Bilasizmi?

5650 marta o'qildi
Atom energiyasi nima?

Atom energiyasi — bu, atomlardan olinadigan energiya. Har bir atom energiya zarrachalaridan iborat. Bu energiya esa atomdagi barcha zarrachalarni bir butunlikka aylantiradi. Shu sababli atom energiyasida atom yadrosi energiya manbai hisoblanadi. Bu energiya atomning parchalanishi paytida ajralib chiqadi.

Atom energiyasi — bu, atomlardan olinadigan energiya. Har bir atom energiya zarrachalaridan iborat. Bu energiya esa atomdagi barcha zarrachalarni bir butunlikka aylantiradi. Shu sababli atom energiyasida atom yadrosi energiya manbai hisoblanadi. Bu energiya atomning parchalanishi paytida ajralib chiqadi.

         Amalda atomdan energiya olishning ikki usuli mavjud. Birinchisi — sintez reaksiyasi, ikkinchisi — bo’linish reaksiyasidir. Sintez reaksiyasi paytida ikki atom birlashib, yagona atomni vujudga keltiradi. Atomlarning qo’shilishi jarayonida issiqlik tarzida kuchli energiya hosil bo’ladi. Quyosh energiyasining katta qismi Quyoshda sodir bo’ladigan sintez reaksiyasi natijasida yuzaga keladi. Bu atom energiyasining bir turidir.

         Ikkinchi usul — bo’linish reaksiyasi yoki- parchalanishdir. Parchalanish bir atomning ikkiga bo’linishidir. Bu hol atomlarning boshqa atomlar, masalan, neytronlar (u atom tarkibiga kiradi) tomonidan «bombardimon» qilinishi jarayonida ro’y beradi.

         Atomning har qanday «bombardimon» qilinishi ham uning parchalanishiga olib kelmaydi. Aksariyat atomlarni parchalab bo’lmaydi. Biroq uran va plutoniy atomlari qulay sharoitlarda parchalanadi.

         Uranning bir turi — uran-238 (u «uran izotopi» deb ataladi) neytronlar tomonidan bombardimonga uchraganida ikki qismga parchalanadi. Bu paytda qanday energiya ajralib chiqishini Siz tasavvur qila olasizmi? Uran-238 ning bir kichik ushoq bo’lagidan bir necha kilogramm ko’mir yonganida ajralib chiqadigan energiyaga nisbatan million marta ko’p energiya hosil bo’ladi. Uranning kichik bir bo’lagi um-mondagi butun boshli bir kemani, tayyorani yoki generatorni ish bilan ta'minlay oladi. Ko’rayapsizki, atom energiyasi bashariyatning kelajagida asosiy energiya manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin.

 YADRO ENERGIYASI XATARLIMI?

          Yadro energiyasi — kelajak energiyasi. Agar biz yadroviy zaharlanish xavfini kamaytira olsak va uning chiqitlarini uquv bilan yo'qota olishni o’rgansak, yadro energiyasining qo’llanishi bizni juda ko’p ustunliklarga ega qiladi. Agar chindan ham bu muammolar hal etilsa, yadro energiyasi boshqa barcha turdagi energiyalarning o’rnini bosadi.

         Yadro energiyasining ustunligi shundaki, u havoga gaz va tutun tarqatilishi oldini oladi, ishlatiladigan yoqilgi uran bo’lgani uchun ortiqcha sarf-xarajatlarga ham hojat qolmaydi. Uranga ega bo’lmagan mamlakatlar, uni olib maxsus omborxonalarda saqlashi mumkin va boshqa energiya manbalariga muhtojlik kamayadi. Boshqa energiya manbalarini esa bunday saqlash mumkin emas.

         Shuning barobarida yadro energiyasidan foydalanishning salbiy jihatlari ham bor. Bordi-yu, uran saqlanayotgan omborxonalarda avariya hodisasi ro’y bersa, buning oqibati o’ta dahshatlidir. Bundan tashqari, yadro chiqitlarini yo’qotishning yo’llari hali ham topilganicha yo’q. Bu juda jiddiy muammodir. Hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlar, bunday chiqindini — dengiz ostidami yoki sahrodami — qayerda saqlash qulayroq, degan masala ustida o’zaro bahs bilan mashg’ul. Va kim buni o’z hududida saqlanishiga yo’l qo’yadi?

         Yadro energiyasidan foydalanish mobaynida yonilg’i (u odatda parchalanuvchi xomashyo deb ataladi) to’g’risidagi tasavvur ham o’zgaradi. Reaktorda uran yadrosi parchalanadi. Shu jarayonda ko’pgina issiqlik ajralib chiqib, undan elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalaniladi.

         Uranning atigi bir kilogrammidan millionlab kilogramm ko’mir va neftni yoqib hosil qilinadigan issiqlik olinadi. Biroq yadro energiyasidan foydalanish radioaktiv nurlardan zararlanishning oldini olish, radioaktiv chiqindi oqavalarini bartaraf etish va ishlatib bo’lingan issiqlikni qayta ishlash kabi muammolarning hal etilishi bilan uzviy bog’liқ.        Atom elektrstansiyasining tuzilishi quyidagicha:

         Yadro reaktorida ishlab chiqariladigan issiqlik maxsus quvurlardan yurgiziladigan suvga o’tkaziladi. Suv qaynaydigan darajada isitiladi va issiqlikka almashtiruvchi bo’linmaga o’tkaziladi, u yerda tashqi tomondan keladigan suv bug’lantiriladi. Issiq bug’ quvur tomonga yo’naltirilgach, generatorni aylantiradi, generator esa elektr energiya ishlab chiqaradi. Quvurlardan chiqadigan issiq suv isitiga uchun ishlatiladi.

YADRO REAKTORLARI QANDAY QURILGAN?

          Olimlar atom ichida yashiringan ulkan energiya xazinasidan foydalanish uchun «atom reaktori» deb atalgan uskunani yaratdilar.   Bu reaktorda bir xil radioaktiv elementlardan boshqalari paydo bo’ladi, shu jarayonda ulkan miqdorda energiya ham ajralib chiqadi.

         Reaktor qurilmasi ancha sodda: ichi uran yoki plutoniy kukuni bilan to’ldirilgan metall trubkalar tashqariga neytronlarning uchib chiqib ketishiga yo’l qo’ymaydigan moddalardan yasalgan korpus ichiga tushiriladi. Neytronlar — hech qanday elektr zaryadiga ega bo’lmagan alohida elementar zarralardir.      Neytronlar uran atomiga tushib, ularni parchalab yuboradi, buning natijasida ulkan miqdordagi issiqliq ajralib chiqadi. Uran plutoniyga aylanadi, issiqlikdan esa elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.

         Yadro reaktorlari inson uchun juda xatarlidir, chunki ular radioaktiv nurlaridan zararlanish manbaidir. Xuddi shu sababdan atom elektr stansiyalarini qurishga keskin qarshilik ko’rsatadilar.         XX asrning buningdek eng yirik falokati Chernobildagi (Ukraina) atom stansiyasida yuz berdi. Reaktorning portlashi oqibatida faqat Ukrainaning emas, balki unga qo’shni bo’lgan boshqa ko’pgina davlatlar hududi ham radioaktiv zaharlanishga uchradi.


Orqaga qaytish