Ertaklar

4501 marta o'qildi
LAYLAKOYNING TAQINCHOQLARI

Bir zamonlar Laylak qushlarning ichida eng sarasi: oyoq, tumshuqlari ixcham, bejirim, yoqimli qush ekan. U juda go'zal bo'lishiga qaramasdan yana ham chiroyliroq, hammaning ko'ziga tezda tashlanib, havasini keltiradigan bo'lishni kecha-yu kunduz orzu qilar ekan. Har lahza sayin patlarini cho'qilab, yon-atrofini tuzatar, uzoqdagilar ham ko'ryaptimikan, deb oyoq bo'yinlarini cho'zib tevarakka qarar ekan. O'ziga bino qo'ygani sayin o'z husniga o'zi qoniqmaydigan bo'lib qolibdi.

Bir zamonlar Laylak qushlarning ichida eng sarasi: oyoq, tumshuqlari ixcham, bejirim, yoqimli qush ekan. U juda go'zal bo'lishiga qaramasdan yana ham chiroyliroq, hammaning ko'ziga tezda tashlanib, havasini keltiradigan bo'lishni kecha-yu kunduz orzu qilar ekan. Har lahza sayin patlarini cho'qilab, yon-atrofini tuzatar, uzoqdagilar ham ko'ryaptimikan, deb oyoq bo'yinlarini cho'zib tevarakka qarar ekan. O'ziga bino qo'ygani sayin o'z husniga o'zi qoniqmaydigan bo'lib qolibdi. Yanada chiroyli bo'lishning yo'llarini tinimsiz izlab, shu maqsadda hayoliga kelgan ishni qila boshlabdi.

Keyingi paytlarda u hatto osmonga uchganida ham qimmatbaho asl toshlar, zeb-ziynatlar haqida o'ylaydigan bo'libdi. Uchib ketayotgan-da yerda biron yaltiroq narsa ko'rinsa, boshqa qushlar mendan oldin olib qo'ymasin degan xayolda, yuksaklardan o'qday quyilib kelib, uni ochko'zlarcha bag'riga bosib olarkan.

U yil sayin qimmatbaho toshlardan turli taqinchoqlar qildirib taqishni davom ettiribdi. Ko'p o'tmay bo'yni va oyoqlari og'irlashib avvalgiday uncha balandga ucholmaydigan bo'lib qolibdi. Oxir-oqibat tulkiga yem bo'libdi.


Orqaga qaytish