Bilasizmi?

5529 marta o'qildi
Boshqa sayyoralarda hayot bormi?

Biz to shu kungacha boshqa sayyoralarda u yoki bu shaklda hayot bor-yo’qligi to’g’risida aniq ma'lumotga ega emasmiz.Mutaxassislar kosmik tadqiqotlar o’tkazish orqali bu savolga javob izlashmoqda.Lekin shuni aniq bilamizki, hayot mavjud bo’lishi uchun ma'lum shart-sharoitlar talab etiladi.

Biz to shu kungacha boshqa sayyoralarda u yoki bu shaklda hayot bor-yo’qligi to’g’risida aniq ma'lumotga ega emasmiz.Mutaxassislar kosmik tadqiqotlar o’tkazish orqali bu savolga javob izlashmoqda.Lekin shuni aniq bilamizki, hayot mavjud bo’lishi uchun ma'lum shart-sharoitlar talab etiladi.

Buning uchun, avvalo, zarur temperatura kerak.Barcha tirik organizmlar faqat ma'lum, qulay temperatura mavjud bo’lgandagina yashay oladi.Jazirama issiq yoki qattiq sovuqda hayot paydo bo’lmaydi. Tiriklikning yana bir zarur sharti suvdir. Barcha tirik mavjudotlar uchun suv kerak.O’simliklarga yorug’lik bilan bir qatorda mineral moddalar ham zarur.Hayvonlarga ozuqa manbai talab etiladi.Ular o’zlari ozuqa topolmaydigan joylarda yashay olmaydi.

Yerdan boshqa hech bir sayyorada bunday zarur sharoitlarning barchasi mavjudmi?Boshqa sayyoralar to’g’risidagi bilimlarimizga tayanib, yo’q, deb javob berishimiz mumkin.Endi misollarga murojaat qilaylik.

Cho’lpon Yerga eng yaqin sayyoradir, uning o’lchamlari ham Yernikiga o’xshash.Uzoq vaqtlar bu ikki sayyora egizaklar deb atalgan.Shunga qaramasdan, Cho’lpon qalin oltingugurt kislotasi bulutlari bilan qoplangan.Uning atmosferasi bo’g’uvchi karbonat angidrid gazidan tarkib topgan.Atmosfera bosimi juda yuqori.Temperatura sayyora yuzasida Selsiy shkalasi bo’yicha 460 darajagacha yetadi.Bu hayot paydo bo’lishi uchun juda issiqlik qiladi.

Mirrix atmosferasi, asosan, karbonat angidriddan iborat.Shunga qaramasdan, uning yuzasidagi temperatura Selsiy shkalasi bo’yicha 29 darajadan yuqori ko’tarilmaydi.Ammo — 85 darajagacha tushib ketishi mumkin.Sayyoradagi ozgina miqdordagi suv ham doimo muz holida.

Demak, zikr etilgan sayyoralarning birortasida ham hayot uchun maqbul shart-sharoit yo’q. Yerga yaqin sayyoralarda hech bir shaklda  yo’qligi shu tarzda isbot qilingan.

 

NEGA OLIMLAR MARS(MIRRIX)DA HAYOT BO’LISHI MUMKIN, DEB TAXMIN QILISHADI?

 Olimlar Koinotdan hayot izlayotgani, turli tajribalar o’tkazayotgani sizga ma'lum.Tabiiyki, hayot izlaganda bepoyon kosmik fazodan ko’ra o’zimizning Quyosh sistemamizni tadqiqqilish osonroqdir.Olimlarning fikricha, qandaydir hayot shakli bo’lishi mumkin bo’lgan sayyora Mirrixdir.

Nega ular aynan Mirrixni tanlab olishdi?Bu sayyora Yer bilan egizak, deb hisoblanadi.Mirrix bilan Quyosh o’rtasidagi masofa Yer bilan Quyosh o’rtasidagi masofaga yaqin turadi. Uning diametri Yernikidan ikki marta kichik, Mirrix ikki yilda bir marta Quyosh atrofini aylanib chiqadi. Ammo Mirrixdagi kun davomiyligi Yernikiga to’g’ri keladi.

Munajjimlar Mirrixni kuzatayotib, u yerda hayot qandaydir shaklda bo’lishi mumkinligidan darak beruvchi ayrim narsalarga duch kelishdi.Birinchidan, Yerdagi singari Marsda ham yilning to’rt fasli bor. Uning yuzasida ham fasllar almashuvi barobarida o’zgarishlar ko’zga tashlanadi. Bahorda va yozda qoramtir joylar yanada qorayadi, ularning rangi ko’k-yashildan sariqqa aylanadi. Balkim, bu o’simliklardir?Munajjimlarning taxminicha, sayyora atmosferasi tarkibida mavjud oz miqdordagi suv bug’lari u yerda hayot vujudga kelib, rivojlanishi uchun sharoit tug’dirishi mumkin.Italyan munajjimi Jovanni Skiaparelli 1887 yili Mirrix yuzasida kanallarga o’xshash narsani kuzatganini ma'lum qildi. Olimlar: «Mirrixliklar qurg’oqchil mintaqalarga qutblardan suv olib kelish uchun kanallar qazigan bo’lishi mumkinmi?» deb savolni ko’ndalang qo’yishdi.

1976 yili Amerikaning ikkita «Viking» uchish apparati Mirrix yuzasiga qo’ndi.Sayyora tuprog’i kosmik apparatlar bortida mavjud asboblar yordamida hayot nishonasini topish maqsadida tadqiqqilindi, tadqiqot natijalari Yerga yuborildi.Ushbu tadqiqotlardan tuproqda mikroorganizmlar mavjud bo’lishi mumkinligi, ammo Mirrix tuprog’i Yernikiga mutlaqo o’xshamasligi ma'lum bo’ldi.Mabodo, Mirrixda hayot bo’lsa ham, u juda oddiy shakldadir.


Orqaga qaytish