Musiqa va san`at

4719 marta o'qildi
San`atning paydo bo`lishi

San'atshunoslik alohida fan sifatida XVI—XIX asrlar mobaynida shakllandi. San'atga doir ma'lumotlar dastlab Yunonistonda qadimdan o'rganila boshlangani ma'lum. Aristotel, Platon kabi o'sha davrning yirik faylasuflari Yunonistonda san'at tarixi bilan ham shug'ullanganligi to'g'risida ma'lumotlar saqlangan.

San'atshunoslik alohida fan sifatida XVI—XIX asrlar mobaynida shakllandi. San'atga doir ma'lumotlar dastlab Yunonistonda qadimdan o'rganila boshlangani ma'lum. Aristotel, Platon kabi o'sha davrning yirik faylasuflari Yunonistonda san'at tarixi bilan ham shug'ullanganligi to'g'risida ma'lumotlar saqlangan. Qadimgi Rimda yunon san'atiga katta e'tibor bilan qaralgan. Milodiy dastlabki asrlarda O'rta Osiyo mamlakatlarida me'morchilik va san'atga oid risolalar yaratilgan. Ular mazmuni jihatdan hammabop bo'lib, ham metodik qo'llanma, ham o'qish kitobi sifatida xizmat qilar, kitobxon e'tiboriga tarix, hikoyat, nasihat va mushohadalar havola qilinardi. O'rta asrlarda Yevropada san'at ilohiyot (teologiya)ning bir qismi bo'lib qoldi. O'rta asr san'atshunoslari san'atni narigi dunyoning bu dunyodagi moddiy obrazi deb baholadilar. Uygonish davri san'at rivojida muhim davr bo'lib tarixga kirdi. XIV—XVI asrlarda insonparvarlik va realizm g'oyalari bilan bir qatorda, san'atni cherkov ta'siridan ajratishga intilish kuchaydi va uni ilmiy tavsflash yo'lida muhim qadam qo'yildi. Bu davrda yaratilgan ko'p risolalarda rassom, haykaltaroshlarga asosiy yo'l-yo'riqlar ko'rsatildi, umuman, san'at, uning nazariyasi va tarixi bo'yicha qimmatli asarlar vujudga keldi. Leonardo da Vinchi kabi rassom va me'morlar rassomlik, uning ilmiy asoslari va imkoniyatlari, tasviriy san'atda inson ma'naviy hayotining aks ettirilishi kabi muhim ahamiyatga ega bo'lgan fikrlarni bayon etdilar. XVI asrda Olmoniyada A. Dyurerning proporsiyalar haqidagi ilmiy fikrlari, Venetsiyada P.Aretinoning borliqni to'g'ri aks ettirish bo'yicha rassomlar oldiga qo'ygan talablari san'atga muhim hissa bo'lib qo'shildi. XVII asrda risola, qo'llanma, Yevropa san'atiga bag'ishlangan sharhlar, Italiyaga doir yo'l ko'rsatkichlar, rassom- larning hayoti va ijodiy faoliyati, badiiy hayot tarziga oid ada- biyotlar yaratildi. San'atning XVIII asrdan boshlab mustaqil fan sifatida shakllanishi shu asr oxiridagi fransuz burjua revolyutsiyasini tayyorlash va uni amalga oshirish davrida eski tartiblar hamda feodalizmga qarshi g'oyalarning kurashi bilan bog'liq bo'ldi. Ijtimoiy-tanqidiy tafakkur rivoji oqibatida tanqidiy etyud janri shakllandi, san'atda g'oyaviylik va realizm uchun kurash avj oldi. Olmoniyada G.E.Lessing realizm nazariyotchisi sifatida «tasviriy san'at» terminini fanga kiritdi.

XIX asrda san'atning ilmiy-tarixiy asoslari mustahkamlandi, san'at fan sifatida shakllanib takomiliga yetdi, o'z uslubiyotiga ega bo'ldi. Fransiyada Stendal, G.Kurbe, Olmoniyada I.Gyote va H.Heynening asarlari, san'atshunoslik fanida katta rol o'ynadi, arxeologik tadqiqotlar ko'lami kengaydi, badiiy muzeylar ochildi.

Bu davrda, ayniqsa, buyuk fransuz revolutsiyasi g'oyalari, I.Kant, A.Shopengauer, G.F.Hegel estetik qarashlari, Rossiyada esa V.V.Stasov, I.N.Kramskoy, I.Ye.Repin va boshqalarning san'atning hayotiy bo'lishi va ijod erkinligi xususidagi qimmatli fikrlari, V.G.Belinskiy, A.I.Gersen g'oyalari san'atning realistik yo'nalishi rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Shuningdek, bu davrda san'at din bilan ham mustahkam aloqada rivojlandi. Jahon san'ati durdonalari — buyuk arxitektura inshootlari, Vergiliy, Dante, Milton, Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelanjelo tasvirlari, I.S. Bax, I.Gaydn, V.A. Motsart musi- qalari, Sharqda esa F.Attor, J. Rumiy, A. Jomiy, A. Navoiy asarlari diniy manbalardan ilhom olib yaralgan edi.


Orqaga qaytish