Bilasizmi?

5367 marta o'qildi
Geometriyani kim kashf qilgan

Geometriya — matematikaning tarkibiy bir qismi bo’lgan fan. Uning vujudga kelishi uylar, yo’llar qurilishini yengillashtirish, yer o’lchash kabi mutlaqo amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bog’langan. «Geometriya» so’zining o’zi yunonchadan tarjima qilinsa, «yer o’lchash» degan ma'noni anglatadi.

GEOMETRIYANI KIM KASHF ETGAN?

          Geometriya — matematikaning tarkibiy bir qismi bo’lgan fan. Uning vujudga kelishi uylar, yo’llar qurilishini yengillashtirish, yer o’lchash kabi mutlaqo amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bog’langan. «Geometriya» so’zining o’zi yunonchadan tarjima qilinsa, «yer o’lchash» degan ma'noni anglatadi.   Odamlar yer bo’laklarini o’lchash zaruratiga juda erta duch keladilar. Miloddan 3—4 ming yillar avval Nil, Dajla va Furot vodiylaridagi unumdor yerlarning har bir bo’lagi kishilar hayotida muhim ahamiyat kasb etdi. Daryo toshqinlaridan keyin yerlarni қaytadan taқsimlash-ga tgri kelardi, buning uchun esa muayyan handasaviy bilimlarga ega bo’lish lozim edi. Geometriya shu tariqa dunyoga keldi.    Bizgacha yetib kelgan mixxat yozuvlarga asoslanib, tadqiqotchilar miloddan oldingi 2 minginchi yillardayoq odamlar maydonlarni uchburchak, to’g’riburchak shakllarga ajratishga, figura-jussalarning hajmini belgilashga muvaffaq bo’lishgan.

Shunisi diqqatga sazovarki, miloddan oldingi VII asrda Samos orolida yerosti suvomborlari uchun lahmtonnellar qurilgan. Ularni birvarakayiga ikki tomondan kavlash lozim edi, bu esa o’z navbatida jiddiy handasaviy hisob-kitoblarni taqozo etardi.    Shuning barobarida bu fan Yevropadan tashqarida boshqa xalqlarda ham mustaqil ravishda rivojlantirildi. Bular — xitoyliklar va arablar edi. Ular Pifagor teoremasini yunonlar bilan deyarli bir vaqtda kashf etganlar.

FIZIKA KIMYODAN NIMASI BILAN FARQLANADI?

          Kimyo fani har xil moddalarning tarkibi va o’zaro ta'sirini o’rganadi. Fizika bu moddalardan tarkib topgan jismlarda yuz beradigan turli-tuman jarayonlarni tadqiq etadi. Masalan, qorning erishi natijasida suv hosil bo’ladi, suv esa isitilsa, bug’ga aylanadi. Bu fizikaviy jarayonlar kimyogarlar tomonidan tekshirilmaydi, chunki suv boshqa holatga o’tganida ham hech bir o’zgarish ro’y bermaydi, faqat uning agregat holati o’zgaradi.

         Kimyogarlar u yoki bu moddaning ichki tuzilishini o’rganibgina qolmay, bu moddalarni tarkib toptirgan elementlarning o’zaro ta'siriga ham qiziqadilar. Shu sababdan ham ular tabiatda yo’q ko’pgina yangi materiallarni yaratishga muvaffaq bo’ldilar.

         O’tmishda kimyoni sehrgarlikka o’xshash bir narsa deb hisoblashar edilar va xuddi shu sababga ko’ra u bilan shug’ullanishlar ta'qib etilar edi. Ehtimol, kimyoga buningdek munosabat ilk kimyogarlar ko’proq har qanday moddani oltinga aylantirishga yo’naltiruvchi «falsafiy mahak»ni izlashga umrlarini sarflashgani bilan bog’liqdir.         Garchi bunday falsafiy mahak-asos topilmagan bo’lsa-da, lekin bu boradagi izlanishlar moddalarning xossalarini oydinlashtirish sohasida ko’psonli muhim kashfiyotlarni yuzaga keltirdi.

         Fransuz olimi Antuan Lavuazyeni «kimyo fanining otasi» deyishadi. U tabiatdagi bironta ham element izsiz yo’qolib ketmasligini kashf etdi. Bordi-yu, u yoki bu modda kishi ko’z o’ngidan yo’qolib ketsa-da, kimyogarlar nuqtai nazarida ular bizning nigohimiz ilg’amaydigan boshqa tarkibiy bo’laklarga parchalanib ketgan bo’ladi. Masalan, daraxt o’tini yonsa, uning tarkibidagi uglerod uglenordon gazga aylanib tutunga qo’shilib uchib ketgan bo’ladi.

         Agar og’zi tiqinlangan probirkada tajriba o’tkazilsa, yonadigan butun ideal massa yonib bo’lgan yoqilg’ining massasiga mos kelishi aniq bo’ladi.                                                    

ELEMENTLAR NIMA?

 Butun moddiy dunyo elementlardan tarkib topgan. Elementlar — bir turdagi atomdan iborat moddalar.

Ko’pgina elementlar bir-biriga o’xshaydi, ayrim hollarda hatto ular bir xil elementga o’xshab ko’rinadi, lekin borliqda aslida ikkita mutlaqo o’xshash elementning o’zi yo’q. Masalan, vodorod va geliy — rangsiz, hidsiz va ta'msiz gazlar. Biroq vodorod geliyga nisbatan yengilroqdir. U kislorod aralashtirilsa yonadi, geliy esa yonmaydi.

Elementlar o’zaro bir-biridan atom og’irligiga qarab farq qiladi. Ulardan bir xili odatdagi sharoitda qattiq moddalar hisoblansa, boshqalari suyuqliklar, uchinchi bir xili — gazlardir. Qizdirilganda yoki sovutilganda ularning aksariyati (deyarli barchasi) bir holatdan boshqasiga o’tadi. Ayrim elementlar suvda eriydi, boshqalari esa erimaydi. Elementlarning buningdek va boshqa xususiyatlari fizikaviy xossalar deb ataladi.

Elementlar, ba'zi hollarni mustasno qilganda, asosan o’zaro bir-biriga ta'sir ko’rsatadi va har xil moddalar hosil bo’ladi. Buningdek o’zaro ta'sirlar kimyoviy reaksiya deb ataladi. Elementlarning unday yoxud bunday reaksiyaga kirishishi ularning kimyoviy xossalariga bog’liq.

O’zlarining fizikaviy va kimyoviy xossalariga ko’ra elementlar bir necha guruhlarga bo’linadi. Guruhlarga esa elementlar bir-biriga o’xshash xossalariga ko’ra mansub bo’ladi.

Elementlarning guruhlari hammasi bir bo’lib D. I. Mendeleyevning elementlar davriy jadvalini tashkil etadi. Bu jadval uni kashf etgani uchun buyuk rus kimyogari D. I. Mendeleyevning nomi bilan ataladi. D. I. Mendeleyev jadvalida elementlar o’zining atom raqamlari tartibiga ko’ra joylashtirilgan. Elementning tartib raqami element yadrosidagi zaryadlangan musbat zarralar — protonlarning miqdoriga bog’liq. Vodorod atomi bor-yo’g’i bitta protondaya iborat va shu sababli kimyoviy elementlar jadvalida birinchi o’rinni band qilgan.

Ba'zi elepmentlar buyuk allomalarning nomi bilan atalgan, masalan, eynshteyniy (Eynshteyn). Boshqalariga esa Yer yuzidagi mamlakatlar yoki ma'lum viloyatlar nomi berilgan: ger-maniy (Germaniya), ruteniy (Rossiya), kaliforniy (Kaliforniya), skandiy (Skandinaviya). Uchinchi bir xil elementlarga ayrim xususiyat-lariga qarab nom qo’yishgan: indiy (bu element yorqin-ko’k rangli — indigo rangli). Ko’pgina elementlar har bir kishiga yaxshi tanish: mis, temir, qo’rg’oshin, kumush, oltin, alyuminiy, oltingugurt, simob, yod va boshqalar.


Orqaga qaytish