Bilasizmi?

5387 marta o'qildi
Burjlar nima?

Yulduzlarni kuzatayotganda, ular tanish harflar, uchburchaklar, kvadratlar hosil qilishiga e'tibor bergan bo’lsangiz kerak. Odamlar qadim zamonlardan beri dunyoning turli burchaklarida shunday yulduzlar turkumini turli nomlar bilan atab kelishgan. «Burj»  arab  tilidan tarjima qilganda «yulduzlar turkumi» degan ma'noni anglatadi.

Yulduzlarni kuzatayotganda, ular tanish harflar, uchburchaklar, kvadratlar hosil qilishiga e'tibor bergan bo’lsangiz kerak. Odamlar qadim zamonlardan beri dunyoning turli burchaklarida shunday yulduzlar turkumini turli nomlar bilan atab kelishgan. «Burj»  arab  tilidan tarjima qilganda «yulduzlar turkumi» degan ma'noni anglatadi.

Burjlarning nomlari bizga qadimgi rimliklardan yetib kelgan, ular esa bu nomlarni yunonlardan olishgan. Yunonlarga esa yulduzlar to’g’risidagi ma'lumotlarning bir qismi bobilliklardan o’tgan.

Bobilliklar yulduzlar turkumini hayvonlar, qirollar, qirolichalar va rivoyatlar qahramonlari oti bilan atashgan. Keyinchalik qadimgi yunonlar Bobilda qaror topgan nomlarni Gerkules, Orion, Persey kabi o’z qahramonlari nomi bilan o’zgartirishgan. Bunga qadimgi rimliklar ham o’z hissasini qo’shishgan. Ayni paytda biz ham o’sha kuhna nomlarni ishlatamiz, lekin bu nomlar anglatgan timsollarni har doim ham osonlikcha tasavvur qila olmaymiz. Masalan, Burgut, Kichik va Katta Ayiq hamda Mezon burjlari uz nomlariga unchalik mos kelmaydi.

Mashhur munajjim Ptolemey, taxminan, melodiy 150 yili o’ziga ma'lum bo’lgan 48 ta burjning ro’yxatini tuzgan. Bu ro’yxatga yulduzli osmondagi burjlarning barchasi ham kirmagan, ko’pchilik burjlar tushib qolgan. Shuning uchun ham olimlar keyinchalik Ptolemey tuzgan ro’yxatga qo’shimchalar kiritib, uni kengaytirishgan. Keyinchalik kashf etilgan burjlarga ilmiy asboblar nomi berilgan: Sekstant, Kompas, Mikroskop singari. Bugungi kunda fanga 88 ta burj ma'lum.

Burj osmonning ma'lum bir qismini egallaydi. Buning ma'nosi shuki, har bir yulduz, Amerika Qo’shma Shtatlaridagi ma'lum bir shtatda joylashgan shahar kabi, muayyan burjda qo’nim topgan. Bir vaqtlar burjlar chegarasi doimiy bo’lmagan va siniq holda bo’lgan. Munajjimlar 1928 yili burjlar chegarasi to’g’ri chiziqdan iborat bo’lishi uchun ularni to’g’rilashga qaror qilishdi.

                     

BURJLARNING NOMI QAYDAN PAYDO BO’LGAN?

Nima uchun ajdodlarimiz o’sha yulduzlar turkumini aynan Buzoq, Burgut, Qovg’a yoki Orion deb atashgan?  Burjlarning turli xalqlar tillaridagi nomlarini o’zaro taqqoslaydigan bo’lsak, savolga javob topish yanada murakkablashadi. Qizig’i shundaki, aynan bitta yulduzlar turkumini qadimgi ellinlar va Shimoliy Amerika hindulari mutlaqo bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda Ayiq deb nomlashgan.

Turli xalqlarning astronomiyaga oid bilimlarini o’rganib va o’zaro taqqoslab ko’rayotganda biz osmonga go’yo ularning ko’zi bilan qarayotganday bo’lamiz. Va asta-sekin ular qanday o’ylagani, dunyoni qanday tasavvur qilgani, qanday kun kechirgani, nimaga e'tiqod qilgani va nimani qadrlaganini tushuna boshlaymiz. Qadimgi Misr astronomiya vatani hisoblanadi. Qadimgi misrliklar Nilning suvi toshishini tong otar paytidagi eng yorqin yulduz — Siriusning chiqishi bilan bog’lashgan.  Osmon jismlari harakatini kuzatish astronomiya sohasidagi bilimlarga asos bo’ldi va kalendar tuzishga yordam berdi. Olimlarning taxminicha, ilk kalendar Qadimgi Misrda bundan 6000 yil muqaddam yaratilgan. Unda hisob-kitoblar hozirgiday haftalar bilan emas, un kunliklar bilan yuritilgan va yilning oxirida yana besh kun qo’shilgan. Misrliklar kalendar tuzayotib, burjlarni xudolar, hayvonlar, narsalar bilan tasvirlashgan, yulduzlar esa, bor-yo’g’i, «astronomik fon (orqa plan)» bo’lib xizmat qilgan.


Orqaga qaytish