Referatlar

5019 marta o'qildi
Shaxs tarbiyasi

Shaxs bo'lish uchun odam, albatta, tarbiyalanishi kerak . Ta'lim-tarbiyasiz, hayotdagi yaxshilik va yomonlikni bilmasdan, ularni farqlamasdan turib, odamning shaxs bo'lib shakllanishi mumkin emas .

Shaxs bo'lish uchun odam, albatta, tarbiyalanishi kerak . Ta'lim-tarbiyasiz, hayotdagi yaxshilik va yomonlikni bilmasdan, ularni farqlamasdan turib, odamning shaxs bo'lib shakllanishi mumkin emas . Ta'lim-tarbiya, yaxshi-yomonning farqiga boradigan darajaga yetishish esa uzoq vaqt talab qilishi, hatto, insonning umri oxiriga qadar davom etishi mumkin. Demak, har qanday odamni ham, bu dunyoda bosh ko'tarib yurgan hamma insonlarni ham shaxs deb atay olmaymiz. Bu nomga sazovor bo'lishning o'z talablari, mezon - o'lchovlari bor. Bu talab-mezonlar ichida ma'naviy-ma'rifiy mezonlar muhim o'rin egallaydi.

«Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch» kitobida o'qiymiz:

Har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim».

 Yurtboshimiz ota-onalar, ustoz va murabbiylarga «har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rish zarur»ligini uqtirmoqda. Butun ta'lim-tarbiya mana shu imkoniyatni ro'yobga chiqarishga,  jism-u jonimizda yashirinib yotgan shu qobiliyatni kashf qilib, uni takomillashtirishga qaratilmog'i lozim. Boshqacha aytganda, har bir inson tug'ilishidanoq tayyor shaxs bolmaydi. Erkin va mustaqil, chuqur va keng fikrlash, hamma narsa to'g'risida xolis mushohada yuritish, hayotda ongli turmush kechirish esa insonni komillik - mukammallikkaeltadi.

Dunyoda narsa va hodisalarning son-sanog'i yo'q. U to'g'risida har bir fan o'zining ilmiy qarashlarini ilgari suradi. Ilmning bo'lsa, chek-u chegarasi yo'q. Ya'ni, narsa va hodisalar mohiyatini o'rganish mangu davom etaveradi. O'z fikriga, shaxsiy qarashiga ega bo'lmagan,aytayotgan gapi yoki qilayotgan ishi uchun javob berish mas’uliyatini his qilmaydigan odam shaxs degan yuksak mavqega ko'tarila olmaydi. Ana shunday odamlar to'planib «olomon»ni, «to'da»ni hosil qiladi.

Har qanday mamlakat va uni ichdan buzmoqchi bo'lgan yovuz niyatli kuchlar aynan shu olomon to'dani hosil qilishni, uning vayronkor kuchidan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishni o'ylashadi. Ular kishilarni mustaqil, erkin fikrlashda chalg'itadigan o'zlarining buzg'unchi g'oyalarini, mafkuralarini tiqishtiri- shadi, o'z domiga tushgan yoshlarni, hatto, boshqacha o'ylamasligi o'ziga o'rgatilgan aqidalardan chetga chiqmaslikka qasam ham  ichirishadi.

Soxta «ommaviy madaniyat» targ'ibotchilarining niyati ham shunga o'xshash. Ular insonning hayvoniy his-tuyg ularini qo'zg'atuvchi tomoshalari kuchi va ta'siri bilan jamiyatda shaxslarni yo'q qilib, odamlarni hech narsa to'g'risida jiddiy o'ylamaydigan, nimani eshitsa yoki ko'rsa, shuni ortidan ko'r-ko'rona ergashib ketaveradigan olomonga aylantirishni istaydilar.

Har ikki harakat ham, oxir-oqibatda, xalq, millat ustidan o'z hukmronligini o'rnatish, uning taqdiriga egalik qilish, boyliklarini talash va yovuz niyatlarni ko'zlaydi.

Demak, har birimiz har qanday narsa va hodisa to'g'risida o'zimizning mustaqil fikrimizga ega bo'lishimiz, uni himoya qila olishimiz bizni ko'plab yomonliklardan asrab qoladi. Shundagina biz turli buzg'unchi fikrlar, g'oyalar ta'siriga tushib qolmaymiz, vayronkorlikka da'vat etuvchi kimsalar ortidan ergashmaymiz. O'zligimizni, milliyligimizni, kelajagimizni saqlab qolamiz.

Erkin va mustaqil, chuqur va keng fikrlash o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmaydi. Buning uchun odam ko'plab bilimlarni o'zlashtirishi aql-u idrokini boyitishi, ko'nikma va tajribalar orttirishi talab etiladi. Ezgu fazilatlar esa ko'cha-ko'yda emas, balki ma'rifat dargohlarida - ta'lim-tarbiya o'choqlarida o'zlashtiriladi.

Yurtboshimiz yana bir muhim qoidani ta'kidlaydi: “Ta'limni tarbiyadan tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi - bu sharqona qarash,sharqona hayot falsafasidir”.  Mazkur qarashga, chinakam hayot falsafasiga amal qilibgina jamiyatda komil insonni voyaga yetkazishi mumkin.

 Bizning xalqimiz ilmli, ko'p narsani biladigan kishilarni nihoyatda hurmat qiladi, qadrlaydi. Bunday kishilarga mahalla-ko'yda ham, mehnat jamoalarida ham, yor-u do'stlar orasida ham alohida e'tibor, diqqat qaratiladi. Lekin faqat bitta shart bilan: agar o'sha bilimli, ko'p narsani biladigan kishi, avvalo, insongarchilikni ham bilsa, olgan ta'limi tarbiyasiga mos kelsa, aytayotgan gapi bilan qilayotgan ishi o'rtasida tafovut, ziddiyat bo'lmasa. Eng muhimi - o'sha odam faqat olim bo'lishninggina emas, odam bo'lish ilmini ham mukammal egallagan, boshqalarga hurmat va e'zoz ko'rsatish tajribasini ham o'zlashtirgan bo'lsa.


Orqaga qaytish