Rassomlar

4719 marta o'qildi
Alisher Mirzayev

Alisher Mirzayev – O`zbekiston xalq rassomi, rang-tasvir ustasi. U 1948 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Zamonaviy rangtasvir san'atining ilg‘or vakillaridan biri. Serquyosh O`zbekiston tabiatini rangin olamini tasvirlashda bebaho yutuqlarni qo‘lga kiritib kelayotgan iste'dod egasidir.

Alisher Mirzayev – O`zbskiston xalq rassomi, rang-tasvir ustasi. U 1948 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Zamonaviy rangtasvir san'atining ilg‘or vakillaridan biri. Serquyosh O`zbekiston tabiatini rangin olamini tasvirlashda bebaho yutuqlarni qo‘lga kiritib kelayotgan iste'dod egasidir.

Rassom Alisher Mirzayev xalqimiz an'analariga, boy va sermazmun o‘tmish tasviriy san'at merosiga hurmat bilan qaraydi. Rassom o‘z xalqiga xos psixologik kechinmalarini chuqur tahlil qila oladi. Shuning uchun ham kartinalarida fikr tiniqligi bo‘yoqlar majmuasi bilan   uyg`unlashgan. Eng muhimi, rassom o‘z ijodiy izlanishlarida buyuk bir parvozlarga astoydil harakat qilayotgani e'tiborga molikdir.

Alishsr Mirzayev kimgadir taqlid qilmaydi, o‘z izlanishlari uni chinakam san'at bag‘riga tortadi. Yetmishinchi yillarning ikkinchi yarmidayoq A. Mirzasv asarlari ixlosmandlar e'tiborini qozona boshlagan. Bu uning polotnolarga tushirgan bo‘yoqlari xalqimiz ruhiyati va xarakteriga to‘la-to‘kis mosligi bilan izohlanadi. Rassom tinimsiz mehnat qilar ekan, har bir kungi harakatida chinakam ijodiy parvozlarga intiladi.

Alisher Mirzayevning yana bir ajoyib xususiyatlaridan biri - o‘z ijodiy yutuqlaridan qoniqmaydi, ijod namunalariga tanqidiy ko‘z bilan qaray oladi, ana shu tanqidiy nazarlar san'atkorni yangi ijodiy dovonlar sari yetaklaydi. Rassom asarlari bugungi kunda xalqimiz hurmatini qozonish bilan birga, ko‘pgina xorijiy davlatlarda ham ma'lum va mashhurdir. Bu borada, ayniqsa, Germaniya, Bolgariya, Ruminiya, Italiya, Fransiya kabi xorijiy davlatlarda qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlarini ta'kidlamoq kerak.

Rassom ona tabiat bag‘rida o‘zbekona an'analarni, to‘ylarni, beg‘ubor o‘zbek bolalarini, lobar qizlarni, mushtipar onalar kabi obrazlarni aks ettira olishiga muvaffaq bo‘ladi. Jumladan, «Toshksnt - tinchlik va do‘stlik shahri» triptixi, «Bolaxonada», «Intizorlik», «Yosh oila haqida qo‘shiq» va shular kabi o‘nlab asarlari moybo‘yoqlarda o‘z aksini topdi. Umuman rassom tabiat va jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarni e'tiborsiz qoldirmaydi. Rassom tasvirlarga shunday jon bag‘ishlaydiki, undagi go‘zallik sirlari odamlarni ezgulikka yetaklaydi. Tasviriy san'at qudrati, rassom ta'biri bilan aytganda, bezovta yuraklarni tinchlantiradi. Darhaqiqat Alisher Mirzayev ana shunday tuyg‘u va fikrlar bilan o‘z qalb qo‘rini matolarga jo qilmoqda. Bunday ma'rifat va go‘zallik tarqatish, chinakam kuchga ega bo‘lgan haqiqiy san'at asarini yaratish - bu rassomning asosiy shioridir.


Orqaga qaytish