Hikmatlar

5533 marta o'qildi
Sabr choqqisi

Ishni bitirgunimcha soat o‘n ikki bo‘lay deb qoldi. Boshlig‘imizdan ruxsat oldim-u, ko‘chaga shoshildim. O‘ta-yotgan mashinalarga qo‘l silkiy boshladim. Birortasi to‘xtay demasdi. Kech qolayotganimdan bezovtalanib turganimda, kulrang "Neksiya" yonimga kelib to‘xtadi.

Ishni bitirgunimcha soat o‘n ikki bo‘lay deb qoldi. Boshlig‘imizdan ruxsat oldim-u, ko‘chaga shoshildim. O‘ta-yotgan mashinalarga qo‘l silkiy boshladim. Birortasi to‘xtay demasdi. Kech qolayotganimdan bezovtalanib turganimda, kulrang "Neksiya" yonimga kelib to‘xtadi.

- Assalom alaykum, O‘rdaga, - dedim kirakash yoniga o‘tirar ekanman. - Kechikyapman, faqat tezroq haydaysiz.

Mashina keng, ravon yo‘lda bir maromda ketardi. Tezroq haydasa bo‘lmasmikan, deganday kirakashga bir-ikki marta qarab qo‘ydim.

U esa beparvo holatda bir hikoya boshlab qoldi: "Ustozlardan biri talabalarga sabr haqida gapirib, "Sabr-ning eng yuqori cho‘qqisi bor, bunga har kim ham erisha olmaydi. Men shu cho‘qqiga chiqa olgan faqat bir kishini bilaman", -  debdi.

Talabalar ustozni holi-joniga qo‘ymay, uning kimligini bilib olishibdi. U kishi bozorda sabzi sotar ekan. Talabalar bozorga borib, uni topishibdi.

Uning sabzisi bozorning eng oldi ekan. Hamma bir yuz ellik so‘mdan sotsa, u yuz so‘mdan sotayotgan ekan. Talabalar uning atrofida aylanib sabzisiga "xaridor" chiqishibdi:

— Shu so‘ligan sabzidan boshqa sabzi yo‘qmi?

Sotuvchi:

— Bori shu,—debdi jilmayib.

Narxini so‘rashibdi. Sotuvchi javob bergach:

— Iye, shu sabzini-ya? Uyalmaysizmi yuz so‘mdan sotishga? Mayli, so‘radik, olmay ketmaylik. Ikki kilosiga ellik so‘m beramiz,- deyishibdi.

Sotuvchi tabassum bilan rad javobini beribdi. Talabalar sabzini yerga uribgina qolmay, gap orasida egasini ham "shirin" so‘zlar bilan siylab, sabzining bahosi ustida tortisha ketishibdi. Sotuvchi esa tavoze' bilan jilmayib qo‘yar, boshiga yog‘ilayotgan xaqoratlarni beparvo tinglar ekan. Talabalar ikki kilo sabzi sotib olishibdi. Bir siqim mayda tangani savdogarning qo‘liga tutqazishibdi.

Besh-olti qadam uzoqlashib, yana izlariga qaytishibdi.

— Shu ham sabzi bo‘ldi-yu. Egasiga o‘xshaydi. Qo‘y, og‘ayni, bizni laqillatolmaysan. Ol sabzingni, bizning  pulimizni qaytarib ber, — deb hozirgina sotib olgan sabzilarni sotuvchining oldiga to‘kishibdi.

U esa o‘ta bosiqlik bilan: — Kechiringlar, molim yoqmagan bo‘lsa, — deya uzr so‘rab, talabalarning pulini qaytarib beribdi. Nihoyat, sotuvchining sabriga qoyil qolgan talabalar:

— Sizni sinash uchun shunday qilgan edik. Bizni kechiring! — deya uning qo‘llaridan o‘pib, uzr so‘rashibdi.

Kirakash hikoyasini tugatganida biz O‘rdaga yetib kelgan edik. Hikoyadan g‘oyat ta'sirlanib, shoshqaloqligim uchun uyalib ketdim, yo‘l haqini berib, tashakkur bildirgaiimcha mashinadan tushdim.


Orqaga qaytish