Bilasizmi?

5539 marta o'qildi
Qon bosimi qachon va kimlarda kotariladi?

Qon tomir devorlarining qon oqimiga nisbatan ko‘rsatgan qarshilik kuchi normal qon bosimini paydo qiladi. Sog’lom kishi organizmidagi qon tomirlar kengayib-torayish xususiyatiga ega, shuning uchun u muhitga moslashib, o‘rtacha muvozanatda turadi.

Qon tomir devorlarining qon oqimiga nisbatan ko‘rsatgan qarshilik kuchi normal qon bosimini paydo qiladi. Sog’lom kishi organizmidagi qon tomirlar kengayib-torayish xususiyatiga ega, shuning uchun u muhitga moslashib, o‘rtacha muvozanatda turadi. Ba'zi oilalarda barcha kishilarning qon bosimi pastlikka moyil bo‘ladi ayrim oilalarda esa aksincha, bosim yuqoriroq ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Agar turli ta'sirlar natijasida tomirlarning kengayish yoki torayish muvozanati buzilsa va bunday buzilish bir oz muddat ushlanib tursa, kasallik alomatlari paydo bo‘ladi. Tomir faoliyatidagi bunday o‘zgarish faqatgina bosh miya faoliyatigagina bog’liq bo‘lmay, balki asabni qo‘zg‘atuvchi tashqi va ichki ta'sir kuchiga  ham bogliq. Ayniqsa buyrak, yurak va tomir kasalligi qon bosimining o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kishi turmushi tinch, osoyishta bo‘lishiga qaramasdan qon bosimi sutka davomida chiqib, tushib turadi. Odatda kunning birinchi yarmida qon bosimi normaga yaqin bo‘ladi, ikkinchi yarmida esa bir oz ko‘tariladi, kechasi esa normaga yaqinlashadi. Ba'zi kishilarda qon bosimi baland bo‘lishiga tug’ma moyillik bo‘lishi mumkin, boshqalarda esa turmushdagi salbiy qo‘zgatuvchi ta'sirida qon bosimi ko‘tariladi. Ayniqsa bosh miya kasalligida va ba'zi ichki kasalliklarda qon bosimining ko‘tarilishi kuzatiladi. Oiladagi bir necha kishida qon bosimning normadan ortiqroq bo‘lishi kasallikka tug’ma moyillik borligiga dalil bo‘la oladi. Bunday oila a'zolari ko‘pchiligida qon bosimi darajalari bir xilda ko‘tarilgan bo‘ladi. Shu borada bir misol keltirmoqchiman.

M. ismli qo‘shnim bor edi. Uning oila a'zolari ko‘pchiligida qon bosimi normaga qaraganda ortiqroq edi. Bu kishining onalarida 28 yil davomida qon bosimi ortiq bo‘lgan, biroq o‘zlarini hech narsa bezovta qilmagani uchun vrachga bormaganlar. Bir kuni oilada bo‘lgan bir oz   kelishmovchilik   natijasida   boshlari   qattiq  og’rib, mening ko‘rib qo‘yishimni iltnmos qildilar. Chiqib yuraklarini eshitib, qon bosimini o‘lchab ko‘rdim, qon bosimi yoshlariga nisbatan ancha baland edi.

Qon bosimingiz ozgina ortiq ekan, balki boshingiz og’riyotganiga shu sabab bo‘lsa kerak, dedim astagina. Bosimim qancha ekan, deb so‘rab qoldilar. 220/130 ekan, dedim. Do‘xtir bolam, bundan 10 yil ilgari ham bosimim xuddi shuiday edi, dedilar, qon bosimi ko‘tarilganiga uncha e'tibor ham bermadilar. Qon bosimingizni tushiradigan dori yozib beraymi, desam, yo‘q bolam, bosh og’rigi dorisini yozib bersang bas, dedilar. Surishtirsam ertasiga bosh og‘riqlari to‘xtab qolibdi. Keynichalik 18 yil davomida salomatliklari yaxshi darajada turdi. desaam bo‘ladi. Shuni ham aytishim lozimki, u kishi qon bosimi kasalligidan emas, balki butunlay boshqa kasallikdan olamdan o‘tdilar.

Men bu bilan qon bosimi normadan ortiq bo‘lsa ham bunga e'tibor bermaslik kerak, demoqchi emasman. Agar qon bosimi ko‘tarilgan vaqtida bosh og‘risa, yurak sanchib tursa, odam o‘zini yomon his qilib, qo‘l oyoqlari uvishsa. ayniqsa bunday hollarda asabi buzilsa, tezda vrachga ko‘rsatish zarur. Agar qon bosimi normadan ortiq bo‘lsa, lekin yuqorida enkr etib o‘tilgan kasallik alomatlari yuz bermasa, davolanishga ehtiyoj qolmaydi.

Qarangki, misolda keltirilgan oiladagilarning hammalarida qon bosimi yuqori bo‘lib tursada (masalan, birida    110/70,    ikkinchisda    140/80    uchinchisida   esa 150/90), ammo bu holat hech qaysilarini bezovta qilmaydi.

Hozirgi davrda qon bosimining yuqorimi, pastmi, doimo bir xilda turishi «ishchi qon bosimi» deb yuritiladi. Bu degan so‘z kishi uni o‘zining o‘rtacha bosin deb bilishi lozim. Mabodo ana shu o‘rtacha bosim ko‘tarilsa, dori darmon bilan o‘z xoliga keltirish lozim, Ilgari bundan 1015 yil  muqaddam bosim yuqori bo‘lsa, vrachlar darhol dori-darmonlar yordamida uni odatdagi normaga (120/60 mm ga) tushnrar edilar. Hozirgi vaqtda odamning qon bosin o‘ziga xos qancha bo‘lib turishi surishtiriladi, uning organizmi o‘rgangan bosimni tushirish tavsiya etilmaydi, o‘sha baland bosimga odamning hamma organlari moslashib qolgan bo‘ladi. Agar bu bosimni pasaytirish tavsiya etilsa, bemorning tinkasi qurib charchaydi, behol bo‘lib qoladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda vrachlar dori-darmonlarni buyurishdan avval «kundalik o‘rtacha ko‘rsatkich bosimni» surishtirishlari kerak.

Qon bosimining ham ustki ham pastki darajasi ko‘tariladigan bo‘lsa, bu gipertoniya kasalligi deb yuritiladi.   Odamlarda   gipertomiyaga   nisbatai   tug‘ma moyillik bo‘lganda bosim 23-30 yosh oralarida ko‘tariladi. Bosimning   ko‘tarilishiga  tashqi   muhitning   yomon  ta'sirlari sabab  bo‘ladi.   Kasallik   asta-sekin   rivojlanib   boradi, bemorning jahli tez chiqib, bo‘lar-bo‘lmasga tajang bo‘laveradi, boshi og’riydi, uyqusi buziladi. Lekin bemorga tinch, xotirjam sharoit yaratilganda bu alomatlar o‘zicha davosiz o‘tib ketishi mumkin. Biroq keyinchalik yillar  o‘tgan  sari  bosh  og’rigi   kuchayib,  doimiyga   aylanib qolisho   mumkin.  Og’riq  boshning  orqa  tomonida   paydo bo‘ladi,   tomir  gupillab  urayotgandek   bo‘ladi,  ayrim   bemorlarning ikkala chakkasi og‘riydi, jahli tez chiqadi, tez    charchaydi,    xotirasi    susayadi,    fikrini    to‘plash kiyinlashadi,     ba'zan     bo‘shashib,     kayfiyati     buziladi,  yaxshi  uxlay  olmaydi,   ko‘p   tush   ko‘radi.   Alomatlar oldiniga bosim ko‘tarilganda sezilsa, keynnchalik bosim normada  turganda   ham   paydo bo‘lishi   mumkin.   Gipertomiya  kasalligi boshlangan davrda bosim  ko‘tarilib turadigan bo‘lib qoladi, keyinchalik esa uni normaga tushirish qiyin bo‘ladi, yuqorida aytilgan kasallik alomatlari  esa  doimiy   bo‘lib  qoladi.  Agar bemor  yaxshi  davolansa yurak atrofida va bosh miyada qon aylanishi buzilishi  mumkin.

Qon bosimi ko‘proq qaysi yoshdagi odamlarda ko‘tariladi degan savol ko‘pchilikni qiziqtiradi. Qon bosimi hamma yoshdagi kishilarda ko‘tarilishi mumkin.


Orqaga qaytish