O'zbek adabiyoti

5657 marta o'qildi
Izzat Sulton

Yirik adabiyotshunos, iste'dodli dramaturg Izzat Sulton 1910- yili O'sh shahrida hunarmand oilasida tug'ildi.

Yirik adabiyotshunos, iste'dodli dramaturg Izzat Sulton 1910- yili O'sh shahrida hunarmand oilasida tug'ildi. Otasi vafotidan keyin bolalar uyida tarbiyalandi. 1924- yilda u Toshkentga o'qishga keladi. Avval "Namuna" ish maktabi, so'ngra ta'lim-tarbiya texnikumida o'qiydi. Texnikumni tamomlagach, maktablarda o'qituvchilik qiladi.

Izzat Sulton 1930- yilda O'rta osiyo Davlat dorilfununining ijtimoiy fanlar fakultetida o'qiydi. Samarqand shahrida chiqadigan "Batrak" gazetasi muharririyatida mas'ul kotib bo'lib ishlaydi. 1934- yili O'zSSR fanlar komiteti Til va adabiyot instituti aspiranturasiga kirib, uni 1937- yilda tamomlaydi. 1943-1948- yillarda davlat rahbarlik lavozimlarida xizmat qiladi.

 1948 yildan buyon O'zbekiston fanlar akademiyasi nomli Til va adabiyot institutida (hozirda Alisher Navoiy nomidagi) ishlab kelmoqda. Izzat Sulton 1932- yildan boshlab vaqtli matbuotda adabiyotshunoslikka oid maqolalar e'lon qildi, «Adabiyot nazariyasi» (1939, 1979) darsligini yaratdi.

 Tadqiqotchining ulug' o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning me`rosini o‘rganishga bag'ishlangan qator asarlari alohida ahamiyatga ega. Izzat Sulton badiiy adabiyot sohasida ham barakali ijod qilmoqda. Ilk dramatik asari «Burgutning parvozi» (1939) zamondoshlarini Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash jihatidan muhimdir.

 Uyg‘un bilan hamkorlikda yozgan «Alisher Navoiy» (1940) asari O'zbek dramaturgiyasining yutuqlaridan biri bo‘ldi. «Noma'lum kishi» (1963), «Imon» (1960) dramalarida ahloq normalari, zamonamiz kishilarining fazilatlari ulug'langan. Yozuvchining yangi dunyo va xurofot olami o‘rtasidagi kurashni, yangilikning bu kurashda qudratli ekanini ko‘rsatgan asari «Fidoyi»dir (1966).

 


Orqaga qaytish