Ertaklar

5529 marta o'qildi
ASSALOMU ALAVKUMNING QUDRATI

Yerda endigina hayot paydo bo'lgan qadim zamonda odamlar o'z bil-ganlaricha kun kechirishar, hatto bir-birlari bilan tuzukroq gaplashishni, muomala qilishni bilmay qiynalishar ekanlar.

Yerda endigina hayot paydo bo'lgan qadim zamonda odamlar o'z bil-ganlaricha kun kechirishar, hatto bir-birlari bilan tuzukroq gaplashishni, muomala qilishni bilmay qiynalishar ekanlar.

Yillar o'tishi bilan ular orasida Ona, Ota, Non, Suv degan iboralar paydo bo'libdi. Keyinchalik bu so'zlar yoniga «Assalomu alaykum» so'zi ham qo'shilibdi.

Odamlar bir-birlarini ko'rganda «Assalomu alaykum», deb salom-lashganda, chehralariga nur yugurib, dillari yorishadigan bo'libdi. Katta-kichik, hamma odam bu so'zni o'rganib olibdi. Odamlar orasida «Assalom» so'zi eng sevimli, yoqimli, hayotbaxsh so'zlardan biriga aylanibdi.

Kunlardan bir kun eng ko'p aholi yashaydigan qishloq yaqinidagi o'rmonda bir bahaybat dev paydo bo'libdi. Undan odamlar jabr ko'rib qo'rquvga tushibdi. Dev bilan jang qilgani borgan qishloqning eng baquwat, polvon yigitlari nom-nishonsiz yo'qola boshlabdi.

Ayni bahor chog'ida bir bolakay qo'ziqorin terib yurib, o'rmonning ichkarisiga kirib qolibdi. Bunday qarasa, naq ro'parasida savlat to'kib ko'zlari charaqlab dev turganmish!

—  Assalomu alaykum, ey dev, — debdi bola.

Devning a'zoyi badani bo'shashib, ko'zlariga miltirab yosh kelibdi.

—  Ey, odam bolasi, — debdi dev, — shu so'zingni yana bir bor qaytar, negaki sendan ilgari kelganlar menga yaxshi niyat qilishmadi.
Shuning uchun ham ular jahannamga ravona bo'lishdi. Sening esa shubirgina so'zing mening dilimga yaxshilik urug'ini sepdi. Butunlayqotib qolgan diydamni shu bir so'z yumshatib, menda hayotga qiziqish uyg'otdi. Umrimda bunday ulug'vor so'zni eshitmagandim. Sen
menga yaxshilik istading, men ham yaxshilik qilgim kelayotir. Tila tilagingni, ey odamzotning asil bolasi!

—    E, «Assalom»ning qadriga yetgan dev, — debdi bola, —
ko'ryapsanki, qorong'i tushib qoldi, agar malol kelmasa, qishlog'imgaolib borib qo'y, bo'lmasa qo'rqaman.

Bir vaqt odamlar qarasa osmonda ko'zlari har tomonga o'tkir shu'la sochib bahaybat dev uchib kelayotganmish. Hamma dahshatga tushibdi. Kasofatdan qutulishning ilojini topolmay, hang-mang bo'lib, qotib qolishibdi. Birozdan keyin devning ustidan bir savatchada qo'ziqorin ko'targan bola tushib kelayotganmish! Odamlar ko'zlariga ishonmabdilar.

—   Yana nima xizmating bor, buyur, odamzotning asil bolasi, —
debdi dev bolaga.

 

 

Qishloq ahli boladan o'rmonda sodir bo'lgan voqeaning tafsilotini so'rab, bilib olishibdi. Hamma «Assalomu alaykum» so'zining qudratiga qoyil bo'libdi. Salomlashish shundan boshlab odamlar o'rtasida ham qarz, ham farz bo'lib qolibdi.


Orqaga qaytish