Rivoyatlar

4524 marta o'qildi
Ibratli rivoyatlar

Anushervon bir kuni ov bahonasida aylanib yurar ekan, yong'oq ekayotgan keksa bir cholni ko'rib qolibdi.          — Hoy, otaxon, nima qilayapsiz? — degan ekan, chol:   — Yong'oq ekayapman, — deb javob beribdi. — Yong'oq kech hosilga kiradi. Shunday ekan, u qachon voyaga yetadi-yu, siz qachon uning mevasidan bahramand bo'lasiz?        

BIR  KUNDA UCH MARTA HOSIL BERGAN DARAXT

         Anushervon bir kuni ov bahonasida aylanib yurar ekan, yong'oq ekayotgan keksa bir cholni ko'rib qolibdi.

         — Hoy, otaxon, nima qilayapsiz? — degan ekan, chol:

         — Yong'oq ekayapman, — deb javob beribdi. — Yong'oq kech hosilga kiradi. Shunday ekan, u qachon voyaga yetadi-yu, siz qachon uning mevasidan bahramand bo'lasiz?

         —  Men bu daraxtlarni o'zim uchun emas, orqamda qolayotganlar uchun ekayapman. Chunki boshqalar ekkanini biz yeganimiz kabi, biz ekkan daraxtdan ham bosh­qalar bahramand bo'lishadi.

Cholning javobidan nihoyatda ta'sirlangan Anusher-von unga ming tanga in'om qilibdi.

         — Siz menga mehnatingning samarasini ko'rasanmi-yo'qmi degan edingiz, — debdi shunda qariya lutf qilib.

         —  Ko'rib turganingiz kabi, hech kimning daraxti menikichalik tez hosil bermagan.

Anushervon uning topqirligidan xursand boiib, yana ming tanga beribdi.

         —  Boshqalaming daraxti bir yilda bir marta hosil bersa, podshohi olamning nazari sharofati bilan mening daraxtim ikki marta hosil berdi, — debdi bunga javoban chol.

Cholning donoligiga qoyil qolgan Anushervon yana ming tanga ehson qilibdi.

 

AHMOQ DONONI QACHON MAQTAYDI?

 Aflotunga:  —  Falon kishi seni rosa maqtab, haqqingga duo qildi, — deyishsa, u xafa bo'lib debdi:

 — Men nima nojo'ya ish qilibmanki, u ahmoqqa ma'qul kelib, meni shunchalik maqtabdi. Biror ahmoqiik qilmay hech qachon ahmoqning maqtoviga sazovor bo'lmaysan kishi.

 

NAVOIYNING JAVOBI

         Navoiy o'zining eng yaqin shogirdlari qurshovida qan-daydir yig'indan qaytib kelayotgan ekan, Husayn Boyqaro saroyining g'alamis a'yonlaridan biriga ro'para kelibdi. Navoiy hamrohlaridan ajralib chiqib, unga ta'zim qilibdi. Shogirdlaridan biri ajablanib:

         —  Axir, bu odam sizning dushmaningiz ediku, hazratim? — deb so'rabdi.

         — To'g'ri, biroq mana shunday dushmanlarim bo'lmaganida edi, men sizlardek do stlarni topolmagan bo'lardim, — debdi dono ustoz.

 

QARIYA BILAN YIGIT

         Bir qariya hassaga suyanib borar edi. Yosh yigit uni masxara qilib dedi:

         — Bu yoyni qanchaga oldingiz? Joyini ayting, men ham olay.

         Qariya javobqildi:

         — Agar umr vafo qilib, keksalik nasib etsa, bu yoyni senga tckinga beradilar.

 

DO'STLARDAN AZIZ DUSHMAN

         Luqmoni hakimdan:

         — Barcha do'stlardan ham aziz dushman qaysi? — deb so'raganlarida, u:

         — Nafs, — deb javob bergan ekan.

 

ODOBNI ODOBSIZDAN O'RGANDIM

          Luqmoni hakimdan so'radilar:

         — Odobni kimdan o'rganding?

         — Odobsizdan, —javob qildi u.

         — lye, qanaqasiga? — hayron bo'lishdi.

         — Odobsizning qaysi ishi ko'zimga yomon ko'rindi, ulardan o'zimni saqladim.

 

TIL VA YURAK

         Luqmoni hakimni bir kishi sotib olib, dargohida xizmat qildirardi va undagi ilmu hikmatni gohi-gohida sinab ko'rardi. Bir kuni imtihon tarzida buyurdi:

         —  Ey Luqmon, menga bir qo'yni so'yib, cng yaxshi a'zosini olib kelgin.

         —  Bosh ustiga, — dedi Luqmon va qo'yni so'yib, tili bilan yuragini xojasiga eltdi.

         Ancha muddat o'tgandan key in xoja uni yana chaqirib, dedi:

         —  Ey Luqmon, bir qo'yni so'ygin-da, menga uning eng yomon a'zosini olib kelgin.

         Luqmon qo'yni so'yib, yana tili bilan yuragini ko'tarib keldi.

Xoja dedi:

         —  Nega qo'yning eng yaxshi a'zosini so'rasam ham, eng yomonini so'rasam ham til va yurakni ko'tarib kelding?

Luqmon dedi:

         —  Ey xoja, agar pok bo'lsa, hech narsa til va yurakdan yaxshi emas. Agar nopok bo'lsa, hech narsa ulardan yomonroq emas.


Orqaga qaytish