Musiqa va san`at

5665 marta o'qildi
Ispaniya san'ati

XVI asrning 80 - yillaridan XVII asrning 80 - yillariga qadar bo‘lgan davrda ispan san'ati o‘zining eng gullagan "oltin" davrini boshidan kechirdi. Bu rivojlanish, ayniqsa, teatr  va  adabiyotda (Servantes, Lope de Vega), tasviriy san'atning dastgoh rangtasvirida yorqin namoyon bo‘ldi.

XVI asrning 80 - yillaridan XVII asrning 80 - yillariga qadar bo‘lgan davrda ispan san'ati o‘zining eng gullagan "oltin" davrini boshidan kechirdi. Bu rivojlanish, ayniqsa, teatr  va  adabiyotda (Servantes, Lope de Vega), tasviriy san'atning dastgoh rangtasvirida yorqin namoyon bo‘ldi. Me'morlik va haykaltaroshlik san'atida ham ayrim salmoqli asarlar paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, biroq bu san'at turlari yetakchi o‘ringa ko‘tarila olmadi.

         San'atning asosiy buyurtmachisi katolik cherkov va dvoryanlar edi. Bu uning mazmuni va mavzusini chegaralar edi. Diniy syujetlar asosiy o‘ringa chiqdi. Hayotiy mavzudagi san'at borasida esa portret san'ati yetakchilik qildi.

         Xusepe de Ribera (1591-1652). XVII asr birinchi yarmida ispan san'atida yorqin iz qoldirgan rassomlardan biri Ribera edi. U Ispaniyaning shu davrdagi realistik san'atining muhim madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan Valensiyada tug‘ilib, shu yerda rassomlik sirlarini o‘rgandi. Uning ijodkor bo‘lib yetishida Italiya bo‘ylab sayohati ham muhim rol o‘ynadi. Bu yerda Italiya ustalarining san'atini o‘rgandi. Unda Karavajoning asarlari chuqur taassurot qoldirdi. Ribera ijodida diniy mavzu yetakchi o‘rin tutadi. Mifologiya, portret janrida ijod qildi. Lekin rassom qaysi mavzu yoki janrda ijod etmasin, hodisalarni doim real, hayotiy talqin etadi. Portretlarda o‘z davri kishilari obrazlarini yaratadi. Ribero ham El' Greko singari avliyolar, darvesh va gadolarning tasvirini ishlaydi. Ularning obrazlari aniq ifoda etiladi. Rassom hikoyanavislikka ko‘proq e'tibor beradi, tasvirlanayotgan har bir obrazni aniq ko‘rsatishga harakat qiladi. U o‘zining   bir figurali kompozitsiyalarini, odatda, bevosita real borliqdan etyud holida ishlab, uni umumlashma obraz darajasiga ko‘tarishga intiladi. Asardagi yorug‘-soya qarama-qarshiligi rassom dastxatining to‘laqonli ko‘rinishini ta'minlaydi. Rang surtmalarining erkin va quyuq ishlatilishi uning asarlariga plastik kuch bag‘ishlaydi, obrazlardagi ulug‘vorlikni oshiradi. Bular Riberani Karavajoga yaqinlashtiradi. "Avliyo Varfolameyni qiynash" (1630) rassomning ilk asarlaridandir. Bu asar rassom ijodiga xos xalq vakillarini to‘laqonli ko‘rsatishi va ifodaning jo‘shqinligi bilan e'tiborni jalb etadi. Rassom sodir bo‘layotgan voqea fojiaviyligini aniq va ta'sirchan ifoda etadi. Tasvirlangan qiyofalardagi ekspressiya, rassom dastxatining harorati asar dinamikasini kuchaytiradi. Rassom odam gavdasini yuksak mahorat bilan tasvirlash orqali o‘zining yorug‘-soya imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish qobiliyatini namoyon qiladi. Uning bolalarga bag‘ishlangan asarlari ham o‘zining samimiyligi bilan ajralib turadi. "Cho‘loq bola" asari, ayniqsa, e'tiborlidir. Nogiron bolaga nisbatan chuqur samimiy-lik va hurmat bilan ishlangan bu asarda optimistik ruh mavjud. Rassom sho‘x hatto, biroz qitmir bola obrazini ishonarli talqin etadi. Rassomning ijodiy kamolotga erishgan yillarda yaratgan asarlarida ranglarning bir -biriga o‘tishi mayin, ularning koloriti yorqin. Yorug‘lantirishda tabiiylik kuchayib boradi. "Avliyo Onufriy" (1627), "Avliyo Inessa" (1641) kabi asarlari shu jihatdan e'tiborlidir. Rassom tasvirlanuvchining ichki kechinmalarini lirik ruhda tasvirlashga harakat qiladi. Uning kompozitsiyalaridagi kenglik havo bilan to‘la boshlaydi. Bu obrazni yanada ta'sirchan bo‘lishini ta'minlaydi.

         Franchesko Surbaran (1598-1664). XVII asr ispan realistik san'atining rivojlanishida Franchesko Surbaran ijodi alohida o‘rin tutadi. Sevilyada tug‘ilib o‘sgan Franchesko keyinchalik  o‘z  yurtining bosh rassomi unvoniga sazovor bo‘lgan. Uning ijodida XVII asr badiiy ideali o‘z ifodasini topgan. U ispan realistik san'atining rivojlanishiga samarali hissasini qo‘shgan. Surbaran diniy mavzularda ham suratlar chizgan va ularda o‘z davrining hayoti to‘g‘risida hikoya qilgan. Uning kompozitsiyalari sodda. Yaratgan obrazlari oddiy. Rassom kompozitsiyalar uchun o‘z zamondoshlarining qiyofasini tanlaydi. Naturadan rasmlar ishlab, tasvirlanuvchining ruhiy holatini, tasvirlanayetgan buyumlarning fakturasini aniq ko‘rsatishga harakat qiladi. Rassomning ijodiy metodi uning afsonaviy avliyo Boneventuri hayotiga bag‘ishlangan turkum asarlarida yorqin ko‘rinadi. Surbaran shu asarlar turkumini yaratish uchun o‘z davrining monastirlaridan birini tanlagan. U erdagi hayotni tasvirlagan. Rassom portret va natyurmortlarda ham yetuk asarlar yaratgan.

Diyego de Silva de Mariya Velaskes (1599-1660). G‘arbiy Evropaning yirik rassomi Sevil'yeda qashshoqlasha boshlagan dvoryan oilasida tug‘ilgan. Shu yerda Pacheko degan rassom qo‘lida dastlabki ma'lumot olgan. Pacheko romantizm vakili, Rafael tarafdori bo‘lgan. Velaskesning ilk asarlarida o‘qituvchisi ta'siri seziladi.   U qo‘proq realistik san'atda ijod qiladi. Uning   "Nonushta", "Suv sotuvchi" asarlari   juda ta'sirchan yaratilgai. Rassom   diniy mavzularda asarlar ishlay boshlagan ("Munajjimlar ta'zimi", 1619). 1623 yili Velaskes Madrid shahriga borgan. U yerda portretchilik bilan shug‘ullangan. yosh qirol Filip IV portreti unga katta shuhrat keltirgan. U   qirol saroyi rassomi bo‘lib tayinlangan. Portret   uiing ijodida yetuk o‘rin egallaydi. 1620 yilda uning ijodida erkinlik paydo Oo‘la boshlagan. "Vakx" yoki "Ichuvchilar" shunday asarlaridan biridir. 1629 yili Italiyaga sayohatga borgan. Titsian, Tin-toreto, Veroneze ijodi bilan yaqindan tanishgan. XVII asrdan boshlab, inson mehnati go‘zalligi san'atkorlarin diqqatini   torta boshlagan. San'atkorlar mehnat   mavzuida yirik asarlar yarata boshlagan. Yevropa san'atida D. Velaskes birinchi bo‘lib mehnat go‘zalligini shoirona, ko‘tarinki ruhda talqin etgan. Uning "Gilam to‘quvchilar"   deb nom-langan asari ana shulardan dastlabkisidir. Rassom oddiy kundalik mehnat timsolida insonlarning baxt haqidagi orzularini ko‘ra olgan. Kompozitsiyadagi obrazlarning mehnat qilishlari, ularning jismoniy baquvvat gavdalari ishonarli talqin etilgan, Xonani to‘ldirib turgan nur esa tinch osoyishta hayot go‘zalligini    ko‘rsatgan. Velaskes tarixiy voqyealarni aks zttiruvchi asarlarni yaratgan. Yevro-pada realistik tarixiy janr rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Uning "Breda shaxrining topshirilishi" asari shunday tarixiy voqeaga bag‘ishlangan. Unda Gollandiya qal'asining ispan qo‘shinlari tomonidan zabt etilishi tasvirlanadi. Rassom dramatik voqyeani gavdalantirgan. Ispan qo‘shinlarining qo‘mondoni Spinola mag‘lubiyatga uchragan Gollandiya qo‘shinlari qo‘mondoni tomonidan ramziy kalit-ni olayotgan payt tasvirlangan. Gollandiyaliklarning mag‘lubiyatini tan olishgani, ispanlar jasoratiga oliyjanoblik bilan javob berishga intilayotgani aniq gavdalantirilgan. Rassom har bir tasvirlanuvchining ruhiy holatini aniq ko‘rsatishga harakat qilgan. "Kalit topshirish" akti orqali olijanoblik ulug‘lanadi. 1630-40 yillarda Velaskes portret san'atida mashhur asarlar yaratdi. Ularda insonning boy ichki dunyosi yuksak mahorat bilan aks ettirilgan. "Innokentiy X portreti" jahon realistik san'atining nodir yodgorligi hisoblanadi. Unda tomoshabinga qarab turgan Rim papasi Innokentiy tasvirlangan. Portretda qattiqqo‘l va ayyor, shu bilan birga, dono va ziyrak shaxs qiyofasi ko‘rsatilgan. Velaskes buyuk san'atkordir. U o‘z asarlarida xalqparvar g‘oyalarni ilgari surgan, oddiy kishilarga bo‘lgan zo‘r muhabbatini shoirona talqin etgan. Velaskes oddiy kishilar hayotiga murojaat qilib, undagi go‘zallikni ko‘ra oldi. Shuning uchun ham bu asarlar bugungi kunda ham o‘z qiymatini yo‘qotmagan. Rassom o‘z qahramonlarini bo‘rttirmagan.ularni qanday bilsa shunday tasvirlagan. Bu ham uning portretlarining rang-barang bo‘lishiga xizmat qilgan. Velaskes valyor rangtasvirida asarlar yaratgan dastlabki rassomlardandir. Uning asarlariga iliq va sovuq ranglar o‘yini, nur va rang tovlanishlari alohida joziba baxsh etgan. O‘rinli topilgan rang surtmalari esa asar fakturasiga o‘ziga xoslik kiritgan. Uning rang va nur soxasidagi kashfiyoti keyinchalik Yevropa san'ati tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Bartolome Esteban Muril'o (1617-1682). XVII asr ispan san'atining so‘nggi vakili Muril'o diniy va hayotiy mavzularda    rasmlar ishlagan, portretlar chizgan.

U ispan realistik san'atiga xos an'analarni saqlashga harakat qilgan holda, mungli lirik asarlar yaratdi. Muril'o realizmi ko‘proq janrli kompozitsiyalarda ko‘rinadi. Lekin ular bir muncha mungli, g‘amgin ("Misr yo‘lidagi dam olish" 1665-70, "Bola ko‘targan Madonna" 1670). Rassom bolalarga atab ham kompozitsiya ishlagan. Ularda bolalarga xos samimiylik, sho‘xlik va beg‘uborlik ulug‘lanadi("Meva ko‘targan bola", 1645). Muril'o asarlarida hikoyanafislik mavjud. Ularda   hayotiy voqealar ta'sirchan    gavdalantiriladi.

 


Orqaga qaytish