O`zbek mumtoz adabiyoti

5346 marta o'qildi
Habibiy

Zamonamizning ko'zga ko'ringan shoirlaridan biri Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Habibiy yangi davrda mumtoz she'riyatimizning eng yaxshi an'analarini rivojlantirdi.

Habibiy

Zamonamizning ko'zga ko'ringan shoirlaridan biri Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Habibiy yangi davrda mumtoz she'riyatimizning eng yaxshi an'analarini rivojlantirdi. U o'z  g'azallari bilan xalqimizning umid va intilishlarini, ruhiy kamolotini ifodalab keldi. Habibiy 1890 yili Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi Qo'qon qishlog'ida kambag'al dehqon oilasida tug'ildi.

 

 

U eski maktabda, Andijon, Qo'qon madrasalarida ta'lim oldi. Navoiy, Fuzuliy, Muqimiy va Furqat razallarini mutolaa qildi, ularga ergashib she'rlar yozdi. Xususan Sharq adabiyoti an'analariga ergashdi. Sa'diyning sehrli, falsafiy she'riyati, buyuk Navoiyning hayotbaxsh ijodi, Fuzuliyning she'riy kalomi uni qo'llab-quvvatladi.

 

1919 yilda Habibiy Andijonning Bo'taqora qishlog'ida yashab, dehqonchilik bilan shug'ullandi. Yigirmanchi yillarda xalq qo'shiqlari uslubida ko'plab she'rlar yaratdi. Habibiy o'z zamonasi mavzulari, kolxoz tuzumi, kanallar qurilishi, cho'llarni o'zlashtirish, Farhod GESining bunyod etilishi va boshqa yirik o'zgarishlarni qalamga oldi.

 

Shoir ijodida ona Vatan va xalqimiz hayoti va kurashi, intilishlari haqidagi she'rlar yetakchi o'rinni ishg'ol etadi. U bir she'rida: Ey, hur Vatanim, toza tanu jon ila sevdim, Jon ila tanu pokiza vijdon ila sevdim, - deya Sobir Abdulla, Charxiy, Chustiy kabi adiblarga hamohang jo'r bo'ldi.

 

Shu g'oyauning «O'lkam», «Farhod qo'shigi», «Muborak yosh», «Inson aziz», «Ulug' burch», «Chevarlar», «Muddao bilan» kabi she'rlarida o'z maromiga yetkazildi. Ulug` Vatan urushi yillarida shoir qalamini nayzaga aylantirdi. Uning bu davrdagi g'azallari orasida «Jangchi yigit qo'shig'i», «Boladan ota-onaga xat», «Onadan bolaga xat» kabi g'azallari, ayniqsa, harakterli edi.

 

Shuningdek, Habibiyning «Kolxozchilar ashulasi» (1951), «Ko'ngil taronalari» (1957), «Tanlangan asarlar» (1967), «Devon» (1971) kabi she'riy to'plamlari ham xalq e'tiboriga sazovor bo'ldi. Habibiy 1974 yilda 85 yoshga to'lishi munosabati bilan O'zbekiston xalq shoiri unvonini olishga muvaffaq bo'ldi.

 Zokirjon Habibiy o'zbek she'riyatining g'azal va qo'shiqchilik bobida o'ziga xos maktab yaratib, aruz vaznidan muvaffaqiyatli foydalangan katta iste'dod sohibidir. Shir 1982 yili 92 yoshida vafot etdi.


Orqaga qaytish