Referatlar

5037 marta o'qildi
Jamiyat rivoji va bunyodkor g'oyalar

Yaxshilik va yomonlik, yangilik va eskilik o'rtasidagi kurash juda qadimiy tarixga ega bo'lib, hech qachon tugamaydi. Inson bunday kurashda bunyodkor g'oyalarga tayanadi. Prezidentimiz Islom Karimov bunday ziddiyatning mohiyatini atroflicha tushuntirib bergan:

Jamiyat rivoji va bunyodkor g'oyalar

Yaxshilik va yomonlik, yangilik va eskilik o'rtasidagi kurash juda qadimiy tarixga ega bo'lib, hech qachon tugamaydi. Inson bunday kurashda bunyodkor g'oyalarga tayanadi.

Prezidentimiz Islom Karimov bunday ziddiyatning mohiyatini atroflicha tushuntirib bergan:

«Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tadrijiy ravishda ko'zdan kechiradigan bo'lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g'oya va ta'limotlar bilan yovuz va zararli g'oyalar o'rtasida azaldan kurash mavjud bo'lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko'ramiz

Bunyodkor so'zining ma'nosi yaratuvchi deganidir. Shundan kelib chiqqan holda, bunyodkor g'oyaga bunday ta'rif berish mumkin:

 Insonning qalbi va ongida yaratuvchilik  salohiyatini uyg'otib, o'z xalqi, Vatani va insoniyatga foydali ishlar qilishga safarbar etadigan g'oya bunyodkor g'oyadir.

Har bir xalq hayotida bunyodkor g'oyalar yetakchi o'rinda' turadi. Chunki har bir xalq o'zining nimalarga qodir ekani, yaratuvchilik qudratini faqat bunyodkorlik orqali namoyon etadi. Siz buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur tomonidan Shahrisabzdagi Oqsaroy peshtoqiga bitilgan «Kimki qudratimizga shubha qilsa, biz qurgan binolarga boqsin» degan mazmundagi da'vatkor so'zlarini yaxshi bilasiz. Bu so'zlarda xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, kuch-qudrati qanchalik katta ekaniga ishora qilingan.

Zamonaviy jahongir bobomiz o'z davlati va xalqining shuncha qudratli belgilarida shuni tasdiqlamoqdaki, hatto faqat bittasi va eng asosiysiga urg'u bergan. U ham bo'lsa, xalqning bunyodkorligi. Buning zamirida katta ma'no bor. Bu ma'no shudan iboratki, Amir Temur davlati erishgan barcha yutuqlar avvalambor  xalqning bunyodkorligiga asoslangan. Bu fazilatimiz esa o'sha paytda barpo etilgan go'zal va betakror obidalarda yaqqol namoyon bo'lgan.

Bunday buyuk- fazilatlar bizning olis tariximiz davomida shakllanishi muttasil boyib borgan bunyodkor g'oyalardan oziqlangan. Bebaho ma'naviy merosimiz bo'lmish “Avesto” kitobidagi «Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal» degan qoida xalqimizning qadim zamonlardan boshlab bunyodkorlikni o'zi uchun asosiy maqsad asosiy mafkura deb bilganidan dalolat beradi. Bu qoida zamiri insonning o'ylaydigan fikrida ham, gapiradigan gapida ham, qiladigan ishida ham faqat yaxshilik bo'lsin, shunda uning butun hayoti bunyodkorlikdan iborat bo'ladi, degan ma'no mujassam.

Yoki yana bir buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshbandning  «Diling Ollohda, qo'ling mehnatda bo'lsa degan da'vatini eslab ko'raylik. Bu hikmat har bir ishingizni aniq maqsadni ko'zlab, oxirini o'ylab qiling, vaqtni bekor o'tkazmang, degan ibratli fikrni ifoda etadi.

 

 

«Ota-bobolarimiz ulug' avliyo Bahouddin Naqshbandga chin dildan ixlos qo'yib, uni «Bahouddinni Balogardon» deb ta'riflar kelishida teran ma'no bor. Uning «Diling Ollohda, qo'ling mehnatda bo'lsin» degan hayotbaxsh hikmati dinimizning oliyjanob ma'nolar mohiyatini yorqin ifodalab, xuddiki shu bugun aytilgandek ja- ranglaydi».

Toki eng mayda hasharotlar ham dun­yoda qandaydir ekologik muvozanatni saqlab turadi. Agarda ular yo'qotilsa, olamdagi umumiy muvozanat buziladi. Ulug' bobomiz ana shu haqiqatni nazarda tutib, insonlarga qarata, sen ham Ollohdan ibrat ol, erta-yu kech mehnatda bo'l, harakatdan to'xtama, demoqda, harakat esa, bunyodkorlikdir. Chin dildan harakat qilmaydigan, o'ylamaydigan, mustaqil fikrlay olmaydigan, kim nima buyursa indamay bajarib ketaveradigan odamning ishini esa bunyodkorlik deb bo'lmaydi. Faqat sidqidildan qilingan mehnatdan haqiqiy mo'jizalar bunyodga keladi.

Bunyodkor mehnat mahsuli bo'lgan bunday mo'jizalarni dunyoda ko'plab uchratish mumkin. Misr ehromlari, Rim, Parij va Venetsiya shaharlari, ko'hna Sharq obidalari ana shunday mo'jizalardir. Yurtimizdagi Samarqand, Buxoro va Xiva singari ko'hna shaharlar, Registon, Shohizinda, Minorayi Kalon, Buxoro Arki, Ichanqal'a kabi noyob me'moriy obidalar, «Shashmaqom»dek betakror san'at durdonalari ham insoniyat aql-zakovati bilan yaratilgan shunday mo'jizalar qatorida tu­radi. Va biz buyuk ajdodlarimizdan meros - bunday boyliklarimiz bor-ligidan g'ururlanib yashaymiz, o'zimiz ham kelajakda ana shunday bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishga harakat qilamiz.

Xalqimizga xos bunyodkorlik an'analari mustaqillik yillarida qayta tiklanib, munosib davom ettirilayotganidan xabaringiz bor, albatta. Bunda Prezidentimizning istiqlolning birinchi yillaridan boshlab «Yangi uy qurmay turib eskisini buzmang» degan g'oyani o'rtaga tashlab, xalqimiz uchun bunyodkorlikni asosiy maqsadga aylantirgani ulkan ahamiyatga ega bo'lganini aytib o'tish lozim. Chunki biz mustaqillikka erishg 1991 yil, undan keyingi dastlabki yillar har tomonlama juda murakkab bir davr edi. O'shanda ba'zi davlatlar mustaqillik g'alabasidan qanday mast bo'lib, endi yangi jamiyat quramiz, deb, yaratishdan ko'ra buzish ko'proq moyillik bildira boshlagan edi. Lekin yangi jamiyatni bir kunda hatto bir-ikki yilda ham qurib bo'lmaydi.

Bugungi kunda insoniyat oldidagi umumiy xavf-xatarlarga qarshi millatlar va xalqlarni birlashtirishda bunyodkor g'oyalar katta ahamiyat ko'p izlanish va tajribalarni, doimiy mashaqqatli mehnatni talab qiladigan kasb etmoqda. Zamon talablariga mos ravishda o'tkazilayotgan turli o'ta og'ir jarayon. Bu haqiqatni chuqur anglagan davlatimiz rahbari   tadbirlarda bunday g'oyalar asosiy o'rin tutmoqda. Masalan, xalqaro sport musobaqalari, ilmiy-madaniy anjumanlar, san'at bayramlari, kinofestivallarda dunyodagi taraqqiyparvar kuchlarni birlashtirish,

do'stlik, inoqlik, tinchlik-totuvlik kabi ezgu g'oyalarga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

Bu yo'lning ahamiyati shund iborat bo'ldiki, u avvalo yurtdoshlarimiz qalbidagi bunyodkorlik tuyg'usini uyg'otdi, ularni buyuk ajdodlarimiz an'analarini munosib davom ettirishga undadi.

Mustaqillik yillarida shahar va qishloqlarimiz  har tomonlama obod bo'ldi, yangi-yangi maktablar, litsey va kollejlar, oliy o'quv yurtlari, muzeylar, teatrlar, zamonaviy korxonalar, muhtasham turar-joylar, go'zal xiyobonlar, ravon yo'llar, bozorlar, ko'priklar yurtim chiroyiga chiroy qo'shmoqda. «Bunyodkor» degan nom tilimizdagi eng faol so'zlardan biriga aylanib bormoqda.

Xalqimiz «Intilganga tole yor», deydi. E'tibor berganmisiz, ota-onalar o'z bolalarining sog'lom va barkamol qilib voyaga yetkazgani sayin ularning qalbida yangi-yangi orzular tug'ilaveradi: bolalarimni o'qitsam, el-yurtga toy bersam, ularni uyli-joyli qilsam, nevaralarimning baxtini ko'rsam, degan niyatlar bilan yashaydi. Agar ularning ko'nglida ezgu maqsadlar bo'lmasa ertangi kuniga ishonch bilan qaramasa, shuncha orzu-umidlar qayerdan paydo bo'lar edi?

Yana bir jihati borki, inson hushyor va ogoh bo'lmasa, yovuz kuchlar ham zimdan bosh ko'tarib, bunday ezgu niyatlarning ro'yobga chiqishiga to'siq bo'lishi mumkin. Shu bois bugungi kunda insoniyatning oliy maqsadlar yo'lidagi natijalarini boy bermaslik, dunyoda tinchlik taraqqiyotni, ezgulik va adolatni saqlash, olis ajdodlarimizdan bizga meros bo'lgan bu go'zal hayotni kelgusi avlodlarga yetkazish uchun sezgir bo'lib yashashni davrning o'zi talab etmoqda.

Bunyodkor g'oyalar insonlar va xalqlar  qalbidagi ezgu maqsadlardan paydo boladi.

 Insonni — Yaratganning buyuk mo'jizasi, ulug' va betakror zot, tabiat gultoji, aql-idrok, tafakkur egasi deymiz va hokazo. Bu ta'riflarning barchasi to'g'ri. Lekin insonni ana shu ta'riflarga munosib qilgan uning bunyodkorligidir. Agar inson aqli bilan o'ylab-fikrlab ijod qilmasa, kuch-g'ayrat sarflab, tengsiz mo'jizalar yaratmasa edi, unga shuncha ta’rif berilmagan bo’lardi.

Bunyodkorlik avvalo tabiatga xos. Mo'jizalarga to'la olamning yaratilishi - haqiqiy ijodkorlik va bunyodkorlik mahsuli. Inson esa aql-u zakovati, bunyodkorlik tuyg'usi bilan boshqa jonzotlardan ustun turadi.

Xulosa qilib aytganda, toki insonning ezgu intilishlari, oliyjanob maqsadlari, qalbida adolat va haqiqatga ishonch hissi bor ekan, bunyodkor g'oyalar hech qachon yo’qolmaydi.


Orqaga qaytish