Musiqa va san`at

5545 marta o'qildi
XVII - XVIII asrlarda frantsiya san'ati

XVII asrga kelib, monarxiya tuzumi mustahkamlandi. Viloyatlar markazga bo‘ysundirildi. Absolyutizm o‘zining mumtoz ko‘rinishini namoyon etdi. Bu mamlakatda burjua munosabatlarining rivojlanishi, uning iqtisodiy mustahkamlani-shini ta'minlab, Fransiyani Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga aylantirdi

XVII asrga kelib, monarxiya tuzumi mustahkamlandi. Viloyatlar markazga bo‘ysundirildi. Absolyutizm o‘zining mumtoz ko‘rinishini namoyon etdi. Bu mamlakatda burjua munosabatlarining rivojlanishi, uning iqtisodiy mustahkamlani-shini ta'minlab, Fransiyani Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga aylantirdi. Bu davr "buyuk asr" (Vol'ter) nomi bilan tarixga kirdi. Monarxiya dvoryan va burjua gu-ruhlariga tayangan holda, shakllanib kelayotgan burjua jamiyatining feodalizm bilan kurashishida kuchli qurol vazifasini o‘tadi. Milliy madaniyatda ko‘tarilish yuz berdi. Dekart, Gassend kabi ijodkorlar yetishib chiqdi. Karnel, Rasin, Molyer kabi yozuvchilar Fransiyani dunyoga tanitishdi. Musiqa, tasviriy san'at, me'morchilik borasidagi yutuqlar keyinchalik Yevropa san'ati rivojida muhim rol o‘ynadi. 1648 yili rassomlik va haykaltaroshlik qirol akademiyasi, 1671 yilda esa me'morchilik akademiyasining tashkil etilishi san'at ravnaqida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Klassitsizmning rasmiy badiiy-adabiy uslub sifatida e'tirof etilishi san'atning ravnaq topishida muhim rol o‘ynadi. Bu uslub rivojlanishiga Dekart falsafasi, Gassend qarashlari ta'sir etdi. XVII asr shahar va shahardan tashqarida qurilgan me'morlik majmualari, qirol va zodagonlarning qarorgoh va saroylari, burjua boylarining uylari klassitsizm uslubining rivojlanishida muhim omil bo‘ldi. Mashhur Luvr saroyining sharqiy tomoni ko‘rinishi, Versal saroybog‘ majmuasi, ko‘plab tantanavor arklar, ko‘priklar hamda jamoat binolari qurildi.

XVII asr birinchi yarmi san'ati uslub jihatdan ham rang barang. Unda bir tomondan Italiya renesansi va barokko ta'siri sezilsa, ikkinchi tomondan klassitsizm paydo bo‘la boshlagani bilinadi. qirolicha Mariya Medichi uchun qurilgan Lyuksemburg saroyi, ayniqsa, diqqatga loyiq. Mansar, Lui Levo, Jak Lemerse kabi me'morlar shu davr yo‘nalishlarini o‘z ijodida belgilab berdilar.

Odatda, XVII-asr fransuz san'ati ikki davrga ajratib o‘rganiladi. Bu Fransiyaning siyosiy ahvoli va rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Jumladan, XVII asrning birinchi yarmida hali absolyut monarxiya to‘la hukmronlikka erishmagan, keng omma jamiyatning siyosiy hayotida ishtirok etmagan edi. Bu san'at va madaniyatda turli oqim va yo‘nalishlarni keltirib chiqardi, turli mavzu va ishlash usullari bo‘lishini ta'minladi. Qirol saroyi bilan bog‘liq va rasmiy badiiy hayotda yetakchi o‘rinni egallagan san'atkorlar ijodida dekorativlilik va serhashamlik hamda jimjimadorlikka intilish kuchaydi. Voqyelikni birmuncha ideallashtirib ishlashga intilish ular ijodida barokko san'atining nafislashib borayotgan ko‘rinishini namoyon etdi. Bu jihatdan, avvalo, Simon Vue (1590-1649) ijodi muhim o‘rinni egallaydi. Saroy rasmiy san'atining yirik vakili va yo‘lboshchisi Vue yoshlik yillarda Italiyada yashab Karavajo ta'sirida bo‘ldi. Lekin keyinchalik uning ijodida Balonye maktabi ta'siri yetakchi o‘rinni egallab, kamolga erishgan davrdagi asarlarining xarakterli jihatiga aylandi. Rassom afsona va Bibliyaga murojaat qilib, ulardan olingan syujetlar asosida asarlar yaratdi ("Avliyo Yevotafiyani jazolash", "Gerakl Olimp xudolari orasida"). Vue asarlarini o‘ziga xos ta'sirchan qilib ishlashga intiladi. Shu maqsadda u obrazlarni ideallashtirishga, ishlatilgan buyum va shakllarning nafis va jimjimador bo‘lishiga, ranglarning serjilva bo‘lishiga g‘oyat e'tibor beradiki, bu uning yaratgan asarlari kompozitsiyasining ko‘p so‘zli, koloriti-ni esa g‘alati bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Lekin shunga qaramas-dan uning asarlari ko‘pchilik tomonidan zo‘r qiziqish bi-lan kutib olindi, saroy va umuman fransuz rassomlari tomonidan e'tirof etildi. Unga taklid kiluvchilar ko‘paydi. Shu tarzda, Vue ijodi ta'sirida fransuz san'atida barokko san'ati tamoyillari keng yoiildi.

Realistik san'at ravnoki bevosita fransuz jamoasining demokratik tabaqasi san'atkorlari ijodi bilan bog‘liqdir. Fransuz realistlari o‘z asarlarida xalqning kundalik tur-mushiga murojaat qildilar, alohida kishilarning xarak-terini ochishga intildilar. Bu rassomlarning ko‘pchiligi fransuz viloyatlaridan chiqqan va saroy aristokratik san'-atidan bir qadar uzoqda bo‘lishgan. Bu esa ular asarlariga o‘ziga xos qaytarilmas mazmun baxsh etib, fransuz realistik san'atining rang-barangligini belgilagan.

Jak Kallo (1592-1635) XVII-asr fransuz realistik san'atining birinchi yirik vakili, fafik va qalam suratlar ustasi, ofortchi Kallo edi. U Fransiyaning Nansi viloyatida tug‘ilgan , tasviriy san'at asoslarini boshqa ko‘pgina fransuz san'atkorlari singari Italiyada o‘rgangan. U dastlab Rimda yashagan. So‘nfa Florensiyada Toskan Gersogi saroyida rassom bo‘lib ishlagan. Uning asarlari mavzusi keng va rang- barang. Diniy mavzuda yaratgan asarlari salmoqli o‘rinni egallaydi. Lekin florensiyaliklar hayotiga bag‘ishlangan asarlari uning ijodining muhim jihatini belgilaydi. Florensiyada Kallo "Kaprichchi" (1617) deb nom-langan dastlabki fafik asarlari turkumini yaratgan. Bu turkumda u florensiyaliklar turmushiga bag‘ishlangan rang barang hayotiy lavhalarni tasvirlagan. Rassom o‘z obrazlarining esda qoladigan va ifodali bo‘lishiga harakat qilgan. "Tilamchilar", "Bukirlar" deb nomlangan asarlar turkumi hamda italyan komediyalari personajlarini aks ettiruvchi asarlari uning ijodining ilk namunasi sanaladi. Ular o‘zining hayotiyligi, detallarining jonliligi bilan ajralib turadi. ("Florensiyadagi yarmarka"). Kallo Italiyada 13 yil (1608-1621) yashab, ijodiy kamolatga erishgach, o‘z yurtiga qaytadi. Xalq hayotini aks ettiruvchi jiddiy va chu-qur mazmunli asarlar yaratadi. Oddiy kishilarning og‘ir turmushini o‘z asarlarida achinish bilan ifodalaydi. Kallo ijodining so‘nggi davrida yaratilgan asarlar ichida "Urushning katta va kichik talafotlari" (1630) asarlari turkumi ajralib turadi. Bu asarlarida rassom urush fojiasini va keltirgan talafotlarni yuksak mahorat bilan tasvirlaydi. Bu bilan u o‘zining real voqyelikka tanqidiy munosabatlarini namoyon qiladi. Urush xalqqa jabr-zulm ekanligini, harbiylarning talonchiligi va vahshiyligini qoralaydi (masalan, "Fermaga xujum"). Kallo ijodining so‘ngi davrida manzara janriga murojaat qiladi. U o‘z manzaralarida havoga va nurga to‘lgan bepoyon kengliklarni ustalik bilan tasvirlaydi. Havo perspektivasi imkoniyatlaridan unumli foydalanadi. Kalloning realistik manzaralari keyinchalik fransuz realistik manzara rassomligi rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ko‘pgina fransuz san'atkorlari italyan rassomlari, jumladan Karavajo va uning davomchilari ijodiga hurmat bilan qarab, ularning ishlash uslublarini o‘z ijodlariga tadbiq etdilar. Ular xoh di-niy, xoh hayotiy mavzuda bo‘lmasin, xalq obrazini to‘laqonli realistik yaratishga, hayot xodisalarini aniq tasvirlashga harakat qiddilar.

         Bunday rassomlar orasida Jorj de Latur (1595-1652) ijodi alohida ajralib turadi. U diniy va hayotiy mavzuda ko‘pgina asarlar yaratdi. Tungi oy nuri yoki sun'iy yorug‘lash-tirishni gavdalantirib, suratlar ishladi. U ishlagan har bir surati to‘laqonli, hajmli, salmoqli bo‘lib chiqishiga harakat qilgan va buning uchun nur imkoniyatlaridan juda o‘rinli foydalangan.

         XVII asr fransuz realistik san'atida aka-uka Lenenlar ijodi o‘ziga xos o‘rin tutadi. Uch aka- uka Lenenlar (Antuan 1588-1648, Lui 1595-1648, Mat'ye 1607-1677) hamkorlikda turli syujetlarda rasmlar ishladilar. Maishiy janr esa ular ijodida yetakchi o‘rinni egalladi. Lui Lenen fransuz san'atida dehqonlar hayotiga bag‘ishlangan janrni boshlab bergan rassom hisoblanadi. Uning asarlari o‘zining hayotiyligi, kom-pozitsiyasining soddaligi bilan ajralib turadi.

         XVII asr o‘rtalari va ikkinchi yarmidan boshlab fransuz san'atida klassitsizm asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Nikola Pussen (1594-1665) klassitsizmning yirik vakili sifatida uning butun imkoniyatlarini ro‘y - rost namoyon qildi. N.Pussen Fransiyaning shimoliy shaharchalaridan birida harbiy xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Tasviriy san'at asoslarini shu yerdagi rassomlardan o‘rgandi. 1610 yil boshlarida Pussen Italiya bo‘ylab sayohat qildi, Uyg‘onish davri san'ati namunalari bilan tanishdi. Ayniqsa, Rafael ijodi unda katta taassurot qoldirdi. Rassomning diniy voqyealarga ishlagan suratlarida barokko ta'siri seziladi ("Avliyo Erazmanini jazolash", "Butdan tushirish"). Aksincha uning mifologiya asosida ishlagan surat-larida Titsianga xos, rang his qilish va hayotni to‘laqonli anglash seziladi. Bu suratlar ko‘tarinki ruhda chizilgan. Yozuv uslubi ham erkin, koloriti iliq, nurga boy. Shu davrda yaratilgan mashhur asarlaridan biri "Uxlab yotgan Venera da rassom ijodiga xos xususiyatlar o‘z ifodasini topgan.1620 yil oxirlaridan boshlab, Pussen ijodida klassitsizmning o‘ziga xos tomonlari ko‘rina boshladi. Ishlagan asarlarida obrazlarni ideallashtirish va kompozitsiyani aql-idrok orqali tartibga keltirishga intilish seziladi (masalan, “Germanikning o‘limi" 1627, Go‘daklarni o‘ldirish", "Tankred va Erminiya" 1630). Tankrsd va Erminiya" asarida rassom Amazonka Erminiyaning o‘z raqibi-yaralangan ritsar' Tankredga nisbatan uyg‘ongan muhabbati tasvirlanadi.

         Asarda yaralangan Tankredni juda ehtiyotkorlik bilan ko‘tarayotgan Badrin(Tankredning do‘sti) va oq otidan tushib, o‘z qilichi bilan sochini kesib, yarador Tankredning yarasini bog‘lash uchun harakat qilayotgan Erminiya ko‘rsati-ladi. Asarda ikki qarama-qarshi obraz - bir tomondan, hayotdan ko‘z yumayotgan Tankred va ikkinchi tomondan, hayajonlanayotgan Erminiya xatti-harakatlari ta'sirchan ifoda qilingan. Tankred va uning do‘sti ustidagi temir niqob va hilpirayotgan Erminiya kiyimlari asarning dramatikligini oshiradi. Botib borayotgan quyoshning shafaq nurlari esa bo‘lib o‘tgan voqyealardagi qayg‘uni bildiradi. Pussen ijodiga xos muhim xususiyatlardan biri voqyelikni harakatda tasvirlashdir. Bu rassom harakatni "gavdaning tili" deb ta'riflaydi. Rassom gavda harakati, yuzda bo‘ladigan mimik o‘zgarishlar, imo - ishoradan shaxsning ichki dunyosini ta'riflashda foydalanadi.1630 yillarga kelib, Pussen ijodida hayot to‘g‘risidagi mungli falsafiy karash-lar namoyon bo‘la boshladi. Inson hayoti nihoyatda qisqa va o‘tkinchi ekanligini achinish bilan ifodalaydi. "Arkad cho‘ponlari" (1632) asarida bu yaqqol seziladi. Surat syujeti qadimgi afsonalardan olingan bo‘lib, rassom unga falsafiy mazmun bsrgan. qabr toshidagi "Men ham Arkadi-yada bo‘lgan edim" degan yozuv yosh cho‘ponlarni o‘ylantirib qo‘ygan. 1640 yil oxirlariga kelib, Pussen manzara jan-riga murojaat qila boshlaydi.Tabiat ko‘rinishidagi ulug‘vorlik, bepoyonlik, sirga to‘la holat rassomni hayajonlan-tiradi. Pussen tabiatni odamlarsiz tasavvur eta olmaydi. Rassom asarlarida tabiatni ulug‘vor va cheksizligini ifo-da qiladi . Ularda inson va tabiat uyg‘unligi, inson tabi-at oldida kichik zarra ekanligi talqin etiladi. Pussen ijodining so‘ngti bosqichi namunasi   "Polifemli manzara","Gerkules va Kakus   jangi" , "Manzara" asarlari hisoblanadn.

         Terkules va Kakus jangi" asari syujeti I asr Rim yozuv-chisi Vergiliyning "Eneida" poemasidan olingan. Unda antik qahramon Gerkulesning   Kakus bilan bo‘lgan jangi hikoya qilinadi. Kompozitsiyada tabiat ko‘rinishi asosiy o‘rinni egallaydi. Mahobatli tog‘, baland daraxtlar, osmondagi bulutlar ulug‘vor, tabiat ko‘rinishini yaratadi. Shu tabiat qo‘ynida tasvirlangan Gerkules va mag‘lubiyatga uchragan Kakus ko‘rinishi bu ulug‘vorlikni buzmagandek. Ras-somning yil to‘rt fasliga bag‘ishlangan asarlari inson hayotining to‘rt fasl ramzi sifatida namoyon bo‘ladi. Pussen ijodida qalamsurat ham alohida o‘rin tutadi. Bu   suratlar bo‘lajak asarning yaratish paytida ishlangan bo‘lib, rassom har bir asari kompozitsiyasi ustida uzoq vaqt ishlaganligini va kompozitsiya   yaratish   borasida izlaganligini ko‘rsatadi. Uning g‘alam suratlaridagi tabiat ko‘rinish-lari tasviri   tasdiklaydi. Pussen ijodi fransuz san'ati tarixida   muxim o‘rinni egallaydi. U yaratgan mumtoz us-lub fransuz san'atida   keyingi asrda davom etdi, rivojlantirildi.   Pussen vafotidan keyin shogirdlari qolma-gan bo‘lsa ham, lekin   XVII asr ikkinchi yarmidan boshlab, ko‘pgina rassomlar uning ijodiga qiziqish bilan qaray boshladi. Uning haqiqiy davomchisi XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarda yashab ijod etgan Jak Lui David bo‘ldi.

         Klod Lorren (1600-1682). Klassitsizmning yirik vakili, klassik manzarani taniqli namoyandasi Klod Jelle (Lorrsn uning adabiy taxallusi) yoshligida Italiyaga ke-lib qoldi. Keyingi hayoti Rim bilan bog‘liq bo‘ldi. Lorren asosan klassik manzarada ijod qilgan. Uning manzaralari lirik his tuyg‘u bilan sug‘orilgan bo‘lib, ular ko‘p hollarda mungli kayfiyatda tasvirlanadi. Rassom asarlarida tabiat tinch holatda ko‘rsatiladi. Uning asarlarida yarim vayrona bo‘lgan antik yoki afsonaviy me'morlik qoldiqlari ko‘rkam daraxtlar   fonida g‘oyat jozibali ko‘rinadi.

Lorren klassik manzara san'atining vakilidir. Uning kompozitsiyalari aniqtartibda ishlangan. Lekin bu uning realistik xarakteriga putur yetkazmaydi. Rassom havoga to‘la bepoyon kenglikni   ustalik bilan   ko‘rsatadi.


Orqaga qaytish