Ertaklar

5533 marta o'qildi
Yun va sehrgar kampir

Bor ekan-da, yo'q ekan, Yun ismli kichkina bola bor ekan. Uning asl ismi Yun Albert Bryun, familiyasi Sulbckken ekan. Albert va Bryun ismlari ona tomondagi bobosi sharafi uchun bcrilgan bo'lsa-da, uni sodda qilib Yun deb chaqirishar, chunki uchta ismni qo'shib chaqirish noqulay.

Yun va sehrgar kampir

Bor ekan-da, yo'q ekan, Yun ismli kichkina bola bor ekan. Uning asl ismi Yun Albert Bryun, familiyasi Sulbckken ekan. Albert va Bryun ismlari ona tomondagi bobosi sharafi uchun bcrilgan bo'lsa-da, uni sodda qilib Yun deb chaqirishar, chunki uchta ismni qo'shib chaqirish noqulay. Bir kuni u yo'lda hushtak chalib borayotganida, muyulishda munkillagan kampirni ko'rib qoldi. Kampirning sehrgar ekanligini Yun bilmas, kampir ham Yunga qayrilib qarashni xayoliga keltirmasdi. Katta va keng burunli, iyagida yakkam-dukkam mo'yi bor, ko'zoynak taqqan Munsen xonim ismli bu kampir ko'rinishidan qo'rqinchli bo'lmasa-da, aytarli xushro'y ham emasdi.

Kampir sehrgarlikni bilsa-da, hech qachon momaqaldiroq aralash jalani, chaqmoq yoki shunga o'xshash balolarni chaqirmasdi. Faqat o'zining tushligi uchun ozgina mazali qaylani sehrlab qo'yardi, xolos. Bir kuni dazmolni sehrlagan edi, dazmolning o'zi barcha kiyimlarni dazmollab tashladi. Uyidagi sehrli lattaning o'zi pol yuvdi. Yana bir kuni soliq to'lash maqsadida pulni sehrladi — soliq to'lash hamma uchun qonun edi-da!

Munsen xonim yanchilgan go'sht iste'mol qilardi, garchi biror marta ham go'sht do'koniga kirmasa-da. To'g'ri, og'ilxonasida ko'ngil uchun cho'chqa boqardi. Lekin o'sha cho'chqa shunaqangi tez qaridiki, oxir-oqibat unda soqol o'sib chiqdi. Ehtimol, bunaqa soqolli cho'chqa Norvegiyada yagonadir. Ko'rdingizmi, kampir qanaqangi zo'r sehrgar ekanligini! U Tverbakken ko'chasidagi eski uyning boloxo-nasida yashaydi.

Uning Lisay tog'ida emas, aynan Tverbakken ko'chasida yashashi Sizni ajablantirishi mumkin. Biroq buning ajablanadigan joyi yo'q. O'zini hurmat qiladigan sehrgarlar endi juda oddiy ko'chalarda yashashadi. Shunaqalardan birini taniyman. U kiborlardan — bir o'ziga butun boshli dala hovli. Munsen xonimdan birozgina chiroyli bo'lsa-da, qalbida zig'ircha mehr yo'q.

Yun uchratgan kuni Munsen xonim o'sha jodugarnikidan qaytayotgan edi. Mezbon Amerikadagi xolasi pochta orqali yuborgan oltita sehrli bo'rning birini do'stlik hurmati uchun Munsen xonimga sovg'a qilgandi. Sehrli bo'r ko'rinishidan boshqa bo'rlardan farq qilmas: uvalanadigan, qo'lni bulg'aydigan oddiy maktab bo'riga o'xshasa-da, biroz boshqacha — uning bu tomoni emas, aksincha, u tomoni o'tkir. Bir qarashda, bu farq darrov ko'zga tashlanmaydi.

Munsen xonim tikish va bichishni unchalik xush ko'rmas, shuning uchun cho'ntagi doim teshik. Ayniqsa, paltosining cho'ntagi. Ammo bu unchalik qo'rqinchli emas: biror narsani cho'ntagiga solsa, o'sha narsa astarga tushar, so'ng u yerdan kerakli narsani xohlagan paytda olsa bo'lardi.

Bir kuni Munsen xonim teshik cho'ntakni yamash uchun sandiqdan eski paltosini oldi. So'kilgan astardan to'rt krona pul, to'rt-beshta mayda chaqa, bir juft boshmaldoqli qo'lqop, g'altakli qora ip, ikki bo'lak qand hamda bir nechta sichqonchalar chiqdi. Xonim bu yerga sichqonchalar qayerdan kelib qolganligini hech tushunolmadi. Uning cho'ntakka sichqon solib yurish odati yo'q edi. Ehtimol, sichqonchalarning o'zi bir balo qilib cho'ntakka kirib olgandir.

Yun ko'rib qolgan kuni Munsen xonim paltosiz, yo'l-yo'l chiziqli koftada sayr qilib yurar, Yun topib olgan bo'r esa ana shu koftaning cho'ntagidan tushib qolgan edi.

YUN VA SOFUS

Yun topilmani oddiy, muallima doskaga yozadigan bo'r degan xulosaga keldi. Shuning uchun uni kaftiga qisib, to chizish uchun o'ng'ay joy uchramaguncha yurib ketaverdi.

Oxiri ko'k rangga bo'yalgan devorning oldiga kelib to'xtadi va devorga bo'r bilan bolakay rasmini chizdi. Chizgani unchalik o'xshamadi, chunki Yun chizishni hali yaxshi bilmasdi. Bolakay rasmi g'alati chiqdi.

 G'alatiligi shundaki, Yun chizishni tugatgan zahoti bolakayga jon kirdi va devordan yerga sakrab tushib, dedi:

— Salom! Mening ismim Sofus. «Ikkalamiz bir bo'lsak, zerikmaymiz», deb o'yladi Yun va bola­kayga do'st bo'lishni taklif qilarkan, yana nimadir chizishga yordam berishini so'radi. Sofus rozi bo'ldi.

Yun quyonning boshini chizar-chizmay Sofus unga hoziroq bas qilishini so'radi. Ma'lum bo'lishicha, u quyonlarni yoqtirmaskan.

—   Men judayam jasurman, — dedi Sofus, — lekin nimagadir quyonlardan ozgina qo'rqaman.

Yun yarmi tayyor bo'lgan quyon rasmini tezda o'chirdi. Chunki, Sofusning qo'rqishini istamasdi.

—  Bilasanmi, yaxshisi kattakon eshikni chizgin! — dedi Sofus.

Yun eshik rasmini chizgan edi, u darrov ochiladigan bo'ldi.

Eshikning u tomonida maysalar qiyg'os o'sib yotar, daraxt va butalarda esa bo'liq mevalar hil-hil. Jilg'a shaldirab oqmoqda, baliqlar g'ujg'on o'ynashmoqda, atrof rang-barang yorqin gullarga burkangan.


Orqaga qaytish