Rassomlar

5461 marta o'qildi
Iskandar Ikromovo`zbekiston xalq rassomi

Rassom Iskandar Ikromovning ijodiy faoliyati kitob grafikasi san'ati bilan chambarchas bog‘liqdir. U 1904 yilda Toshksnt shahrida tug‘ilgan. Yoshlik yillarida rasm ishlashni ishtiyoq bilan o‘rgandi. 1923 yillarga kelib Iskandar Ikromovning grafika san'atiga bo‘lgan qiziqishi yanada ortdi.

Iskandar Ikromov—o`zbekiston xalq rassomi, grafika san'ati ustasi (1904—1972).

Rassom Iskandar Ikromovning ijodiy faoliyati kitob grafikasi san'ati bilan chambarchas bog‘liqdir. U 1904 yilda Toshksnt shahrida tug‘ilgan. Yoshlik yillarida rasm ishlashni ishtiyoq bilan o‘rgandi. 1923 yillarga kelib Iskandar Ikromovning grafika san'atiga bo‘lgan qiziqishi yanada ortdi. Uning rasmlari «Bolalar dunyosi» jurnalida, hajviy rasmlari esa «Mushtum» jurnalida chop etila boshlaydi. Rassom tasviriy san'at sirlarini chuqurroq o‘rganish uchun Sankt-Peterburgga borib o‘qiydi. U Sankt-Peterburgdan «kitob san'atining texnik rassomi» diplomi bilan    qaytadi.

Bunday mutaxassis kadr o‘z davrida respublikamizning davlat nashriyoti uchun juda zarur edi. Iskandar Ikromov O`zbekistonning birinchi poligrafchi rassomi sifatida tanila boshladi. Bu borada samarali ijod qilish bilan birga tasviriy san'atning grafika turiga doir qo‘llanmalar yaratdi. 1932 yilda rassomning «Rasmni o‘rganish», 1933 yilda «Kitob va jurnallar qanday nashr etiladi» albomi,  1935 yilda «Harflarni yozishni o‘rgan» kabi kitoblari chop etildi. Iskandar Ikromov pedagogikaga bog‘liq kitoblar yaratish bilai birga, kitob grafikasini yanada puxta o‘rganib, o‘zbek shoir va yozuvchilarining asarlariga ko‘plab rasmlar ishlaydi va kitob mazmunini ochib bera olgan holda mahorat bilan bezaydi. Ikkinchi jahon urushi yillarida hozirjavob harbiy plakatlar, front uchun chiqarilgan kitoblarning asosiy qismi bo‘lgan «Jangovar varaqalar»ni bezatish ham Iskandar Ikromov zimmasiga tushdi. Ayniqsa, o‘zbek adiblari, shoirlari kitoblarini o‘ziga xos milliy va an'anaviy bezaklar bilan boyitilishi ras-somni tez orada san'at va adabiyot vakillari o‘rtasida obro‘-e'tibor qozonishiga sabab bo‘ldi. Ana shuning uchun Iskandar Ikromovga 1944 yilda O`zbekiston xalq rassomi unvoni beriladi. 50-yillarga kelib ijodkor kitobga badiiy bezak berish borasida mashhur tasviriy san'at ustasi bo‘lib tanildi. Shu davrda nashr etilgan ko‘plab kitoblarni asosan Iskandar Ikromov bezagan. U yaratgan asarlar kitob, jurnal va gazetalarning chi-royiga chiroy qo‘shib, o‘quvchilarga manzur bo‘lib qoldi. U uzoq yillar davomida O`zbekiston rassomlar uyushmasiga rahbarlik qilgan.


Orqaga qaytish