Yangi o`zbek adabiyoti

5702 marta o'qildi
Anvar Obidjon

Hajviy adabiyot an'analarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirib kelayotgan iste'dodli adiblardan biri Anvar Obidjon shoir va dramaturg sifatida o‘nlab to‘plamlar, kitoblar nashr ettirib ulgurdi.

 Hajviy adabiyot an'analarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirib kelayotgan iste'dodli adiblardan biri Anvar Obidjon shoir va dramaturg sifatida o‘nlab to‘plamlar, kitoblar nashr ettirib ulgurdi. Anvar Obidjon Fargona viloyati Oltiariq tumani Poloson qishlog`ida 1947- yilning 25-yanvarida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topgan.

 

U odatdagidek, o‘z hamkasblari kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijodga kirib kelmadi. 1964- yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand moliya texnikumida o‘qidi. Harbiy xizmatdan (1966-1969) qaytgach, 1969-1971 yillarda jamoa xo‘jadigida hisobchi, klub mudiri, tuman ro'znomasi, viloyat radiosida turli vazifalarni bajardi. Ayni chog`da Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetini sirtdan tamomladi.

 

1981- yildan boshlab u Toshkentga kelib, «Yosh gvardiya» nashriyoti, «Yosh kuch», «Mushtum», oynomalarida faoliyat ko‘rsatdi. Shu kunlarda u «Cho‘lpon» nashriyotining bosh muharriridir. Anvar Obidjon ijodi garchi 60-yillardan boshlangan. Birinchi «Shkafcham» nomli she'ri «G'uncha» jurnalida chop etilgan bo‘lsa ham, uning birinchi kitobi 1974- yilda «Ona yer» nomi bilan «Yosh gvardiya» nashriyotida bosilib chiqadi.

 

Shundan buyon qariyb 20 yil davomida «Bahromning hikoyalari» (1981), «Olovjon va uning do‘stlari», (1983), «Ey, yorug‘ dunyo» (1983), «Ketmagil» (1985), «Bezgakshamol» (1985), «Alhamazon i yego pexota». «Masxaraboz bola» (1980), «Juda qiziq voqea» (1987), "Oltin yurakli avtobola» (1988), «Dahshatli Meshpolvon» (1990) kabi she'riy va nasriy kitoblari chop etildi. Ulardan tashqari, adibning «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Pahlavonning o‘g'irlanishi» kabi p'esalari sahna yuzini ko‘rdi. Mazkur asarlarning deyarli ko‘pchiligida odamlardagi, hayotdagi nopok tomonlar, illatlar, nuqsonlar goh achchiq, goh istehzoli, goh mayin kulgi vositasida fosh etib beriladi. Anvar Obidjon ijodi avji-kamolat bosqichida.

 U o‘z ustozlari Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Ne'mat Hamidov kabi iste'dodlar safini to‘ldiradi, deb ishonsa bo‘ladi.


Orqaga qaytish