Ertaklar

5325 marta o'qildi
ARSLONNI QUTQARGAN BOLA

Bir vaqtlar bepoyon o'rmonda son-sanoqsiz jonivorlar ahil yashab, hammasi bir-biriga iloji boricha yaxshilik qilishni odatga aylantirgan ekan. Hasharotlar, qurt-qumursqalardan tortib, sudralib yuruvchilar, osmonda uchadigan qushlargacha o'rmonning osoyishtaligi, tinchligi va obodligi uchun harakat qilisharkan.

Bir vaqtlar bepoyon o'rmonda son-sanoqsiz jonivorlar ahil yashab, hammasi bir-biriga iloji boricha yaxshilik qilishni odatga aylantirgan ekan. Hasharotlar, qurt-qumursqalardan tortib, sudralib yuruvchilar, osmonda uchadigan qushlargacha o'rmonning osoyishtaligi, tinchligi va obodligi uchun harakat qilisharkan.

Ana shuning uchun ham bu o'rmonda dunyodagi eng go'zal va bebaho daraxtlarni, meva-chevalar va gullarni uchratish mumkin ekan. Odamlar bu o'rmonga tabiat ne'matlaridan bahramand bo'lib, zavqlanish hamda dardlariga shifo topish uchun kelib turishar ekan. O'rmonning qoidasiga binoan bu yerga kelgan har bir odam gullarni parvarishlar, daraxtlarni azim qilish uchun payvandlar, ortiqcha shoxlarini butar, jonivorlarni erkalar va ovqatlantirar ekan.

Kunlardan bir kun pahmoq juni va yollari to'zg'ib basharasi hamda bo'ynini qoplagan telbanamo Arslon qalin to'qaydan kelib butun o'rmonga, uning ahil aholisiga hukmronlik qilish maqsadida dahshat sola boshlabdi. U har o'kirganda o'rmon titrab, jonivorlar qayerga yashirinishni bilmay, sarosimaga tushadigan bo'lishibdi. Bu orada odamlar ham o'rmonga yaqinlashmay qo'yibdilar.

Uzoq paytgacha hech kim arslonga teng kelolmabdi. Uni yengishning chorasini topolmabdilar. Arslon butun o'rmonni aylanib bir necha kun o'kirar, ana shunda hamma jonivorlar o'zini panaga olib yashirinar, qushlar osmonga uchib uzoqlarga ketishar ekan. O'rmonda biron jonzot qolmaganini his qilgach, u uzoq uyquga ketarkan. Shunday kunlardan birida o'rmondagi jami chumolilar maslahatlashib arslonning yoliga kirib mustahkam joylashib olibdi, a'zoyi badaniga yopirilishibdi. U qat-tiq uyquga ketganidan chumolilar chaqa boshlaganini ham sezmabdi. Uyg'onganda hamma joyi og'riy boshlagandan hayron bo'libdi. Qattiq og'riqqa chiday olmagan arslon o'zini qayerga qo'yarini bilmay, dah-shatga tushib o'kiribdi, duch kelgan daraxtga o'zini uribdi. Yollarini yulibdi. Chumolilar esa battar chaqib, azob bera boshlabdi. Oxiri arslon o'rmon chetiga chiqib holdan toyib yiqilibdi.

Nariroqda gullar terib yurgan bola behush yotgan arslonni ko'rib, rahmi kelibdi. Bir bog'lam o't bilan uning a'zoyi badanidagi chumo-lilarni supurib tashlabdi, yollari orasidan bittalab terib olibdi. Arslon sal o'ziga kelib qarasa bir bolakay, qo'llari bilan yolini siypab-tarab turganmish. Bolaning qilgan yaxshiligidan arslonning ko'zidan tirqirab yosh chiqibdi va odam zotining oliyjanobligiga tan beribdi.


Orqaga qaytish