Musiqa va san`at

5352 marta o'qildi
Bezak san'ati va kulolchilik haqida

Amaliy-bezak san'at asarlari har doimo odamzotning bevosita-kundalik muhitining bir qismini tashkil etadi, uldrning estetik ta'siri nafaqat shaxsiy go‘zalligiga, qolaversa ulardan amaliy maqsadlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalariga ko‘ra nechog’li muvaffaqiyatli foydalanishga ham bog’liq bo‘ladi.

NIMANI AMALIY-BEZAK SAN'ATI DEB ATAYDILAR?

Bu, san'atning odamzotni qurshab turadigan turmush buyumlarini: mebellar, gazlamalar, qurol-yarog‘lar, idishlar, ya'ni o‘z-o‘zicha chinakam san'at sohasi bo‘lolmaydigan buyumlarni bezash bilan bogliq bulgan sohasi.

Amaliy-bezak san'at asarlari har doimo odamzotning bevosita-kundalik muhitining bir qismini tashkil etadi, uldrning estetik ta'siri nafaqat shaxsiy go‘zalligiga, qolaversa ulardan amaliy maqsadlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalariga ko‘ra nechog’li muvaffaqiyatli foydalanishga ham bog’liq bo‘ladi.

Amaliy-bezak san'atining asosiy badiiy usuli - naqsh, shuningdek buyum tashqi bezalishining unsurlari, masalan, mebelning turli xil naqshlari yoki jonvorlar figuralari ko‘rinishidagi detallari.                       

XVIII   asrdan e'tiboran faqat tanishtiruv maqsadlariga xizmat qiluvchi buyumlarni tayyorlash bezaklash san'atining alohida sohasi sifatida ajralib chiqa boshlaydi. Bu, misol uchun, turli xildagi marosimbop buyum, tantanavor xonalarning ichki bezaklari, badiiy kashtachilik, zebu ziynatlar.

Aynan shunday buyumlarni yaratish bobida bezaklash san'ati gurkirab o‘sdi.

XIX asr oxirlari - XX asr boshlarida bezaklash san'ati namoyandalari odamzotning qoimmaqom yashash muhitini yaratishga intiluvchi dizayn san'atining tarkibiy qismlaridan biriga aylandi.

ILK KULOLCHILIK BUYUMLARI QACHON TAYYORLANGAN EDI?

Nam tuproq-soyga istalgan shaklni berish mumkin. Loy bir necha kundan so‘ng quriydi va metinga aylanadi. Agar loy quritilgan yoki kuydirilgan bo‘lsa, uning tuzilmasi o‘zgaradi. Kuydirilgan loydan tayyorlangan buyumlar sopol deb ataladi. Sopol bumlarni o‘z navbatida kulolchilik buyumlari deb atashadi!

Ilk kulolchilik buyumlari bundan taxminan 10 000 yil muqaddam yasalgan edi. Saqlanayotgan don savatlardagi teshiklar orqali nish chiqarmasligi uchun bu savatlarni ichidan loy bilan suvab qo‘yishardi. Ehtimol, kunlardan bir kun o‘shanaqa savatlardan biri olovga qulab tushadi. Qamishpoya kuyib ketgan va ilk kulolchilik buyumi tayyor bo‘lgan.

Kulolchilik buyumlarini uch turga ajratishgan - loydan yasalgan idishlar, sopol buyumlar va chinni buyumlar. Kulolchilik buyumlarining eng oddiy xili - loy idish - loydan tayyorlanadigan va kuydiriladi. U galvirak va bora-bora suv o‘tkaza boshlaydi

Baqt o‘tishi bilan odamlar ayrim toshlarni xuddi shishaga o‘xshatib eritish mumkinligini bilib olishdi. Toshlar talqon qilinib tuproqqa aralashtiriladi. Bunday tuproqdan yasalgan kulolchilik buyumlari keramika - toshsopol deb ataladi. Keramika buyumlari suv o‘tkazmaydi va ulardan olovda taom tayyorlash maqsadida foydalanish mumkin.

Tan sulolasi zamonida (618-906 y.y.) xitoyliklar kulolchilik buyumlarining boshqa bir xilini tayyorlashni boshlaydilar. Ular  talqon tosh bilan aralashtirilgan maxsus oq tuproqdan tayorlanar edi. Chinni deb ataluvchi bunday kulolchilik buyumlari pechlarda temirni eritish uchun yetarli bo‘lgan haroratda kuydiriladi. Chinni buyumlar nimshaffof (ular orqali yoruglikni ko‘rish mumkin) va mustahkam bo‘lgan.

Miloddan taxminan 3 000 yil avval kulol charxidan foydalanila boshlandi. Kulol loy zuvalasini charxning markaziga qo‘ygan. Charx aylanayotgan paytda u loyni barmoqlari bilan bosgancha unga kerakli shaklni bergan. Charxda tayyorlangan tuvaklar har doim dumaloq bo‘ladi.

Barcha qadimiy - Misr, Eron, Mesopotamiya (Mobaynulbahr) sivilizatsiyalarining vakillari bejirim va chiroyli kulolchilik buyumlari yasashgan. Misrliklar serbo‘yoq lojuvarddan foydalanishgan. Forslar miloddan 4 000 yil avval ham o‘z kulolchilik buyumlariga rasmlar solishgan. Qadimgi yunonlar va rimliklar ham katta sopol vazalar tayyorlashgan. Shunday bo‘lsada, juda qadimqadim zamonlardagi eng chiroyli kulolchilik buyumlarini xitoyliklar yasashga musharraf bo‘lishgandi.

 


Orqaga qaytish