Rassomlar

4491 marta o'qildi
Abdulhaq Abdullaev - O`zbekiston xalq rassomi

1918 yilda Turkistonda tavallud topgan. Portret san'ati   ustasi. Abdulhaq Abdullayev portretchi rassom sifatida tanilgan bo‘lib, uning asarlari chuqur ruhiy kayfiyat aks etishi bilan ajralib turadi. Bu borada ayniqsa, mashhur o‘zbek aktyori Abror Hidoyatovning Otello rolidagi nortreti (1946) e'tiborga molik.

1918 yilda Turkistonda tavallud topgan. Portret san'ati   ustasi.

Abdulhaq Abdullayev portretchi rassom sifatida tanilgan bo‘lib, uning asarlari chuqur ruhiy kayfiyat aks etishi bilan ajralib turadi. Bu borada ayniqsa, mashhur o‘zbek aktyori Abror Hidoyatovning Otello rolidagi nortreti (1946) e'tiborga molik.

Ma'lumki, o‘z davrida Abror Hidoyatov Otello roli orqali jahonga tanildi. Ana shu obrazni astoydil kuzatgan,  har  jihatdan  o‘rgangan  rassom uni o`ziga    xos tarzda tasvirlashga  muvaffaq bo‘ladi.  O`ta  ta'sirchan va to‘laqonli bu portret rassomning mahorat cho‘qqisidan dalolat beradi. Obrazda o‘tkir ko‘zlar, qandaydir kuch va ichki bir harakatlar bilan tasvirlangan bu portret bir qarashdayoq tomoshabin e'tiborini o‘ziga rom etishiga shak-shubha yo‘q. Asarda    umumiy qizg‘ish rang gammasi portretdagi obrazning ichki g‘oyasini ochib   berishga xizmat qiladi.    Umuman    Abdulhaq Abdullayev portret yaratishda obrazning ichki qiyofasini    ko‘rsata olishi bilan alohida ajralib turadi. 1949 yilda ishlangan yozuvchi Oybek portretini kuzatar ekanmiz, insonning psixologik olamining tasvirlanishiga yana bir bor tan beramiz. Rassom inson qiyofasini tasvirlashga qayta-qayta murojaat qilar ekan, har bir suratda o`zgacha bir olam, o‘zgacha bir yangiliklarni kashf etadi. U yaratgan asarlar qanday qilib bo‘lmasin    tomoshabin qalbini hayajonga soladi. Abdulhaq Abdullayev ko‘plab zamondoshlari va bir qancha avtoportretlarni   yaratish borasida ham bunday muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy obrazi ustida bu rassomchalik ko‘p mehnat qilgan san'at ustasini tasviriy san'at vakillari ichida topish amri mahol    bo‘lsa kerak. «Bir necha nusxada chizilgan Alisher Navoiy portreti o‘zining mo'tadilligi, sofligi va ruhiy dunyosining boyligi bilan ajralib turadi. Bunda    rassomga xos romantik tuyg‘u bilan tasvirlanmish shaxsning ruhiy   dunyosini chuqur  tushunish  qobiliyati  bir-biri bilan uyg‘unlashib ketadi»,— deb ta'riflaydilar Tilab Mahmudov. Rassom o‘z ustida tinimsiz ishlar ekan shogirdlariga ham haqiqiy ijodning natijasi tinimsiz mehnat, astoydil izlanishlar evaziga chiqishini amalda lsbotlab   kelmoqda.

Rassom «Nazarali Niyozov» (1949), «Onam portreti» (1952), «Indira Gandi» surati (1957), «Buvi bilan nabira” (1960), «Rassom Chingiz Ahmarov» kabi o‘nlab bebaho asarlar muallifidir. Muhimi, Abdulhaq Abdullayev yaratgan portretlar allaqachon O`zbekiston tasviriy san'atining noyob durdonalariga aylanib qolgan.

Yil sayin tasviriy san'at sohasiga bir qator yangi-yangi asarlar kirib kela boshladi. Bu borada mahalliy rassomlardan Rashid Temurov, Sapog‘ Muhammedov, Zokir Inog‘omov, Rahim Ahmedov, Mannon Saidov kabi ijodkorlarning faoliyati kengroq ko‘zga tashlana boshlaganini ko‘ramiz. Manzarada R. Temurov, Z. Inog‘omovlar  ijodiy  muvaffaqiyatlar qozondi.                R. Ahmedovning tematik kompozitsiyalari, natyurmort va bir qancha portretlari tomoshabinlar qalbiga yoqimli  kayfiyat ulashdi. Rahim Ahmedovning ijodidagi o‘ziga xoslik, izlanish—o‘zbek tasviriy san'atida alohida   bir   maktab bo`lib shakillanganligi ma`lumdir.


Orqaga qaytish