Rassomlar

4943 marta o'qildi
G'ofur Abdurahmonov

O`zbek rangtasvir san'atining iqtidorli vakillaridan biri, taniqli rassom Gofur Abdurahmonov ijodi takrorlanmas namunalarga ega. Gofur Abdurahmonov rangtasvir san'atnning kopgina janrlariga dadil murojaat qila olgan rassom sifatida ajralib turadi.

O`zbek rangtasvir san'atining iqtidorli vakillaridan biri, taniqli rassom Gofur Abdurahmonov ijodi takrorlanmas namunalarga ega. Gofur Abdurahmonov rangtasvir san'atnning kopgina janrlariga dadil murojaat qila olgan rassom sifatida ajralib turadi. Bu orinda ayniqsa tematik kompozitsiyalar, manzara, natyurmort, portret janrlarilagi faoliyatlarini ta'kidlash maqsadga muvofiqdir. U 1936 yili ishchi oilasida (otalari Muhammadjon aka paxta zavodida ishchi bo.tib ishlaganlar), Toshksnt vp.toyatidagi Toshkent (eski Kalinin) rayoni Kok terakqishlogida dunyoga keladn. Tasviriy san'atga bolgan ishtiyeqi juda erta uygongan bolib, dastlab maktabda, rasm oqituvchisi K. P. Chibisov qolida ta'lim ola boshlaydi.

Rasmga bolgan qiziqishiing mustahkamlanishida turli sabablar ta'sir otkazganini eslab rassom shunday deydi: Eski shahar bozorining bir chetida shiddat bilan matoga tasvir tushirayotgan bir rassomning jonli obrazlari koz oldimdan hali hamon ketmaidi. Obrazlar shunday jonli ediki, bozordagn harakat yaqqol sezilib turardi, ayniqsa qop kotarib ketayotgan hammol, bozorning orqasidagi machitda tashrif buyurayotgan chollar tasviri boyoqlarda oz aksini topgan edi. Bu tasvirlarni korib, rasm chizish naqadar zavqli ekanipi yana bir bor his qilgan bolsam kerak. Rassom yoshlik yillaridagi bupday xotiralardan koplab voqyealarni eslaydi. Xullas, rasmga bolgan qiziqish uni 14 yoshida P. P. Benkov nomidagi jumhuriyat badiiy bilim yurtiga oqishga yetakladi. Muvaffaqiyatli imtihonlardan song rassomlar H. Rahmonov, M. Nabiyev keninchalik yuqori kurslarda esa T. Oganesov, I. Qoziboyev kabilarning qollarida tasviriy san'at sirlarini organadi. Usha yillarda P. P. Benkov nomidagi jumhuriyat badiiy bilim yurtida rangtasvir sirlarpni ancha mukammal ozlashtirnb olishiga imkoniyatlar bolganini rassom quvonib eslaydi. Bilim yurtini tugatar ekan, Xirmonda nomli diplom ishini himoya qiladi.

Bilim yurtidagi talabalik yillarida qiziqishlar va intilishlar, eskiz, etyudlar ustida olib borilgan izlanishlar zoye ketmadi. Bilim yurtidan keyin u 1955 yili Toshkent shahridagi M. Uygur nomli san'at (osha paytdagi A. N. Ostrovskiy nomli Toshksit teatr va rassomchilik) institutiga oqishga kiradi. Oliy oquv yurtining dastlabki yillarida ustozlar e'tiboriga tusha boshladi. Birinchi kursda oqigandayoq ishlarning rang-barangligi, pishiqligi bilan ajralib turardi. Bu yer-da u R. Ahmedov, A. Kirvonos kabi rassomlar qolida ta'lim oldi. Gofur Abdurahmonov talabalikning 1-yozgi ta'til paytida 100 dan ortiq etyud ishlab, ustozlarining maqtoviga sazovor bolgan edi. 1960 yili institutni tugatishiga 1 yil qolganda diplom himoyasnga chiqadi. Shu yilinng ozidayoq ozi oqib ta'lim olgan P. P. Benkov nomli badiiy bilim yurtiga taklif qilinadi. Shunday qilib, talabalik yillaridayoq pedagoglik faoliyatini boshlab yuboradi. Institutni esa 1961 yili Shaxtyorlar nomli diplom himoyasi bilan tugatadi. Talabalik yillarini eslab Issiqkol, Angren, Olmaliq kabi joylarda onlab manzaralarni kuzatganligi va u joylarda koplab etyudlar ishlaganligi, ana shu vaqtlardayoq manzara janriga nisbatan qiziqishi shakllanganini ta'kidlaydi.

Ustozlar aytgan narsani bajarish eng sevimli ijod jarayoni edi. Yaxshi ishlarni korib, shunday ishlashni orzu qilardik, etyud, nabroskalar muhimligini bilar edik. Ustozlarimizning esa ishimizga fikr aytishini juda istar edik. Bu intilishlarimiz zoye ketmadi shekilli-deb ta'kidlaydi Gofur aka. 1961 yillardan boshlab mustaqil yaratilgan ijodiy kompoziyiyalari bilan korgazmalarda aktiv ishtirok etadi. U 1965 yilga kelib esa rassomlar uyushmasining a'zoligiga qabul qilinadi. Bir necha yillik ustozlik ijodiy izlanishlardan song ana shu rassomlar bilim yurtida direktor bolib ishlay boshlaydi. Bu esa rassomning nafaqat ijodiga, balki uning pedagogik faoliyatiga bernlgan yuksak baho edi.

Rassom uchun yanada mas'uliyatli davr boshlanadi. Tinimsiz ijod va rahbarlik faoliyatlarida qattiq mehnat talab qilinar edi. O`n yilga yaqin direktor, on tort yillik rassomchilik bilim yurtidagi pedagoglik davrida koplab navqiron yoshlarga murabbiylik qildi. Gofur aka direktorlik paytlarida bilim yurtida ta'-lim olgan talabalardan Shuhrat Abdurashidov, Baxodir Jalolov, Javlon Umarbekov, Alisher Mirzayev, Akmal Ikromjonov kabi onlab ozbek xalqining iqtidorli rassomlari yetishib chiqqanini alohida ta'kidlash kerak. Gofur akani qollarida ta'lim olgan, bugungi kunda tasviriy san'atni kopgina sohasida ijod qilayotgan shogirdlaridan B. Nazarov (kino rassomi), K. Karimov (naqqosh), Sh. Rashidov (san'atshunos) kabi rassom va haykaltaroshlarni misol keltirish mumkin.

Rassom yaratgan kompozitsiyalari keng qamrovligi va rang-barangligi bilan alohida ajralib turadi. Bu, ayniqsa, Toy, Galaba, Baxmallik qizlar, Qirq birinchi yildagi kuzatuv, Hosil bayrami kabi asarlarida ochiq korinadi.

Rassom Gofur Abdurahmonov ijodining ajralmas va oziga xos tomonlaridan yana biri natyurmort janri bolib, oz natyurmortlarida ona tabiat saxovatini ma-horat bilan tasvirlab beradi.

Qoshiq asarini tomosha qilar ekansiz tabiatning jozibali ohanglari bilan inson qalbidagi tuyg`ular hamohang jaranglayotganipi tinglaganday bolasiz. Bahor gullari toshalgan qirlar, unga mahliyo bolgan qizlarning nafis harakati, tog choqqilari, shuningdek, olisdagi bulutlarning bir-biri bilan uziviy bogliq boyoqlarda tasvirlanishi kishini oziga sehrlab qoyadi. Baxmalda tong nomli manzaras ila esa tabiatda yangilanayotgan holat rassom tomonidan ilgab olingan. Tasvirda erta tongdagi jonlanish, yer bagridagi barcha borliqning uygonayotganligi yaqqol sezilib turibdi. Bu asarlar tomoshabinda yaxshi kayfiyat uygotish bilan birga maroqli dam olishiga yordam beradi. Tabiatga bolgan muhabbatni uygotadi va estetik zavq baxsh etadi. Rassom ijodida manzara janriga bolgan qiziqish kurtaklarini uning dastlabki etyudlaridayoq korish mumkin. Gofur Abdurahmonov Fransiya, Polsha, Bolgariya kabi xorijiy mamlakatlarda ijodiy safarlarda bolib, bir qancha yutuqlar bilan qaytdi. Xorijda, Mustaqil Mamlakatlar Hamdostligining bir qancha shaharlarida bolib otgan korgazmalarda rassom asarlarini olqish va qiziqishlar bilan qabul qilishdi.

Hozirgi tasviriy san'at yangi yutuqlardan darak bermoqda. Rangtasvir san'ati borasidagi bunday yangilanishlarning shakllanishida, Gofur akaga oxshagan rassomlar ijodining ta'sir kuchi yaqqol seziladi. Gofur aka nafaqat rassom, tajribali pedagog sifatida bir qancha rassomlar, rassom oqituvchilarning ustozi hamdir.


Orqaga qaytish