Musiqa olami

5532 marta o'qildi
Yunus Rajabiy

Yunus Rajabiy deganda o‘zining butun salbati, ijdi, o‘zidan qldirgan ulkan musiqa mersi bilan, o‘zbek milliy musiqasiga bebax xissa qo‘shgan buyuk san'atkr ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Musiqiy madaniyatimizda uning alhida o‘rni bo‘lib, o‘z ijdiy va ilmiy ishlari natijasida akademik darajasiga ko‘tarilgan

Yunus Rajabiy deganda o‘zining butun salbati, ijdi, o‘zidan qldirgan ulkan musiqa mersi bilan, o‘zbek milliy musiqasiga bebax xissa qo‘shgan buyuk san'atkr ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Musiqiy madaniyatimizda uning alhida o‘rni bo‘lib, o‘z ijdiy va ilmiy ishlari natijasida akademik darajasiga ko‘tarilgan Xoji Abdulaziz Abdurasulov uning Samarqanddagi ijodiy faoliyatida muhim rol o‘ynadi va maqom yo‘llarini yangicha talqinda o‘zlashtira boshladi va o‘zi ham kuy, qo‘shiqlar yarata boshlaydi. Yunus Rajabiy 1927 yilda tashkil qilingan birinchi o‘zbek radiosi milliy cholg‘u ansamblining asoschisi va musiqa rahbari bo‘ldi. Uning tashabbusi bilan o‘zbek milliy cholg‘u asboblarini takomillashtirish ishlari boshlanadi va natijada o‘bek halq cholg‘u asboblari tovush sadolanishida, tashqi qiyofasida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘zbek radiosi qoshida halq milliy cholg‘u ansambli zaminida o‘zbek halq cholg‘uorkestri tuzildi. Bu dargohda 50 yil ijodiy mehnat qildi. Keyinchalik 1960 yilda esa hozirgacha o‘z foliyatini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan maqom ansamblini tuzdi va «Shashmaqom»ni mushkilot va nasr bo‘limlarini magnit lentasiga tushiradi. Bu maqom ansambli xozirgacha ustozning ijrochilik maktabi ruhida faoliyatini davom ettirmoqda.

      Ustoz Yunus Rajabiy ijodining solnomasiga nazar tashlasak, ijodiy faoliyati davomida «Farxod va Shirin», «Layli va Majnun», «Muqanna», «O‘g‘il uylantirish», «Qasos» singari 10 danortiq musiqali dramalar, «Koshki», «O‘lmasin», «Ne navo», «Qadax», «Paxta», «Farg‘onacha», «O‘yin bayoti», «Kuygay» singari 200 danortiq kuy va qo‘shiqlar yaratganligini guvohi bo‘lamiz. U kompozitor B.Brovtsin bilan xamkorlikda yaratilgan «YOlg‘iz va hammamiz» va «Farg‘onacha» simfonik asarlarining ham muallifidir. Uning hofizlik ijrochiligi ham halqimiz tomonidan juda qadrlangan va «Ushshoq», «Koshki», «Kuygay», «Bayot» ashulalarini betakror ijrochisidir. Ustoz Yunus Rajabiyning serqirra ijodiy faoliyati respublikamiz musiqa madaniyatining yangicha rux bilan shakllanishi va taraqqiyoti borasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ustoz o‘zidan yuzlab shogirdlarni qoldirdi. Tolibjon Sodiqov, Doni Zokirov, Dadaali Soatqulov, Nabijon Xasanov, Saidjon Kolonov, rif Qosimov, Faxriddin Sodiqov, Nazira Axmedova, Turg‘un Karimov, rtiqxo‘ja Imomxo‘jaev, Mahmud Yunusov, Turg‘un Alimatov, rifxoji Alimaxsumov, Siroj Aminov, Ishoq Kataev, Eson Lutfullaev singari mashhur hofiz va sozanda bastkorlar Yunus Rajabiy ijrochilik maktabining vakillaridir. Maqomdon xonandalar, halq cholg‘u va ashula ansambllari, musiqali drama teatrlari uning ajoyib dilraboqo‘shiq va kuylarini ijroetmoqdalar, asarlarni sahnalashtirmoqdlar. Uning asarlari efirda, zangori ekranlarda yangramoqda. Yunus Rajabiyoilaviy sulolasi o‘zbek san'atining rivojiga muhim xissa qo‘shmoqdalar.

      Ustoz Yunus Rajabiy bir qancha davlat mukofotlari, «O‘zbekiston halq artisti» faxriy unvoni, vafotidan so‘ng 2000 yilda «Buyuk xizmatchilar uchun»ordeni bilan mukofotlandi. 1966 yilda O‘zbekiston fanlar akademiyasiga a'zoqilib saylangan. Akademik ilmiy unvonga ega. 1976 yil 23 aprel kuni 79 yoshida vafot etgan. Uning xotirasi abadiylashtirilib, Toshkent shaxridagi metrobekatlarining biriga, o‘zi yashagan ko‘chaga, respublika radiosi maqom ansambliga, Jizzax viloyat teatriga uning nomi berilgan. Yunus Rajabiy uy muzeyi ishlab turibdi. U erda xar hil madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.


Orqaga qaytish