Rivoyatlar

5388 marta o'qildi
Sharq rivoyatlari (Ergash Ochilov)

Qadimda ko'rsavod bir elat bo'lgan ekan. Elat savodsizligi uchun atrqfidagilardan ko'p xo'rlik tortsa ham hech kim o'z bolasini boshqa yurtlarga o'qishga yuborishni xohlamas ekan. Bir ona nomusga chidayolmay, o'zining yolg'iz o'g'lini o'qishga yubormoqchi bo'libdi.

ONA MEHRI

Qadimda ko'rsavod bir elat bo'lgan ekan. Elat savodsizligi uchun atrqfidagilardan ko'p xo'rlik tortsa ham hech kim o'z bolasini boshqa yurtlarga o'qishga yuborishni xohlamas ekan. Bir ona nomusga chidayolmay, o'zining yolg'iz o'g'lini o'qishga yubormoqchi bo'libdi. Bola tantiqroq ekan, uydan ketgisi kelmabdi. Ona ketishga majbur qilibdi. Shun­da yigit: «Sen meni yomon ko'rganing uchun quvyapsan», deya onasidan o'pkalanib, ovuldan bosh olib chiqib ketibdi. Ona o'g'lini yuborishga yuboribdi-yu, lekin ko'ngil uzolmay, baland tepalikka chiqib, u ko'zdan g'oyib bo'lguncha ortidan qarab qolibdi. Bola shu kelishda ko'p yillar o'qib. ulkan alloma bo'lib, eliga qaytibdi. Yurtiga yaqin kelaverishdanoq ovulda nima gap ekan, deya diqqat bilan qarasa. tepalik usrida qaqqayib turgan bir odam ko'rinibdi. «Kim bo'ldi bu?” deb ajablanibdi. Yaqinroq kelib qarasa. o'z onasi! «Onajon!» deb quchog'ini yozganicha. u tomonga yuguribdi. Quchoqlamoqchi bo'lgan ekan, onasi yiqilib tushibdi. Ajablanib qarasa, onasi allaqachon jon taslim qilgan ekan-u, hilvillagan gavdasi bazo'r tik turgan ekan. Alloma ovul odamlarini yig'ib nima gapligini so’ragan ekan, ma'lum bolibdiki,onasi uni o'qishga kuzatib qolganicha, o'sha tepalikdan qaytib tushmagan ekan...

ONA HURMATI

Zolim xon saroyida unga sodiq, bilimdon bir xizmatchi bo'lgan ekan. U har kuni ishga kechikib kelarkan. Bu yomon odati uchun xon uni jazolamoqchi bo'libdi. Biroq, bunday bilimdon, kerakli xizmatchining har gal ishga kechikish sababini aniqlashni boshqalarga ishonmay, bir kuni ertalab uning uyiga o'zi boribdi. Qarasa, xizmatchi munkillab qolgan onasiga non chaynab berayotgan ekan. Ana shunda zolim xon o'z ahdidan qaytib:

— Onasini mana shunday hurmatlay olgan odamda gunoh bolmaydi, — deb uning oldida bosh egibdi.

 

KECHIKKAN OQIBAT

Bir onaning yolg'iz o'g'li bor ekan. U kunu tun yakka-yu yagona arzandasining yo'liga  poy-patak bo'lib, o'g'lining biron marta qovoq uyib mung'aymasligi uchun o'lib-tirilar, hech qachon qattiq gapirmas ckan. Nasihat qilganda ham, biron ish buyurganda ham aytadigan so'zlari «qarog’im». «chirog'im», “bo'talog'im” ekan. Bolam o'qib, qatoridan oldinda bo'lsin, aql to'plasin, degan niyatda ayol topgan-tutganini sotib-yig'ib, o'g'lini begona yurtlarga o’qishga yuboribdi. Bola yetti yil o'qib kelibdi. Ona tag'in avvalgidek unga girgitton bo'lib, topgan-tutganini o'g'liga ichirish, yedirish, kiydirishga tushibdi. Biroq yigitga onasining hech bir xatti-harakati yoqmasmish. Onasi oldiga ovqat olib kelsa bas: «Unaqa emas, bunaqa», deb yo'q joydan janjal chiqaraverarkan. Tikib bergan kiyimlarini yoqtirmay, haqoratlayverarkan. Onayizor javob qaytargudek bo'lsa, unga musht ko'tarish odati ham chiqibdi.

Arzandasining injiqligiga chiday-chiday, axiri toqati toq bo'lgan ona kunlardan bir kuni uni yoniga o'tqazib, nasihat qilmoqchi bo'lgan ekan, yigit:

— Men sendan emas, sen mendan nasihat tinglashing kerak, — deb onasini urib-urib, uydan bosh olib chiqib ketibdi. Ovul yaqinidagi to'qayga borib, bir tup to'rang'ilning ostida yotgan ekan, qayoqdandir  yolg'iz kuchugini ergashtirib kelayotgan itga ko'zi tushibdi. Zerikkanidan itning harakatlarini kuzata boshlabdi. Qarasa, it bir tup jing'ilning  panasiga turib, shoxga qo'nib o'tirgan anqov chumchuqni ushlab olibdi-da, patlarini yulib-yulib, kuchugiga beribdi. O'zi och ona it tumshug'ini yalab-tamshanib. kuchugining to'yganidan mamnun bo'lib, bola bunga javoban lom-mim deyolmay, qismatiga tan berib yashayveribdi. Kunlardan bir kuni u nimagadir qoqilib yiqilibdi. Nimaga qoqilganini bilish uchun paypaslab qarasa, yarmi yerga ko'milgan toshdek og'ir bir narsa ekan. Bazo'r ko'tarib, yonidan o'tib borayotgan odamdan:

— Manovi nima? — deb so'rabdi.

— Iye, oltin-ku! — debdi o'sha odam hayratlanib.

— Ma, sen ola qol! — debdi bolakay.

— Iye, sen hali oltinning nimaligini bilmaysanmi? — deb so'rabdi notanish kishi battar hayratga tushib.

— Oltin haqida ko'p eshitganman, uning nimaligini yaxshi bilaman. Biroq, bu oltin meniki emas, — debdi bola.

Yo'lovchi insof diyonatli odam ekan:

— Oltining o'zingga buyursin, — deb yo'lida davom etibdi.

Bola hayron bo'lib:

— Hech oltin yo'qotgan bormi? — jar solibdi.

Hech kirn indamabdi. Uyiga borishga ota-onasining yolg'onidan qo'rqib, oltinni to'ppato'g'ri qoziga olib borib topshiribdi.       

O'sha kunning ertasiga bola uyqudan uyg'onsa, ko'r ko'zlari ochilganmish...

 

SINOVDAN O'TOLMAGAN DO'STLIK

To'lepbergen Qaipbergenov ko'cha biyi tilidan hikoya qiladi:

— Maktabda o'qib yurgan kezlarimda Esemurod degan do'stim bor edi. U bilan egizak qo'zilardek birga yurib, birga dars tayyorlardik. Esemurod andak beboshroq edi. Bir kuni qo'shnisining qovun  poliziga o'g'irlikka tushibdi. Ertalab Esemurod ikkovimiz dars tayyorlab o'tirgan edik, qovunning egasi iz quvib kelib, karavot tagiga yashirilgan ikkita qovunni topib oldi. Bir  payt u Esemurodning qulog'idan cho'qib, sen o'g'risan, deb shovqin-suron ko'tardi. Shu orada qo'shnilar yig'ila boshladi. Qo'shnilari oldida do'stimning yuzi shuvut bo'lib qolishi mumkinligini sezib:

—  U emas, men o'g'irladim, — dedim.

 Qovunning egasi endi mening qulog’imdan cho'qib.

to'ppa-to'g'ri maktabga olib bordi. Aslida qovunni o'g'irlagan Esemurod esa menga beparvo qarab turaverdi. Rost gapni bo'yniga olmadi. Men do'stimning haqqi-hurmati gapimni -ikki qilmay:

—  Men o'g'irladim! — deb turaverdim.

O'sha kundan boshlab bolalar mening otimni aytmay, «Hoy o'g'ri!» deb chaqiradigan bo'lishdi. Bu holdan xo'rligim kelib, otamga aytgan edim, otam:

— O'g'lim, do'stlikka sadoqat bo'lgani yaxshi, endi Esemurodni sotmay qo'ya qol-u, biroq bunday do'stdan o'zingni tortganing ma'qul, — deb ertasidan bizni boshqa ovulga ko'chirib olib ketdi.

 

BOY VA DEVONA

O'n ikki muchasini yog' bosib ketgan bir boy bolardi. Boyligi oshib-toshib yotsayam bola-chaqasi bilan bo'z ko'rpachada o'tirib, qattiq non yerdi, pishirgan ovqatlari ham quruq yovg'on bo'lardi.

— Siz nega bunaqa ziqnalik qilasiz? — deb so'ragan odamga:

—  Boshqalar qanday yashasa, men ham shunday yashayman-da, ulardan o'tib qayoqqa borardim, — deb javob berardi. Javobni-ku, berardi, biroq hech kimga na tovuq, na bir kaft bug'doy bermasdi...

Qamish kapada birdevona yashardi. Uyiga birov borib qolsa, egnidagi bitta-yu bitta  choponini yoyib, tagiga to'shardi. Oxirgi yarim nonini dasturxon ustiga qo'yardi. Shu qadar saxiyligi uchunmi, bolalar hamisha eshigining oldida girdikapalak edi.  Quyoshga toblanib yotibdi. Qorni to'ygan kuchuk sakrab-o'ynoqlab, och onasini tishlab, yumma talashga tushibdi.

Yigitning kuchukka qahri kelibdi:

— Mushtday chumchuqni o'zi yeyishga ko'zi qiymay qornini to'ydirgan onasini nega talaydi zang'ar! — deya uni urush uchun o'rnidan turgan ekan, qo'lida ko'za ko'targan o'z onasini ko'rib qolibdi. Ona jahl ustida uydan ovqat yemay chiqib ketgan yolg'iz o'g'lim ochqab qolmasin, deb uning ortidan ovqat olib kelayotgan ekan. Ana shunda o'g'il o'zini gunohkor sezib, kechirim so'rash uchun onasiga qarab yuguribdi. Ona bolsa, bolamning jahli haligacha tarqamay, yana urmoqchi bo'lyapti shekilli, deb o'ylab ortiga qaray-qaray qochib borayotgan ekan, bexosdan eski bir quduqqa tushib ketibdi-yu, til tortmay o'libdi...


Orqaga qaytish