Rivoyatlar

5533 marta o'qildi
Sharq rivoyatlari (Ergash Ochilov)

Bir kishining ko'ngliga o'g'rilik havasi tushibdi va shu hunarni o'zlashtirishga jazm qilibdi. Unga Nishopur shahriga borsang, bu ishda pixini yorgan bir odam bor, o'sha senga ta'lim beradi, deb maslahat berishibdi...

O'G'RINING QISMATI

Bir kishining ko'ngliga o'g'rilik havasi tushibdi va shu hunarni o'zlashtirishga jazm qilibdi. Unga Nishopur shahriga borsang, bu ishda pixini yorgan bir odam bor, o'sha senga ta'lim beradi, deb maslahat berishibdi.

Havaskor o'g'ri Nishopurga yo'l olibdi, o'sha odamning uyini topib:

—  O'g'rilik ilmini mukammal o'rganish maqsadida huzuringga kcldim, — debdi.

Ustoz o'g'rilikdan birmuncha dars beribdi, keyin uning oldiga taom keltirib qo'yib:

—  Qani, chap qo'ling bilan yegin-chi, — debdi. Havaskor o'g'ri umrida chap qo'li bilan taom yemagan

ckan, ovqatni yeyolmabdi.

Buni ko'rib ustoz o'g'ri shunday debdi:

—  O'g'ilginam, sen tanlagan kasb shunday bir kasbki, agar qo'lga tushib qolsang, albatta, o'ng qo'lingdan ayrilib qolasan, o'shanda qiynalib qolmaslik uchun hozirdanoq chap qo'l bilan taom yeyishni mashq qilishing kerak.

Bu so'zni eshitib, havaskor o'g'ri birdan o'ziga kelibdi: «Tog'ni talqon qiladigan shunday qo'lni juvonmarg qilish va undan mahrum bo'lish xavfini tug'diradigan bunday hunarning bahridan kechish kerak», — debdi.

 DO'ST HOLIDAN BEXABARLIK

Bir kishi do'stining yoniga kelib, to'rt yuz dirham qarz bo'lib qolganini aytib, undan yordam so'radi. Do'sti unga darhol aytilgan miqdordagi pulni topib berib jo'natdi-yu, uyga qaytib kirgach, yig'lab yubordi. Xotini unga:

— Bunchalik qiynalar ekansan, nega berding? — dedi.

—  Uning holini so'ramay, uyimga yordam so'rab kelishga qadar majbur qilganim uchun yig'layapman, — deb javob berdi u.

 

TAQDIR 

Qadim zamonda bir serfarzand kishi bola-chaqasini qalin to'qayzor ichidagi kapasida qoldirib, o'zi shaharda, bir boyning eshigida ishlar, shunday qilib, bazo'r ro'zg'or tebratar ekan. Birovning qo'lidagi og'ir mehnatdan charchab-toliqib, shunda ham bolalarining qornini to'ydirolmay boshi qotib yurganida, allaqanday tog' etagida oltin bor emish degan gapni eshitib qolibdi-da, o'sha tarafga yo'l olibdi. Ro'zg'or tebratish o'n ikki yashar to'ng'ich o'g'lining gardaniga tushibdi. U ukalari bilan birga yerto'la yonidagi to'qaydan o'tin yig'ib, avvaliga yaqinroq uylarga olib borib sotib, jamg'argan puliga eshak sotib olibdi. Keyin o'sha eshak bilan o'tinni shaharga olib borib sotadigan bo'libdi. O'tin chopish barobarida to'qayning bir chekkasidan kunda-yu tomirlarini tozalab boraveribdi. Erta bahorda omoch, ho'kiz va urug'lik sotib olib, o'sha ochilgan yerga bug'doy ekibdi. Bug'doy bexato ko'karib, kuzda o'zi bug'doy sotish darajasiga yctishibdi.

Ota o'sha ketganicha uch yilcha ovora-yu sarson bo'lib, hech qayerdan oltin topolmay, biroq uyiga ikki qo'lini burniga tiqib bo'sh qaytishga yuzi chidamay, shahardagi bir boydan ozgina qarz so'rash uchun ketayotib qarasaki, o'g'li bir ko'chada qop to'la bug'doy sotib turganmish. Ajablangancha, uning qo'lidan ushlab: —  Bu qanaqasi, o'g'lim?.. — deb so'rabdi. Bola bor gapni aytib beribdi.

Ana shunda ota avvaliga: «Iye, oltin shundoqqina uyimizning yonida ham bor ekan-ku!» — deya benihoya hayratga tushibdi. Keyin o'g'liga ergashib uyiga qaytibdi-da, yangi yer ochib, dalasini kengaytirishga kirishibdi.


NODON DOST

Oydo's boboning oyog'iga allaqanday yara chiqib, uyida yotganini eshitgan bir do'sti ko'ngil so'rash uchun uning oldiga kelibdi. Jarohat Oydo's boboga qattiq azob berayotgan ekan. Do'sti uning qattiq qiynalayotganini ko'rib, juda achinibdi. Achingani shunchalikki, o'z uyiga qaytgan zahoti: «Do'stim voy oyog'imlab zor qaqshab yotganida, mening o'ynoqlab yurishga haqqim yo'q», deb o'z oyog'iga o'zi pichoq uribdi.

Vaqti kelib, Oydo's boboning oyog'i tuzalibdi. Do'stining jarohati esa, oyog'iga urgan pichoq zanglagan ekan, gazak olib, yiringlab, axiri cho'Ioq bo'Iib qolibdi.

Ahvoldan xabar topgan Oydo's bobo o'z joniga o'zi qasd qilgan cho'Ioq do'stiga hamdardlik bildirish u yoqda tursin: «Kallasi yo'q odam hech qachon sodiq do'st bo'lolmaydi», — deb uning holidan xabar olmabdi.


Orqaga qaytish