Kino,taeatr namoyondalari

5088 marta o'qildi
Teatrlar qanday paydo bo'lgan

Teatr, xuddi biz biladiganimizdek, uzoq rivojlanish tarixini kechib o’tgan. Drama g’oyasining o’zi esa dindan kelib chiqqan. Xitoyliklarning ilk tomoshalari ularning ibodatxonalaridagi raqslar singari bo’lgan. Keyinchalik maxsus maydonchalardan foydalanila boshlandi. 

ILK TEATRLAR QANAQA BO’LGAN?

          Teatr, xuddi biz biladiganimizdek, uzoq rivojlanish tarixini kechib o’tgan. Drama g’oyasining o’zi esa dindan kelib chiqqan.  Xitoyliklarning ilk tomoshalari ularning ibodatxonalaridagi raqslar singari bo’lgan. Keyinchalik maxsus maydonchalardan foydalanila boshlandi. Bular pardasiz, yoritilmaydigan oddiy sahnalar bo’lib, faqatgina xuddi ibodatxonalarning tomlari singari bezatilgan tomlarga ega edi.

         Yaponlar ham qadim zamonlarda teatrga ega bo’lishgan. Tomoshalar turlaridan biri «No» deb atalardi va teatrning «Kabuki» shakli ham ommalashgan edi. Ular ham xuddi ibodatxonalarniki singari tomlari bo’lgan maydonchalarda o’tkazilar edi.

         Qadimgi yunonlar teatr taraqqiyoti bobida haddan tashqari ko’p ishlar qilishgan. Tomoshabinlar tepalik nishabida o’tishardi. Pyesa voqealari maysazor gardishda bo’lib o’tar edi. «Skene» deb ataladigan maxsus binocha bo’lib, undan aktyorlarning chiqishi, libos almashtirishi va dekoratsiyani joylashtirish uchun foydalanishgan.

         O’rta asrlarda nasroniy cherkovi teatrning barcha shakllarini qoraladi, biroq keyinchalik diniy tomoshalar cherkov hayotining muhim bo’lagiga aylandi. Dindorlar o’rta asarlarda Injildan olingan lavhalarni cherkov ibodati sifatida sahnalashtirganlar.

Yelizaveta I hukmronligi davrida teatr Angliyada ancha ilgarib ketadi. 1576 yilda aktyor Jeyms Berbij tomoshalar uchun dastlab maxsus binoni bunyod etadi. U shunchaki «teatr» deb yuritiladi.

         Tez orada boshqa teatrlar ham qurilgan, ularning orasida Shekspirning bir talay pyesalari — «Qizil ho’kiz» va «Qora rohiblar» sahnalashtirilgan «Globus» ham bor edi. Tomoshabinlar mag’okda sahna oldida yoki tevaragida turishar yoxud sahna tevaragidagi yoinki ustidagi kabinalarda o’tishardi. Bizning zamonaviy teatrimiz aynan shu dastlabki ingliz teatri bag’ridan o’sib chiqqan.

 MIZANSTSENA NIMA?

         Spektaklning u yoki bu pallasida aktyorlarning joylashuvi mizanssena (fransuzcha mice en scene — sahnada joylashuv) deb ataladi. XX asr boshlariga qadar sahnada odatda premyer — bosh rolni ijro etuvchi artist yetakchilik qilar edi. U aktyorlarni bosh rollarni ijro etuvchilar birinchi planga chiqadigan tarzda joy-joyiga qo’yar edi.

         Biroq ayrim adiblar o’z pyesalari pardalari paytida qahramonlarning sahnada joylashishini maxsus pisanda qilishardi. Jumladan Griboyedov («Aqllilik balosi») va Gogol («Revizor») shunday qilishgan: eng ko’p ifodalilik uchun zarur bo’lgan aktyorlarning joylashishi batafsil tasvirlanadi; masalan, «Revizor» yakunlanadigan ovozsiz sahna.

         XX asr boshlaridan e'tiboran teatr tomoshasida mizanssenaning ahamiyati keskin ortadi. U rejissyorning o’z pyesasi konsepsiyasini gavdalantirishda madad beradigan tilga aylandi.    

         Sahnada o’ynaydigan shaxslarning joylashuvi voqealar rivojlanadigan dekoratsiya bilan, shuningdek unda ishtirok etayotgan aktyorlarning o’yini bilan muvofiqlashishi lozim.

Yorug’likni qullash alohida ahamiyat kasb etadi. Yaxshi o’rnatilgan yoritgichlar nafaqat katta badiiy samara hosil qiladi, balki qahramonlar tabiatini yanada teranroq ochib berishda aktyorlarga yordam ham beradi. Mana shuning uchun ham sahnalashtirish paytida tomoshabin oldidan o’tadigan mizanssenalarning butun ketma-ketligi yagona timsolga birlashishga ko’z-quloq bo’luvchi rassom har bir mizanssenani uyushtirish chog’ida rejissyor bilan yelkama-yelka ishlaydi.

 

 SAHNAVIY VOSITALAR NIMA DEGANI?

      Teatr tomoshasining tomoshabinga ta'sirini kuchaytirish maqsadida unda ko’pincha sahnaviy vositalar qo’llanadi, ulardan maqsad u yoki bu tabiat hodisasi to’g’risida eshitilmish yoxud ko’rilmish tasavvurni hosil qilishdir. Bunday vositalardan Qadimgi Yunonistondayoq foydalanilgan, o’shanda maxsus nog’oralar yordamida pyesa davomida zarur bo’ladigan shovqinlar hosil qilingan.

         Eng ko’p tarqalgan shovqinlarga taqlid qilish uchun zarur bo’lgan asboblar komplekti hozirgi zamonga qadar ham saqlangan. Masalan, yomg’irni tasvirlash uchun ichiga oddiy no’xat solingan aylanuvchi tunuka barabandan foydalanishadi.

         Ta'sirchan chaqmoq chaqishi maxsus romga osib qo’yilgan bir taxta tunukaga urilganida hosil bo’ladi.

Yorug’lik vositalaridan ham keng foydalaniladi, ta'sirni hosil qilish uchun projektorlar va maxsus projektorlar ishlatiladi, ular qor, sahna bo’ylab o’tayotgan bulutlar, kamalak, dengiz dolg’alaridagi yolqin jilvasini tasvirlashda yordam beradi.

         Odamlar va buyumlar tomoshabinlarning shundoq ko’z o’ngida yo’qolib qoladigan va hatto havoda bemalol uchib yuradigan «qora kabinet» ham bag’oyat maroqlidir. Samara qora baxmaldan tikilgan libos kiygan odam aynan o’shanday tusdagi sahna to’ri fonida ko’rinmasdan qolishiga asoslangan.

Sahnaviy vositalar ayniqsa shou-biznesda keng tarqalgan bo’lib,  bunda ularni  hosil

qilish uchun o’ta zamonaviy texnika, rang-barang lazerlar,  to’lg’ama-stroboskopik yoritgichlar lyuminissent bo’yoqlar, odatdagi yoritish paytida ko’rinmaydigan qutblashgan nurlardan foydalaniladi.

  QADIMGI HINDISTON TEATRIDA SPEKTAKLLAR QANCHA DAVOM ETGAN?

         Teatrlashtirilgan tomoshalar Kadimgi Hindistonda miloddan avvalgi ikkinchi mingyillik boshlaridayoq vujudga kelgan edi. Qizig’i shundaki, ularning asosiy janrlari bizga qadar deyarli o’zgarmagan holda yetib kelgan. An'anaviy hind teatrida ikki asosiy janr — lila va yakshagana mavjud. Shakl jihatidan lila musiqali-raqsli dramaga ancha yaqin, uning tomoshalari «Mahobhorat» va «Ramayana» epik rivoyatlaridan olingan matnlar asosida uyushtirilgan. Buningdek mahobatli spektakllar ba'zi paytlarda oylarcha davom etgan.   Lila teatrida hech qanday dekoratsiya bo’lmagan. Tomoshabinlar ko’z o’ngida faqat yorqin liboslar va maxsus niqoblar kiygan aktyorlargina namoyon bo’lishardi.

Har libosni bezash qat'iy tartibga asoslangan, barcha unsurlar o’z ahamiyatiga molik edi. Aktyor pyesalar mazmunini nafaqat so’zlar bilan, qolaversa imo-ishoralar yordamida ham anglatgani maroqlidir. Qo’llarning ma'lum holati muayyan tuyg’ularga mos kelardi.

Hindiston janubida teatr tomoshasining boshqa bir shakli-yakshagana shakllanadi. Ikir-chikirigicha ishlab chiqilgan imo-ishoralar tizimi unga ham xosdir. Ammo aktyor niqob kiy-masdi, u z tuyғularini mimika yordamida ifodalishi ham mumkin edi. Yakshagana ishtirokchilaridan har biri shaxsiy nutq maromiga, alohida imo-ishoralarga va hattoki raftorga ega bo’lgan.

         Kishilar holati va qiliqlarining ramziy tarzda ifodalanishi esa Qadimgi Hindiston teatrining o’ziga xosligi sanaladi. Muayyan bir spektaklni tushunish uchun shartli belgilar tizimini, ya'ni aktyorlar imo-ishoralari va xatti-harakatlarini o’rganish kerak edi.

  KABUKI TEATRI NIMA?

        Kabuki teatri Yaponiyada XVII asr o’rtalarida vujudga keladi. An'anaviy No teatridan farqli ularoq uning uslubi ildizlari xalq san'atidan kuch oladi. «Kabuki» so’zining o’zi esa «chetga chiqish» degan ma'noni anglatadi. Uning tomoshalari teatr san'atining boshqa turlaridan ancha-muncha farq qilgani tufayli ushbu teatr shunday nom olgan.

         Garcha kabuki teatri sahnasida ham hech qanday dekoratsiya bo’lmasa-da, tomosha zali ichki arxitekturasining o’ziyoq spektakl o’ynaladigan fon bo’lib xizmat qiladi. Buning uchun zalning turli burchaklaridagi bir talay eshiklardan, aktyorlar ahyon-ahyonda qorasini ko’rsatadigan ayvonlardan, aktyorlar tomoshabinlar orasida harakatlanadigan maxsus yo’lakchalardan foydalanilgan. Qizig’i shundaki, tomoshabinlar nafaqat sahna ro’parasida, qolaversa undan chapda ham, o’ngda ham o’tirishgan.

         Kabuki teatrida ham faqat erkaklar rol ijro etadi, lekin tomosha dramatik voqealar bilan birma-bir almashinib turadigan raqslardan tarkib topadi. Shuning uchun aktyorning nainki harakatlanishi, balki vokal iste'dodi ham katta ahamiyatga ega bo’lgan.

         Teatr repertuari imperator hayoti to’g’risida va saroy fitnalari haqida hikoya qiluvchi ko’hna mumtoz pyesalardan iborat bo’lgan.

 

 «KOMEDI FRANSEZ» NIMA?

1643 yilda qirol gulqog’ozchisining o’g’li navqiron Jan Batist Poklen Molyer taxallusini oladi va havaskor aktyorlar truppasini tashkil etadi. Tomoshabinlar uning spektakllariga guras-guras kelaboshlagani tufayli Molyer viloyatlarga chiqishga qaror qiladi.

         1661 yilda Molyer va uning truppasiga Pale-Royal teatridagi sahna havola etiladi. Aynan shu dargohda buyuk Molyer o’z durdonalarini yaratadi. Bu yerda u so’nggi marotaba «Serxarxasha bemor»da rol ijro etadi, bir necha soatdan keyin hayotdan kuz yumadi.

Dramaturg vafotidan keyin uning aktyorlarini teatrdan haydashadi. Ular «Otel Burgon» truppasi bilan birlashdilar va 1680 yildan «Komedi Fransez» nomini oldilar. Bu, Parijda tomosha ko’rsatishga ruxsat berilgan yagona jamoa edi.  «Komedi Fransez»ning spektakllari sakson yil mobaynida koptok o’yinlari zalida namoyish etildi. Va faqat inqilobdan biroz avval ajoyib teatr moslashtirilgan binoga ko’chib o’tadi.

         1790 yilda esa «Komedi Fransez» aktyorlari rishelye maydonidagi yangi teatrdan doimiy boshpana topishga musharraf bo’lishadi. Napoleon unga rasmiy maqom beradi. Bu teatr uch asrdan beri barhayot. Uch asrdirki, unda eng yaxshi fransuz aktyorlari ishtirok etadigan mumtoz repertuarning ajoyib spektakllari sahnalashtiriladi.

         «Molyer uyi» — bu, «Komedi Fransez»ning tag’in bir nomi. Teatr asoschisi Molyer bo’lmayin, kim bo’ladi o’zi, axir!

 XALQ TEATRI QAYERDAN VA QAY TARIQA VUJUDGA KELGAN?

 Siz, rus xalq teatri qanday va qachon vujudga kelgani haqida hech o’ylab ko’rganmisiz?    Uning ildizlari asrlar qa'ridan suv ichida. Teatrnamo voqealarning unsurlari «na svyatki» va «maslenitsa» singari taqvimiy marosim o'yinlarida mavjud bo’lgan. Ularni muqallidlar — ro’dapolar, shaytonlar, ajinalar, marhumlar kiyimini kiyib olgan kishilar o’ynashardi. Muqallidlikning qadimgi ma'nosi — zamin, odamlar va hayvonlar mo’l-ko’l hosil berishi va o’zlaridan ko’payishlari, shuningdek ularga nisbatan mehr-shafqatli bo’lishi uchun so’z vositasida ta'sir o’tkazishdir.

         Keyinchalik, muqallidlarga hayvonlar — turna, tulki, shuningdek tomoshabinga yaxshi tanish shaxslar-temirchi, askar, savdogar, lo’li qo’shiladi. Muqallidlar tomoshabingga yaqin va tushunarli bo’lganlarni — salot qalimalarini chalkashtiridigan savodsiz ruhoniyni, ikki ojizning aytishuvini, eru xotining dildan suhbatini, nikoh to’yini, dafn marosimini tasvirlashar edi. «Na svyatki» uyinlarida ixchamgina pyesachalar — xalq qo’shiqlari, qisqa ertaklar va latifalar tomoshasi o’ynalar edi.

         Birin-sirin ham cholg’u asboblarini chaladigan, ham fokus ko’rsatadigan, ham tentak pomeshchikni tasvirlay oladigan yoki shalviragan erni gavdalantiradigan anchayin iste'dodli ijrochilar ajralib chiqa boshlaydi. Ularni masxarabozlar deb atashardi. Tomoshalarning marosimiy ahamiyati unutila boshladi va ular shunchaki kishilarning ko’nglini xushlaydigan bo’lib bordi.

         Masxarabozlar qishloqlar va shaharlar bo’ylab kezib yurishar, yoymabozor paytida, maydonlarda va maxsus qurilgan saroylarda — balaganlarda tomoshalar ko’rsatishar edi. Balaganlarda yetarli darajada katta hajmdagi pyesalar — «Qayiqcha», «Yermak», «Podishoh Maksimilian» singari xalq dramalari o’ynalardi. Xalq masxarabozlarning quvnoq va tig’dor yumorini juda-juda xush tutardi. Ammo hokimiyat va cherkov ularni buzg’unchilar va sayoqlar sifatida ta'qib qilar, 1648 yilda ularning tomoshalarini taqiqlovchi farmon chiqqan edi. Ammo butun ta'qiblarga qaramay, masxarabozlik san'ati yashab qolaverdi va tomoshabinlarni xushnud etaverdi. Rus xalq teatri shu tariqa dunyoga kelgan.

  BOLSHOY TEATRGA QAYSI YILI ASOS SOLINGAN?

Bolshoy teatrga 1776 yilning 28 martida asos solingan. Xuddi shu kuni Moskvada mos-kvaliklarning ikkita va krepostnoy aktyorlar artistlik truppasining birlashishi ro’y berdi. Mashҳur Shalyapin va Plisetskayalarning salaf-lari Znamenkadagi graf Voronsov koshonasida tomoshalar ko’rsatishardi. 1800 yili truppa Petrovkadagi binoga ko’chib o’tadi. Ammo bu dargoh xosiyatsiz bo’lib chiqdi. 1805 yildagi katta yong’in teatr binosini tamomila yakson qiladi. Tez orada o’sha zamonning mashhur me'morlari Bove va Mixaylov rahbarligida yangi bino qurilgan edi. Ammo bunisi ham chorak asrdan sal ko’proq, 1853 yildagi yong’inga qadar omon turdi. Qrim urushining qiyinchiliklariga qaramay, yangi teatrning taniqli me'mor Kavos yetakchiligidagi inshooti jadal sur'atlar bilan davom ettirildi. Atigi ikki yilda — o’sha zamonlarga nisbatan olganda tasavvurga sig’maydigan muddat ichida — Moskva kindigida Bolshoy teatrning Yevropadagi eng yiriklaridan biri sanalishga xaqli bo’lgan ulkan binosi qad rostladi. Yangi teatr ko’p o’tmay xuddi Pokrovskiy jome'si, Kreml minoralari, Buyuk Ivan jomminori singari Moskvaning diqqatga sazovar maskaniga aylandi. Aynan 1856 yilni Bolshoy teatrning, mana 140 yildirki, Moskvaning bag’rini to’ldirib turgan zamonaviy binosi dunyoga kelgan sana deb hisoblash mumkin.

 NEGA MALIY TEATRNI «OSTROVSKIY UYI» DEB ATASHADI?

Maliy teatr 1824 yilda ochilgan va ko’p o’tmay Rossiyaning yetakchi teatriga aylangan edi. Bu dargohda A. S. Griboyedovning «Aqllilik balosi» (1831), N. V. Gogolning «Revizor» (1836) pyesalari sahnalashtirilgan edi. Ammo mazkur teatr tarixidagi zalvorli bosqich A. N. Ostrovskiy nomi bilan bog’langan.          Dramaturg elliginchi yillarning boshlaridan to umrining so’nggi damlariga qadar Maliy teatr bilan birga qoldi. Bu sahnada dramaturgning barcha pyesalari dunyo yuzini ko’rdi. Shuning uchun ham munaqqidlar Maliy teatrni «Ostrovskiy uyi» deb ataydigan bo’lishdi.

         A. N. Ostrovskiy 1865 yilda Moskvada artistlar to’garagini tashkil etadi, Maliy teatrning deyarli barcha taniqli aktyorlari — Muziliylar, Rijovlar, Sadovskiylar uning bag’ridan chiqishgan.

         Ostrovskiyning 1886 yildan e'tiboran Moskva imperatorlik teatrlari repertuar sho’'basining boshlig’i bo’lib ishlagani ham teatr tarixida katta ahamiyat kasb etdi. Shu bois Maliy teatrda qo’yilgan asarlar har doim butun Rossiya madaniy hayotida voqeaga aylanar edi. Teatr san'ati sohasidagi deyarli barcha eng qiziqarli narsalar o’z ijodiy hayotini Maliy teatr sahnasidan boshlagan.

Endilikda teatrda Ostrovskiy muzeyi joylashgan, unda dramaturg pyesalari sahnalashtirilishiga, shuningdek ayni teatrning tarixiga bag’ishlangan materiallar to’plangan.

 MOSKVA BADIIY TEATRIGA KIMLAR ASOS SOLGAN?

Moskva Badiiy teatriga K. S. Stanislavskiy va V. I. Nemirovich-Danchekolar tomonidan asos solingan edi. Kunlardan bir kuni ular Moskvaning odatda shu shaharlik savdogarlar o’rtasida amaliy bitishuvlar tuziladigan «Slavyanskiy bazar» restoranida uchrashib qoladilar.

         O’n sakkiz soatlik suhbatdan keyin ular Moskvada yangi teatr ochishga ahd qilishadi. Uning truppasi Nemirovich-Danchenkoning Moskva filarmoniya bilim yurtida tahsil ko’ruvchi shogirdlaridan va Stanislavskiy bilan birga ishlaydigan havaskorlar guruhidan tashkil topgandi.

         A. K. Tolstoy qalamiga mansub «Podshoh Fedor Ioannovich» pyesasining sahnalashtirilishi birinchi spektakl bo’ldi. Premyera 1898 yil 14 oktyabrida «Ermitaj» teatrining sahnasida bo’lib o’tdi. Xuddi o’sha yili teatr Chexovning yangi teatrning o’ziga xos emblemasiga aylangan «Chagalay» pyesasini namoyish qiladi. 1902 yildan beri teatr Kamergerskiy muyulishida uning uchun maxsus qurilgan bioni makon tutadi. Bino XX asr boshlari madaniyati yodgorligi sanaladi, chunki uning qurilishi va bezatilishida sha kezlarning yirik musavvir-lari va me'morlari — A. S. Golubkina, F. F. Shextel qatnashgan edilar.

Yangi teatr tez orada nafaqat Moskvada, hatto Yevropada alohida mavqega ega bo’ldi. Uning mashhurligi nainki o’sha kezlarda L. Andreyev, M. Gorkiy, S. Naydenov, A. Chexovlarning eng zamonaviy pyesalari kiritilgan repertuari bilan asoslangan edi. Ushbu spektakllar ustida ishlash pallasida personaj ruhiyasi xususiyatlarini, qahramonlarning his-tuyg’ularini, kayfiyatlarini, kechinmalarini nozik ifodalab bera oladigan aktyorlarning boshqacha tipi shakllangan edi.

Pyesalar tomoshabinlarga yaxshi tanish bo’lgan kundalik vaziyatlarni esga solardi va shuning uchun ochiqligi va bir vaqtning o’zida ularda ko’tarilayotgan muammolarning dolzarbligi bilan ko’rguvchilarning diqqat-e'tiborini jalb etar edi. Mualliflar oiladagi o’zaro munosabatlar haqida, jamiyatdagi maqomidan qat'i nazar har bir insonning qadr-qimmati to’g’risida suz yuritar edi.

Stanislavskiyning rejissyorlik san'ati sharofatidan teatrda ko’p hollarda XX asr rus ziyolilarining kayfiyatlarini belgilab bergan o’ziga xos muhit shakllangan edi.

  QO’G’IRCHOQ TOMOSHALARI QAY TARIQA BOSHLANGAN EDI?

          Xuddi Siz bilganingizdek, qo’g’irchoqlarning ko’pgina turlari mavjuddir. Mana, ulardan ba'zilari: qo’lqopli, suyanchiqli, ko’lankalar teatrlari uchun qo’g’irchoqlar, marionetkalar. Ular tepadan arqonlar yoki simlar bilan, pastdan hassa yoki qo’llar bilan boshqariladigan figuralardir.

         Qo’g’irchoqlar xuddi teatrning o’zi singari qadimiy nasabga egadir. Ilk qo’g’irchoqlar, aftidan, Hindiston yoxud Misrda yasalgan edi. Ming-yillar avvalgi qo’g’irchoq teatri har ikkala mamlakatda ham topilgan edi. Marionetkalar, ya'ni tepadan boshqariladigan qo’g’irchoqlar o’z nomlanishini Italiyada topgan edi. Ilk nasroniy hayitlari uchun chaqaloq Iso Masih, Bibi Maryamni qo’shgan holda Masih Mavludi syujeti bilan birlashtirilgan jajji figuralar yaratilgan va ular arqonlar bilan harakatga keltirilar edi. Qo’g’irchoqlarning bunday turi «marionetka», ya'ni «mitti Mariya» degan nom oladi.

Xitoyda, Yaponiyada, Yavada afsonalar va ertaklardagi bahodirlar, ilohlar, hayvonlarni namoyish etish maqsadida qo’g’irchoq tomoshalari uchun figuralar yasalar edi. Yavada, Tailand va Yunonistonda ko’lankalar teatri vujudga keldi. U ortida xira yoritgichi bo’lgan tik ekran qarshisiga qirqma yapasqi figurachalarni joylashtirish tamoyiliga ko’ra amal qilar edi. Siz Motsart, Gaydn, Glyuk singari ulug’ kompozitorlar qo’g’irchoq teatrlari uchun maxsus pyesalar bastalashganini bilasizmi?

         Bolalar jonu dilidan sevadigan tarixlardan biri Pinokkio — jon ato etilgan qo’g’irchoqning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Bir talay mamlakatlarda shunga o’xshagan mashhur personaj mavjud. U Angliyada — «Panch», Italiyada — «Pulchinello», Fransiyada — «Yertichakmon» nomlari bilan dong taratgan.

Qo’g’irchoqlar istalgan zaruriy o’lchamlarga ega bo’ladi. Bo’yi atigi 15 sm bo’lgan marionetkalar mavjud, ba'zilariniki esa 9—12 metrga yetadi. Shuningdek ancha-muncha durust aktyorlardan qolishmaydigan qo’g’irchoq hayvonlarni ham yasash mumkin.


Orqaga qaytish