Bilasizmi?

5320 marta o'qildi
Koinot cheksizmi ?

Odamzot Koinotning haqiqiy o’lchamlarini tasavvur qilishi qiyin. Biz uning nechog’li katta ekanini bilmaymiz, binobarin, qanchalik masofaga cho’zilib ketganini tasavvur qilishimiz ham qiyin. Agar biz Yerdan uzoqlasha boshlasak, buning sababini anglab yetamiz. Yer — Quyosh sistemasining kichik bir zarrasi.

Odamzot Koinotning haqiqiy o’lchamlarini tasavvur qilishi qiyin. Biz uning nechog’li katta ekanini bilmaymiz, binobarin, qanchalik masofaga cho’zilib ketganini tasavvur qilishimiz ham qiyin.

Agar biz Yerdan uzoqlasha boshlasak, buning sababini anglab yetamiz. Yer — Quyosh sistemasining kichik bir zarrasi. Quyosh sistemasiga uning atrofida aylanadigan sayyoralar, kichik sayyoralardan iborat asteroidlar va meteorlar kiradi.

Bizning butun Quyosh sistemamiz o’z navbatida «galaktika» deb ataluvchi boshqa bir katta sistemaning kichik qismidir. Galaktika million-million yulduzlardan tashkil topgan bo’lib, o’sha yulduzlarning ko’pchiligi bizning Quyoshimizdan ancha kattadir va o’z quyosh sistemalariga ega.

Shunday qilib, biz Somon yo’li deb ataydigan va kechalari kuzatadigan galaktikadagi yulduzlarning barchasi «quyoshlar»dir. Ularning o’rtasidagi masofa  kilometrlar bilan emas,yoruglik yillari bilan o’lchanadi. Yorug’lik bir yil davomida 9 500 000 000 000 km masofani bosib utadi. Bizga eng yaqin va yorqin yulduz bo’lmish Sentavr Alfasi Yerdan 46 000 000 000 000 km uzoqlikda joylashgan. O’z navbatida bizning galaktikamiz ham undan-da kattaroq sistemaning kichik bir bo’lagidir.

Bundan boshqa yana millionlab galaktikalar mavjud bo’lib, ulardan eng yaqini bilan bizning galaktikamiz o’rtasidagi masofa 2 000 000, eng uzog’i bilan bizning galaktikamiz o’rtasidagi masofa esa trillionlab yorug’lik yillariga tengdir. Bularning barchasi bizga ma'lum bo’lgan Koinotning faqat bir bo’lagidir. Haqiqatda esa uning o’lchamlari bundan ham katta bo’lishi mumkin!

Munajjimlarning fikri ham shunday. Asosiy muammo Koinotning aynan qanchalik katta ekanini bilishdadir.

Olimlar bu savolga javob topishga harakat qilganda, fazoning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishlariga to’g’ri keladi. Zamonaviy nazariyalarga ko’ra, fazo o’z atrofida egila boradi. Buning ma'nosi shuki, fazoning «tashqarisi»ga chiqish mumkin emas, chunki siz ma'lum bir chiziq bo’ylab oldinga qanchalik harakat qilmang, u, baribir, egilib, fazo «ichida» qolib ketaveradi.

Uning qanday yuz berishini quyidagi misol yordamida tushuntirish mumkin. Moskvadan Vladivostokka ma'lum bir balandlikda uchayotgan samolyot Yerning egik yuzasini takrorlovchi yoy shaklini hosil qiladi. Agar u to’g’ri chiziq bo’ylab uchganda edi, manzilga yetadigan masofani bosib o’tganida bir necha ming kilometr balandlikka chiqib ketgan bo’lardi.

Munajjimlarning fikricha, fazodagi har qanday harakat xuddi shu holatda sodir bo’ladi, yagona farqi shundaki, fazoning egilishi o’ta murakkab hodisadir. Uni biror surat yoki model yordamida tasvirlab bo’lmaydi, faqat oliy matematika qonunlari yordamida hisoblab chiqish mumkin.


Orqaga qaytish