Rassomlar

5096 marta o'qildi
Rembrandt xarmens van reyn (1606-1669)

Golland san`atining eng gullagan davri XVII asr 40-60-yillariga to`g`ri keladi. Bu buyuk golland rassomi Rembrandt ijodida  namoyon bo`ldi. Rembrandt golland san`atining yutuqlarini umumlashtirib, uni yangi yuksak  pog`onaga ko`tardi. Uning ijodi teran, g`oyaviylik va chuqur mazmun, obrazlarining g`oyat mahorat  bilan ishlanganligi bilan e`tiborni tortadi.

Golland san`atining eng gullagan davri XVII asr 40-60-yillariga to`g`ri keladi. Bu buyuk golland rassomi Rembrandt ijodida  namoyon bo`ldi. Rembrandt golland san`atining yutuqlarini umumlashtirib, uni yangi yuksak  pog`onaga ko`tardi. Uning ijodi teran, g`oyaviylik va chuqur mazmun, obrazlarining g`oyat mahorat  bilan ishlanganligi bilan e`tiborni tortadi. Rembrandt o`z davri san`atkorlaridan asarlari mavzusining  rang barangligi bilan ham, rang tasvir, gravyura (ofort) va qalam-suratda yuksak asarlar yarata olishi bilan o`zib ketdi. Rembrandt ijodining asosiy mavzusi-inson, hayoti, uning ichki manaviy dunyosi, his-tuyg`u va kechinmalarining rang-barangligidir. Uning qahramonlari kuchli irodaga ega, ma`naviy boy, og`ir shart-sharoitda ham insoniylik fazilatlarini saqlay oladigan shaxslardir. Rembrandt 1606-yili Leyden shahrida tegirmonchi oilasida tug`ilgan. Shu yerda lotin maktabini tugatgach, Leyden universitetiga qabul qilindi. Lekin Rembrandt u yerda 1-yilcha o`qidi xolos. Rassomlikka bo`lgan qiziqishi tufayli Yakov Svanenbyurx degan o`rtahol rassom ustaxonasida 3-yil, keyinroq esa Amsterdamda Piter Lastman ustaxonasida 1,5-yilcha tasviriyot asoslarini o`rgandi. So`ng rassom o`z shahriga qaytdi. 1625-yili Rembrant o`z ustaxonasini tashkil etdi. Uning ijodining dastlabki bosqichi 1632-yilgacha davom etgan. Bu yillarda rassom hayotiy, maishiy va diniy mavzularda asarlar yaratdi, portret ustida ishladi, avtoportretga e`tibor berdi. Uning o`sha davrlarda ishlangan asarlarida goh Lastman, goh qaravajochilar ta`siri seziladi. 20-yillar oxiri va 30-yillar boshlarida rassomning o`ziga xos dastxati paydo bo`la boshladi. Uning qahramonlar ma`naviy dunyosini ochishga intilishi orta boshlagan. Rassom nur-soya imkoniyati, rang surtmalarining ruhiy kuchiga alohida e`tibor qaratgan. Ular obrazning hajmli va fazoviy tasviriga xizmat qilibgina qolmay, balki asarning ta`sirchanligini ochirishda ham muhim vositaga aylangan. Uning bir figurali "Apostol Pavel" kompozitsiyalarida bu xususiyatlar ko`rinadi. Rassom bu yillarda, ayniqsa, avtoportret sohasida ko`p mehnat qildi. U inson mimikasi va uning kishi ichki dunyosi bilan aloqasini tushinib olishga harakat qildi. U ofort san`atida dastlabki mashqlarini boshlaydi. San`atkor 1632-yili Amsterdamga ko`chib keldi va tezda eng mashhur rassomga aylandi. Buyurtma ishlarining ko`payib borishi uning moddiy tomondan mustaqil bo`lib, atrofiga shogirdlarini to`plashiga imkoniyat yaratdi. Amsterdamlik bir boy zodagonning Saskiya ismli qiziga uylanishi uning moddiy jihatdan mustaqilligini yanada mustahkamladi. Rassomning bu yillarda yaratgan asarlari ko`tarinki ruhda ishlangan. U kompozitsiyalarini yorqin bo`yoqlarda tasvirlaydi. Qimmatbaho buyumlar, gul va billurlar, liboslar uning yaratgan asarlarga quvonch va shodlik tuyg`ularini bag`ishladi. Rembrandt qaylig`i Saskiyani gul va kimxob liboslarda tabiat va go`zallik ma`budasi Flora obrazida tasvirlaydi. Rassomning shu yillardagi baxtli damlarini uning «Saskiyani tizzasida olib o`tirgan holda ishlagan avtoportreti» (1636-yil) asari aks ettiradi. Rembrandtning  Amsterdamda yaratgan dastlabki yirik asari «Doktor Tyulpning anatomiya darsi»  (1632-yil) unga katta shuxrat keltirdi. Doktorni o`rab turgan vrachlar guruhini aks ettiruvchi bu asar kompozitsiyasi hayotiy chiqqan. Rassom tasvirlanuvchi har bir obrazning o`ziga hos qiyofasini yaratish bilan birga, ularning anatomiya darsi mashg`ulotlaridagi psixologik holatini ham ochishga ham muvaffaq bo`lgan. Tasvirlanuvchilar orasida dotor Tyulpning keng silueti va qo`lining erkin harakati ko`rsatilgan kompozitsiyani markazlashtirishga va hamma obrazlarning yagona g`oya atrofida birlashtirishga yordam bergan. Kompozitsiyaning yaxlit va tugal bo`lishida nur-soya ham muhim o`rin tutgan. Nur kompozitsiya markazini yanada aniq bo`lishiga, doktor Tyulp atrofidagilarning holat va xarakteri tabiiy bo`lishiga imkon bergan.

Rassom 1630-yilda grafika bilan jiddiy shug`ullana boshladi. Uning ofortlari Injil va Tavrotdan olingan syujetlarga ishlangan. Qalam suratlari ham o`zining nafis va yuksak mahorat bilan ishlanishi jihatidan ajralib turadi. Shu yillarda rassom ijodida realistik tamoyillar chuqurlashib borgani seziladi. Bu, ayniqsa, mifologiyadan olingan sujetga ishlangan "Danaya" suratida yaqqol namoyon bo`ladi. Inson qomati plastikasini, duhoba singari mayin ayol badani terisining go`zalligini rassom yuksak mahorat bilan tasvirlaydi.

1640-yillardan boshlab, Rembrandt ijodida yangi davr boshlandi va bu davr 1655-yilgacha davom etdi. Hayot haqiqatini to`liq ko`rsatishga intilish, psixologik masalalarga qiziqishning oshib borishi rassomning erkin uslubda ijod qilishiga va uni yirik, o`ziga hos uslubga ega ijodkor darajasiga ko`tarilishiga olib keldi. Rassom shu yillarda ijodiy kamolot cho`qqisini egallab, insoniylik g`oyalari bilan sug`orilgan chuqur falsafiy asarlar yaratishga erishdi ("Muqaddas oila" (1645-yil), "Deraza oldida turgan Xendrike" (1645-yil), " Yan Siks portreti"). Shu yillardan rassom qalamsuratda ham ajoyib asarlar yaratdi. Biroq rassom hayotining so`ngi o`n yilini nihoyatda qashshoqlik va xorlikda o`tdi. Qarzlarini o`z vaqtida to`lay olmasligi tufayli o`zi yashab turgan joyini tashlab, kambag`allar yashaydigan kvartalga k`ochib o`tishga majbur bo`ldi. Bu yillarda uning o`gli Titus va ikkinchi xotini ham vafot etishdi. Shunday xorlik va zorlikda qolganida ham san`atkor "Sindiylar" (Sukno ishlab chiqarish sexining boshliqlari ), "Assur Omon va Esfir", "Adashgan o`g`ilning qaytishi" (1669-yil) kabi yuksak mahorat bilan o`tkir psixologik asarlar yaratdi. "Adashgan o`g`ilning qaytishi" rassomning so`ngi yetuk asaridir. Bibliyadan olingan syujetga rassom ko`p murojaat qilgan. Mazkur mavzuda ofortlar ham ishlangan. Lekin uning rang tasvirdagi asarlari o`zining psixologizmi va insonparvarlik ruhiga yo`g`rilgani bilan ajralib turadi. Otasi oyog`iga yiqilgan og`il va uni otalik mehri bilan qarshilayotgan ota obrazi kishida chuqur his-hayajon uyg`otadi. Otaning o`z og`li qilmishlarini kechirib, unga mehr va achinish bilan boqishida rassom hayot yo`li nihohat mashaqqatli ekanligini zo`r mahorat bilan ochib beradi. Otaning qo`llari harakatida uning mehribonligi sezilib turadi. Aksincha, o`g`ilning yalangoyoq, kir, yirtilgan, juldur kiyimda tiz cho`kkan holatda tasvirlab, afsuslanishni aks ettiradi. Kompozitsiyada tasvirlangan boshqa ovrazlarning sokin, osoyishta, chuqur hayolga cho`kkan holatlari aniq ko`rsatilishi bo`layotgan voqea mazmunan to`liqroq his etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Rembrandt qalamsurat va ofortchi sifatida ham mashhur. Uning ofortlari o`zining g`oyaviy yo`nalishi, yuksak mahoratni namoyon etishi jihatidan uning rangtasvirda yaratgan asarlari bilan bir qatorda turadi. U ofort san`atida kichik hajmli lirik planda ishlangan suratlarini ham, ko`p figurali maishiy janrdagi asarlarini ham yaratdi. Ofortda ishlangan portretlari ham uning ijodida alohida o`rin egallagan. Rembrandt ijodining ahamiyati Gollandiya uchun beqiyos bo`ldi. Rembrandt realizimining qudratli kuchi shu davr rassomlarini o`ziga jalb etadi. Keyingi san`at taraqqiyotida ham muhim rol o`ynadi.

XALQARO HAYOT BETAKROR MAHORAT SOHIBI

XVII asrning 40—60-yillari Gollandiyada san’atning eng gullagan davri sifatida tilga olinadi. Bu, ayniqsa, buyuk rassom Rembrandt ijodida yaqqol namoyon bo‘ldi. U golland san’atining barcha qirralarini jamlab, yangi pog‘onalarga ko‘targan ijodkor sifatida tarixda nom qozondi. Ulug‘ rassomning ijodi har tomonlama serqirraligi bilan rang va tasvirlarning  uyg‘unligi hisobiga ixlosmandlarning e’tiborini tortardi.

Rembrandt yaratgan asarlarning mavzusi rang-barangligi, gravyura va qalamda suratlar sola olishi bilan o‘z davri rassomlaridan o‘zib ketdi. Rassom ijodining asosiy mavzusi — inson hayoti, uning ichki kechinmalari, his-tuyg‘ularining rang-barangligidir. U yaratgan qahramonlar kuchli iroda sohibi, ma’naviy boy, yo‘qlikka ham chiday oladigan, insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan shaxslardir.

1606 yili Leyden shahrida oddiy tegirmonchi oilasida dunyoga kelgan Xarmens van Reyn Rem-brandt ilk ta’limni shu yerdagi lotin maktabida oldi. Maktabni tugatgach, Leyden universitetiga qabul qilingan bo‘lajak rassom u yerda, ayrim sabablarga ko‘ra, bir yil o‘qidi, xolos. Uning tasviriy san’atga qiziqishi shunchalik kuchli ediki, hatto, o‘qishni tashlab, Yakov Svanenbyurx degan o‘rtahol rassom ustaxonasida uch yil, so‘ngra Amsterdamda Piter Lastman ustaxonasida bir yarim yil kasb sirlarini o‘rgandi. Shundan keyin o‘z diyoriga qaytgach, 1625 yili Rembrandt shaxsiy ustaxonasini tashkil qildi.

Ulug‘ musavvir ijodini bugungi kunda mutaxassislar uch bosqichga bo‘ladilar. Ya’ni birinchi bosqich — 1632 yilgacha davom etgan ijod davri. Bu vaqtda Rembrandt asosan hayotiy, maishiy va diniy mavzularda rasmlar chizdi. Shuningdek, portret san’ati ustida ishladi, avtoportretlar yaratdi. Bu paytga kelib, rassomning o‘ziga xos dastxati paydo bo‘la boshladi. U asarlarida qahramonlarning ma’naviy dunyosini ochishga qiziqdi va bu ish bilan qattiq shug‘ullandi. Rassom yaratayotgan asarlarida rang surtmalarining ruhiy kuchiga va nur — soya imkoniyatiga katta e’tibor qaratdi. Ushbu vositalar asarning hajminigina to‘ldirib qolmay, balki asar sirliligini, tugunni hosil qilish uchun xizmat qiladi. Bunga yaqqol misol sifatida uning «Apostol Pavel» kompozitsiyasini keltirish mumkin.

Shu yillari rassom avtoportretlar yaratishga ham kirishadi. U inson yuzi mimikasi va uning ichki dunyosi bilan bog‘liqligini aniqlashga harakat qildi. Betakror san’atkor 1632 yili Amesterdamga ko‘chib boradi va u yerda tezda barchaning ko‘z o‘ngida mashhur rassomga aylanadi. Musavvirga tinimsiz ravishda kelayotgan buyurtmalar uning moddiy jihatdan mustaqil bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Qolaversa, san’atkor yonida bir necha shogird to‘pladi. Saskiya ismli zodagon qiziga uylanishi esa uning moddiy holatini yanada mustahkamladi. Rassom bu yillarda ko‘tarinki ruhda asarlar yaratdi. U asarlarida buyumlar, gullar, liboslardan foydalanib, kompozitsiyalarini yorqin bo‘yoqlarda ishladi va bu chizmalarida quvonch va shodlik tuyg‘ulari namoyon bo‘lardi go‘yo.

Rembrandt o‘z ma’shuqasini gullarga burkab, kimxob liboslarga o‘rab, tabiat va go‘zallik ma’budasi — Flora obrazida tasvirladi. Uning bunday baxtli damlari yana bir asari — «Saskiya bilan» deb nomlangan avtoportreti (1636 yil)da ham o‘z ifodasini topadi. Rembrandtga katta shuhrat keltirgan asar esa «Doktor Tyulpning anatomiya darsi» (1632 yil) bo‘ldi. Bu rassomning Amsterdamda yaratgan ilk asari edi. Ushbu asar rassom ruhiyatini ko‘rsatdi, chunki har bir harakat aniq chizilgan edi. Hatto kompozitsiya doktor Tyulpning keng syujetini, qo‘llarining erkin harakatlarini namoyon qila oldi. Keltirilgan kompozitsiyani markazlashtirdi va barcha syujetlarni bir g‘oya atrofida birlashtirdi.


Orqaga qaytish