Ertaklar

5660 marta o'qildi
Shakardan shirin

Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan, o‘tgan za-monda bir kambag‘al chol bilan kampir o‘tgan ekan. Ular-ning yakkayu yagona farzandlari bo‘lgan ekan. Kambag‘al chol o‘z oilasini o‘tinchilik qilib boqarkan.

Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan, o‘tgan za-monda bir kambag‘al chol bilan kampir o‘tgan ekan. Ularning yakkayu yagona farzandlari bo‘lgan ekan. Kambag‘al chol o‘z oilasini o‘tinchilik qilib boqarkan.

Ammo kun o‘tib, oy o‘tib, oy ketidan yil o‘tib, cholning ko‘zidan nuri, beldan quvvati, tandan darmoni ketib, qazo qilibdi.

Kampir yoshgina o‘g‘iltchasi bilan qolibdi. U kishilar-ning xizmatini qilib, topgan-tutganini, bir parcha non-mi, zog‘orami - o‘g‘li bilan baham ko‘rar ekan.

Tez orada o‘g‘lining bo‘yi-basti cho‘zilib, kattakon yigit bo‘lib qolibdi. Shunda kampir uning qo‘liga otasidan qolgan eski ketmon va o‘roqni berib:

—  Qani, o‘g‘lim, ota kasbini qil. Men qaridim, endi senga qarab qoldim, - debdi.

O‘g‘li ketmon va o‘roqni olib, qirga jo‘nash oldidan kampir uning belbog‘ingga zog‘ora tugib qo‘yibdi.

—  Onajon, — yolvoribdi o‘g‘il, — biror parcha bug‘doy noningiz yo‘qmi, zogora yeyaverib, jig‘ildonim teshildi-ku.

—  Onaginang o‘rgilsin, men belbog‘ingga zog‘ora emas, holva tugib qo‘ydim, - o‘g‘lini yupatibdi kampir.

Yigit xursand bo‘lib qirga - o‘tinga jo‘nabdi. Erta-labdan to kun tikkaga ko‘tarilguncha g‘ayrat bilan yantoq o‘ribdi. Keyin rosa charchab va och qolib, belbog‘idagi «hol-va»ni yemoqchi bo‘libdi. Ochib qarasa, holva emas. yana zo-g‘ora tugilgan ekan. «Onam meni aldabdi-da», deb birpas o‘ylab qolibdi.

Ammo shu qadar ochiqqan ekanki, noiloj zog‘orani yeyaboshlabdi. Zog‘ora unga har galgidek emas, juda mazali tuyulibdi. Belbog‘iga tugilgan to‘rtta zog‘orani ishtaha bilan yeb qo‘yganini o‘zi ham sezmay qolibdi.

O‘g‘il hovlisiga qaytib, bu holning sirini onasidan so‘raganida u: -  Mehnat qilib yeyilgan non shakardan shirin bo‘la-di! — deb javob beribdi.


Orqaga qaytish