Yangi o`zbek adabiyoti

4950 marta o'qildi
Peshonasiga televizor yopishgan bolaning sarguzashtlari

Bir qator jajji qissalardan iborat mazkur kitob aziz bolajonlarimiz uchun O'zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To'xtaboyevning navbatdagi tuhfasi. Qissa qahramonlarining har biri atrofimizdagi bolalar. Sevimli yozuvchimizning ushbu kitobi ham muhtaram o'quvchilarimizga manzur boladi, degan umiddamiz.

BIRINCHIBOB

 

SHOFYOR AMAKINING SUV SO'RAB KELGANI  VA SHU BAHONADA TANISHIB OLGANLARI

            Davronboy oltiga kirgan. Omonboy yana bir oydan so'ng to'rtga toladi. Bu ikki aka-uka toglar etagidagi «Qo'rg'oncha» deb atalmish olis qishloqchada, dov-daraxtlarga ko'milgan bir hovlida yashashardi. Ilgari bu yerlar sal-pal zerikarli edi, o`ynash uchun o'rtoq topilmasdi. O'rtoq axtarib qishloqning ichkarirog'iga boraylik, deyishsa, Mahmud olako'zning kuchugidan qo'rqishar edi... Endi bo'lsa, unchalik zerikarli emas, sal-pal qiziqarliroq bo'lib qoldi. Nega desangiz, yaqinda qishloqni qoq ikkiga bo lib, o'rtadan kattakon yol o'tdi. Uyda zerikib qolsang, shundoqqina ko'chaga chiqsang, tamom — g'izillab o'tayotgan mashinalami tamosha qilib, maza qilib o'tiraverasan.

         Omonboy bilan Davronboy bugun ham shunday qilishmoqchi edi — to'g'rirog'i, kunbotar tomonga o'tayotgan mashina qancha-yu, kunchiqar tomonga o'tayotgan mashina qancha, shuni bir hisoblab ko'rishmoqchi edi. Ammo...

         Oq tovuq bilan qora tovuq tuxum tuglsh uchun xuddi maslahatlashgandek bir vaqtda katakka kirib qolishsa boladimi! Siz, ehtimol, xo'sh, katakka kirgan bolsa nima bo'pti, o'zi tug'averadi-da, poylab o'tirish shartmi deb o*ylarsiz? To'g'ri, shart emas, o'zi tug'sa ham bolaveradi. Lekin masalaning bir muhim tomoni borki, buni unutmaslik kerak. Gap shundaki, oq tovuq Omonboyniki, uning tuxumi sal kattaroq bo'ladi. Qora tovuq Davronboyniki, uning tuxumi odatda sal kichikroq

bo'ladi. Davronboy buni hech tan olmaydi, hamisha tuxumning kattasini o'ziniki qilib oladi. Shuning uchun Omonboy ko'chaga chiqib, g'izillab otayotgan mashinani sanashdan voz kechdi:

         —  Men tovug'im tug'ayotganida tuxumini poylab o'tiraman! — dedi u katakning ro'parasiga kelib.

         —  Men ham poylab otiraman, — uning yonginasiga o'tirdi Davronboy ham, — bugun mening tovug'im sal kattaroq tug'ishi kerak.

         —  Hecham-da, sening tovug'ing hamisha kichkina tug'adi.

         — Bugun katta tug'adi... Boshingga bir tushiraymi! — dedi akasi qolini musht qilib.

         — Betingni timdalab olaman! — deb ukasi ham sekin o'rnidan tura boshladi.

Aka-uka jo'ja-xo'rozdek tikkama-tikka bo'lib olishib ketishdi.

         Akasi qora tovuq bugun katta tuxum tug'ishi mumkinligini, ukasi esa qora tovuq hecham katta tuxum tug'a olmasligini isbotlamoqchi edi. Xuddi shu paytda to'satdan, ha-ha, to'satdan, ko'cha eshikni kimdir do'mbira qilib chala boshladi... Aka-uka bir-birlarining yoqasidan qolini olib, vahima ichida jim qolishdi.

         — O'g'ri! — rangi o'chib shivirladi Omonboy.

         —  Shpion bo'lsa-ya, — dedi Davronboy ham qo'rquv ichida.

Eshik yana taqilladi. — «Kim bor» — degan ovoz ham eshitildi ketidan.

Aka-uka bitta-bitta bosib, eshik yoniga borishdi. Tirqishidan asta mo'ralab qarashgan edi, xayriyat, o'g'ri ham emas, shpion ham emas, chelak ushlagan novcha bir amaki ekan.

         — Amaki, siz kimsiz? — deb so'radi o'zini bosib olgan Davronboy.

         — Shofyorman, — degan ovoz qaytdi eshik orqasidan.

         — Shofyor bolsangiz, nega mashinangizni haydamay, bizning eshik oldida turibsiz?

         — Mashina buzilib qoldi.

         — Nega buzilib qoladi?

         — Yuki og'irlik qilib baloni yorilib ketdi-da.

         — Yukni ozroq bossangiz bolmasmidi?

         — Menga qara, yaxshi bola, sen ham mening o'g'limga o'xshab savollarni yog'dirib tashlashga usta ekansan... Ozgina suv bergin.

         — Suv o'zingizgami yoki mashinagami?

         — Obbo... O'zimgayam, mashinamgayam...

To'g'ri, Davronboy deganlari chindan ham sersavol bola edi. Savol bermayman, desa ham bergisi kelaveradi. Hozir ham shunaqa boldi. Hech narsa haqida so'ramayman deb turuvdi, to'satdan: «Mashinangiz KRAZmi yoki samosvalmi?» — deganini o'zi ham bilmay qoldi.

— KRAZ, — degan javob qaytdi eshik orqasidan.

— KRAZ bolsa, unga suv bermayman.

— Nega endi bermas ekansan?

Bu amakining o'zi ham qiziq ekan-da, nega deb so'rab o'tiribdi-ya, axir hamma narsa ravshan-ku! Boldi-boldi bolganda, yuk tashuvchi mashinalar Omonvoyga, yengil mashinalar Davronboyga taqsimlangan. Yo'l yoqasiga chiqib, kimning mashinasi ko'p o'tishga oynashganda Omonboy yuk mashinalarini sanashga haqli.

Davronboy bu gaplarni tushuntirib beruvdi, novcha amaki shu oddiygina haqiqatni haligacha bilmaganiga afsuslanib:

— Shunaqami? — dedi qoshlarini kerib.

— Shunaqa! — deb qoldi Davronboy ham ta'kidlab. Novcha amaki eshikni ochib yuborishini so'rab, endi

Omonboyga murojaat qila boshladi. Omonboy o'ziga qarashli mashinaga va novcha shofyoriga suv darkor bo'lib qolganiga negadir xursand bolib ketdi.

Davronboy bo'lsa juda hushyor va ehtiyotkor bo'lganligi uchun yuk mashinasi to'xtagan-to'xtamaganligini tekshirib ko'rish maqsadida narvonga tirmashib tomga chiqa boshladi. Narvonning oxirgi pog'onasiga chiqar-chiqmas:

         — Voy-boy, mashinaning kattaligini qaranglar! — deb qichqirib yubordi.

Bu orada har qanday ishni ham juda tez bajarishga o'rgangan Omonboy allaqachon eshikning tambasini tushirib bolgan edi. Qoliga pachaqlangan bir chelak ushlab olgan, dadalariga o'xshash novcha, yelkalari keng, yalpoq yuzli, koziryogi ikki qarich keladigan chipor shapkasi sal qiyshaytirib olgan shofyor amaki Omonboy eshikni ochishi bilan:

— Barakalla, azamat, sen juda esli bola ekansan, — deb moy hidi kelib turgan kattakon kafti bilan Omonboyning boshini silab qoydi. Omonboy haqiqatan ham azamat va haqiqatan ham esli bola edi. Shuning uchun ham shosha-pisha:

— Amaki, men-chi kechasi yotayotganimda kindigimga yog' surtib yotaman! — deb axborot berdi yana.

— Mana buni chinakam qahramonlik desa boladi! — novcha amaki bu gal Omonboyning yelkasiga qoqib qoydi, — suvni qayerdan ichasizlar?

— Bog'da hovuz bor, — negadir hovliqib dedi Omonboy, — orqamdan yuravering... Undan keyin-chi, amaki, men ovqat yeyishdan oldin qo'limni yuvib kelaman.

—  Voy-boy, sen chindan ham ajoyib bola chiqib qolding-ku!

—  Undan keyin-chi, amaki men ovqat yeganimda labimni chapillatmayman.

— Ofarin!

—  Davron-chi, amaki juda yomon bola. Har kuni mening katta tuxumimni olib qoyadi.

— Shoshmay tursin, uni bir boplaymiz hali.

— Uni mashinaga chiqarmaymiz, bo'ptimi?

— Bo'pti.

—  Amaki, meni mashinaning kabinasiga o'tqizib qoyasiz, xo'pmi?

— Xo'p.

— Signalini chalib ko'rsam maylimi?

— Mayli.

         Amaki bilan Omonboy mana shunga o'xshash ba'zi bir muhim narsalar haqida o'zaro bitimga kelishib, bog' etagidagi kattakon hovuzdan chelakni toldirib suv olib chiqqunlaricha, hamma narsaga birinchi bo'lib ulguradigan, oyog'i chaqqon Davronboy allaqachon mashinaning oldiga yetib borgan edi. Bunday qarasa, mashina haddan tashqari katta orqasida pritsepi ham bor, ustiga katta odamlarning ham qulochi yetmaydigan trubadan ikkitasini yuklab qoyishgan ekan. Pritsepdagi ballonning dami chiqib ketib, ulkan trubalar bir tomonga sal oglb, hatto yiqilay-yiqilay deb turgan ekan. Davronboy ko'p mashinalarning ustiga chiqqan. Bir xillarining signallarini ham chalib ko'rgan edi-yu, lekin bunaqangi bahaybat mashinaga hech chiqmagan edi. Bir chiqib maza qilmoqchi boluvdi, hech ilojini topolmadi. Shuning uchun ham mashinaning atrofida gir aylanib yuraverdi. Bu orada Omonboy bilan novcha amaki kelib qolishdi. Novcha amaki dami chiqib ketgan ballonga qarab uzoq tikilib qoldi, bosh chayqadi, keyin chelakdagi suvni boyi barobar ko'tarib yana simirib icha boshladi.

—  Amaki, bu trubalarni qayoqqa olib boryapsiz? — deb so'radi Davronboy.

— Juda uzoqqa, — o`yga tolib dedi novcha amaki.

— Ko'prikning ustiga qoyasizlarmi?

Mana shu savoldan keyin bir tomonda Davronboy bilan Omonboy, bir tomonda uh tortib ketma-ket sigaret tutatayotgan novcha amaki o'rtalarida ajoyib bir suhbat boshlanib ketdi... Ma'lum bo'lishicha, bu bahaybat trubalarni ko'prikning tagiga yotqizish uchun emas, balki bir-biriga ulab yer ostiga ko'mib, gaz olib kelish uchun ishlatishar ekan. Gaz degan narsa bamisoli lampa moyiga oxshab lovillab yonar ekan. Uning olovi shunaqangi otkir bolar ekanki, ko'z ochib yumguncha qozondagi sho'rvani biqirlatib qaynatib yuborar ekan, pechkalarini ham, tandirlarni ham qizdirib yuboraverar ekan.

Shundan keyin do'stona va samimiy suhbat davomida yana shu narsa ham malum boldiki, bu qishloqning bolalari o'taketgan sho'x bolalar ekan. Ayniqsa, hu ro'paradagi mo'risidan buralib-buralib tutun chiqih turgan hovlida yashaydigan Mahmud olako'z degan bole hammasidan ham qizig'i ekan. O'tgan yili Omonboy bilar Davronboylarning shaftolisini ayni pishganida, bitta qo'ymay tagiga to"kib ketibdi, katakdagi tuxumlardan ham hech kimga bildirmay, tez-tez olib turarkan. Xullas mana shu boladan juda ehtiyot bolish kerak ekan...

Kitobni to'liq holda kitob do'konladidan xarid qilishingiz mumkin


Orqaga qaytish