlabdi. Shogird ustozining qo’li, peshonasini ushlab ko’rsa, badanga chindan ham harorat yugurgan,tomir urishlari bor, lkin sust emish. Ustozi harakatga klib yana: «Qo’y!» dgan so’zni qaytaravribdi. Qirqinchi idishdagi dorini quyaman dganda, shogird o’ylanib qolibdi:

U Abu Ali Sino kasal yotganida uning pullaridan anchaginasini  o’g’irlagan ekan. “Agar ustozi tirilib  qolsa,—db o’ylabdi shogird,— mni pul o’g’laganim ma'lum bo’lib sirim ochilib qoladi, shuning uchun yaxshisi shu oxirgi dori tomchini, quymasam, mol-dunyo o’zimniki bo’ladi”. U shu xayol bilan qirqinchi tomchini quymabdi, yrga to’kib yoboribdi. Shu bilan Abu Ali Sinoning isib harakatga klayotgan badani soviy boshlabdi, bora-bora undan soch qanday ovoz ham chiqmay qolibdi, shu bilan u tirilmay qolgan ekan.


Orqaga qaytish