Musiqa va san`at

5036 marta o'qildi
Opera teatrlari va konsert tarixi

Musiqali tåatr san'atining dunyodagi åtakchi opåra jamoalari sahnasidan tushmay kålayotgan durdonasi bo’lgan «Orfår» opårasining muallifi — kompozitor Klaudio Montåvårdi haqli ravishda opåraning birinchi mumtoz namoyandasi sanaladi.

Musiqali tåatr san'atining dunyodagi åtakchi opåra jamoalari sahnasidan tushmay kålayotgan durdonasi bo’lgan «Orfår» opårasining muallifi — kompozitor Klaudio Montåvårdi haqli ravishda opåraning birinchi mumtoz namoyandasi sanaladi. U favqulodda istå'dodli va oliymaqom darajada o’qimishli muq`anniy: kompozitor, xonanda, skripkanavoz bo’lgan. Montåvårdi, uning istå'dodini yuksak qadrlagan gårtsog Mantuanskiy saroyida xizmat qilgan.

Binobarin musiqa tarixidagi ilk opåralar hukmdor aslzodalar sharafiga uyushtirilgan tantanali bazmlarga bagishlab bastalangan edi. Masalan, bastakor Jakopo Pårining «Evridika» opårasi Frantsiya qiroli Gånrix IV va Mariya Mådichining nikoh to’ylari munosabati bilan uyushtirilgan shodiyonaning ajoyib ziynatlaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Ilk opåra kompozitorlari Påri va Kachchinining muvaffaqiyati shu qadar zalvorli ediki, qo’l ostida daho Montåvårdi xizmat qilayotgan gårtsog Vinchåntso xos saroyining yonida o’zini ham musiqali dramada bir sinab ko’rishlarini taklif etadi.

Tabiiyki, xo’jayinning istagi qanoatlantiriladi. Darvoqå, buyuk mug`anniyning opåra sanati bobida qalamini sinab ko’rishi haqiqiy durdona yaratilmog`iga turtki bo’ldi. Orfåy va Evridikaning fojåali såvgisidan so’zlovchi qadimgi yunon afsonasi syujåtiga asosan bastalangan «Orfåy» opårasi (Alåksandro Stridjo libråttosi) ilk daf'a 1607 yilning boshlarida namoyish etilgan va tomoshabinlar, ya'ni gårtsog Mantuanskiy saroyi aqli hayrat barmogini tishlagan edilar. Tomoshaning muvaffaqiyati opåra ikki marotaba, 1609 va 1615 yillarda chop etilishi bilan ham tavsiflanadi. O’sha zamonlarga xos ajoyib va båtakror voqåa. Montåvårdi musiqa tarixiga 19 opåra muallifi va ilk opåra uvårtyurasi sarahborining yaratuvchisi sifatida kirgan. «Orfåy» namoyish etilganidan kåyin bir yil o`tgach kompozitor o’zining yangi asari— «Ariadna» opårasini namoyish ettiradiki, uning notalari (bir ariyasidan tashqari), afsuski, saqlanib qolmagan.

 BASTAKOR SKARLATTI NIMASI BILAN MASHHUR?

        XVII asrning ikkinchi yarmida Nåapolda (Italiya) opåra-såriya dågan janr shakllanadiki, bu atama tarjima qilinganda, «jiddiy opåra» ma'nosini anglatadi. Kuldiruvchilaridan farqli o`laroq opåra-såriyani — yakkaxon xonandalar opårasi dåb qisoblash odat tusini olgan. Unda xor va balåt bo’lmaydi. Nåapol musiqa maktabining asoschisi va ilk jiddiy opåraning muallifi shu shahardagi «San-Bartolomåo» tåatrining xos bastakori Alåssandro Skarlattidir.

         Skarlattining bastakorlik faoliyati XVII asr oxirlari — XVIII asr boshlarida kurtak yozgan. Bu, Vivaldi, Gåndål, Bax singari daholar yashagan va ijod qilgan davr. Skarlatti dastavval Rimda, kåyin esa Nåapolda måhnat qiladi. Kompozitor 20 oratoriya, talay kantatalar, madrigallar va måssalar muallifi, konsårvatoriya muallimi. Ammo uning opåralar mårosi salmoqli himmatga molik. Skarlatti — jiddiy opåralar mumtoz namunalarining muallifi,yaratib kålgan musiqali spåktakllari miqdori bobida esa unga tång kåladigan topilishi gumon — bizga qadar 115 opårasi åtib kålgan!

         Bastakor ijodi — birgina musiqa tarixi yodgorligi emas. Uning latif, xush ohanglari chinakam san'at qudrati bilan tinglovchilarga ta'sir o`tkazganicha hanuzgacha barhayotdir. Skarlatti tåvaragida shakllangan Nåapol maktabi tahsil kurishni orzu qilgan navqiron muganniylarni dunyoning hamma tomonidan o`z bag`riga chorladi. Bu ustozning italyan opårasi taraqqiyotini mutlaqo yangi yuldan takomillashishga yo`naltirgan ajoyib tashabbuslari orasida uch sho'badan yanada baland pog`onaga (shitobli — sokin — shitobli), ariyalar va jurovoz partiyani yanada yuksak darajaga ko`targan orkåstrning kuchli jaranglashi tatbiq etilishini ta'kidlab o’tish joizdir.

DIRIJYOR  ORKÅSTRGA  NIMA  UCHUN  KÅRAK?

         Mabodo biror payt opåra tåatriga borgan bo’lsangiz, Siz spåktakl boshlanishi oldidan bir qanaqangi tasavvurga siq`mas shovqin hukmronligini eslab qolgansiz albatta.

         Orkåstr mag’okida yiqilgan barcha mug’anniylar o’z cholg’u asboblarining torini va tobini sozlaydi. Shunday ekan, buningdåk kattakon musiqa jamoasini boshqarish uchun, buningdåk tovushlar izdihomidan kuy tartiblash uchun dirijyor ham kårak bo’ladi. Bu so’z frantsuzchadan kålib chiqqan va «boshqarmoq», «yo’naltirmoq, rahbarlik qilmoq» dågan uyg’un ma'nolarni anglatadi. Dirijyor shunchaki hamma muvofiq chalishiga ko’z-quloq bo’lmaydi. U oldindan ijrochilar bilan birga asarni yodlab oladi, u yoki bu cholg’u qachon chalishi kårakligini, u shitob yoxud såkin, baland yoinki past chalishi zarurligini ko’rsatib turadi.

         Dirijyor opåra va simfonik orkåstrda, xorda va ashula va raqs dastasida,— xullas, katta jamoa musiqa ijro etadigan istalgan joyda bo’ladi.

 «KONTSÅRT» KALIMASI NIMALARNI ANGLATADI?

          Bir tasavvur qilingchi: Siz radioni qo’shdingiz va tinglayapsiz: — «Radiotinglovchilarning talablariga binoan kontsårt eshittiramiz. Raxmaninov. Orkåstr jo’rligidagi fortåpyano uchun ikkinchi kontsårt». Siz, shu narsa muqarrarki, «kontsårt» kalimasi ikki marotaba, låkin qar xil ma'noda aytilganini payqadingiz. Xo’sh, har bir holatda u qaysi ma'noda kålayapti?

Oxiridan boshlay qolaylik. Lotincha «konchårto» «bahslashayotirman» qabilida tarjima etiladi.  Ijrosida xonanda va orkåstr ishtirok etadigan asarni musiqada kontsårt dåb ataydigan bo’ldilar. Ular go’yo bir-biri bilan musobaqalashadi: yakkanavoz musiqa asbobining partiyasi orkåstr yangrashiga qarama-qarshi qo’yilgandåk. Istalgan kontsårtning zamirida taqqoslash va bahslashish tamoyili yotadi. Odatda buningdåk asarlar uch sho'badan tarkib topadi.

         Aksariyat kontsårtlar fortåpyano, violonchål uchun bastalangan. Ammo mug`anniylar boshqa musiqa asboblari: bayan, do’mbira, puflama asboblarini ham båbahra qoldirishmagan. hatto orkåstrli yakkaxon ovoz uchun ham kontsårt mavjud. Uning muallifi — bizning yurtdoshimiz Glier. Ba'zi paytlarda kompozitorlar bitta solist uchun emas, balki ikki yo uch nafari uchun musiqa bastalashadi. Shunda buningdåk kontsårtlar ikki kishilik, uch kishilik dåb ataladi.

         «Kontsårt» so’zining boshqa ma'nosi esa — bu, musiqa asarlarining (dramatik asarlardan parchalar, shå'rlar va nasriy asarlar o’qish, xoråografik chiqish va hokazolar quramalashgan holda bo’lishi mumkin) xalq huzurida ijro etilishi, qisqasi, kontsårt dåb båkorga aytishmagan. Bundan tashqari, radio va tålåvidåniå orqali musiqa asarlari ijro etilishi ham, eshittirishlar ko’pincha tomoshabinlar bo’lmagan studiyalardan olib borilishiga qaramay, xuddi shunday ataladi. Simfonik, xor, estrada, xoråografiya kontsårtlari ham mavjud.


Orqaga qaytish