O'zbek tilida

5069 marta o'qildi
Xalq og'zaki poetik ijodi

Kollej va  akademik litseylar uchun darslik. Mazkur darslikda o'zbek xalq og'zaki poetik ijodining o'ziga xos xususiyailari, tarixi, janrlari, ayrim asarlari. marosimlari, xalq baxshilarining hayoti va ijodi haqida ma'lumot beriladi. Shuningdck, kitobga xalq og'zaki poetik ijodidan namunalar kiritilgan.

O'zbek xalq og'zaki ijodini o'rganish Respublikamizdagi hamma akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalariga bejiz tavsiya etilmayapti. Xalqimiz niustaqillikka erish- ganidan so'ng o'zbekona urf-odatlar, rasm-nismlar, asrlar davomida yaratilgan dostonlar, ertaklar, qo'shiqlar haqida alohida g'urur bilan gapirila boshlandi. Har bir inson biron sohaning mutaxassisi boiishdan tashqari o'z xalqining farzandi bo'lmog'i lozim. Yaqin o'tmishda alia bilmaydigan kelinlarni, doston eshitmagan yigitlarni yoki askiya aytib ko'ngil chigillarini yozmagan o'zbeklarni uchratish mushkul bo'lgan. Afsuski, endilikda biron odamni maqtaydigan boisak, alia ayta olishini, silliq so'zlasliini, askiyada qat- nashishini fazilat qilib ko'rsatamiz. Deinak, bugungi kunda o'zbek qadriyatlari bulog'idan suv ichgan, o'zbekona muo- malani butun qalbiga singdirgan, to'ylarda, azalarda, ish- boshilik qiladigan, murosasi kclishmagan taraflar o'rtasini totuvlashtiradigan o'zbeklar bir oz kamayib qolibdi-da. Ana shu mulohazalardan kelib chiqib akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida xalqimiz og'zaki ijodini alohida san'at turi sifatida o'rganish ma'qul topildi.

Kitobni davomini yuklab oling

Yuklab olish Yuklab olish


Orqaga qaytish