Ertaklar

5657 marta o'qildi
Baron Myunxauzen sarguzashtlari

Chuvakkina, qushburun, keksa bir kishi kamin yonida yonboshlab o'tirib, o'z boshidan kechirganlarini hikoya qilar edi. Gapini U qanday qilib oyga uchganini, uch oyoqli odamlar orasida qanday yashaganini, qanday qilib uni nahang baliq yutib yuborganini, kallasi tanasidan qanday qilib judo bo’lib qolganini bamaylixotir hikoya qilar edi....

DUNYODAGI ENG ROSTGO’Y ODAM.

 Chuvakkina, qushburun, keksa bir kishi kamin yonida yonboshlab o'tirib, o'z boshidan kechirganlarini hikoya qilar edi. Gapini eshitib o'tirganlar unga qarab kulishib:

—     Voy Myunxauzen-e! Voy baroni tushmagur-e, — deyishardi.

U qanday qilib oyga uchganini, uch oyoqli odamlar orasida qanday yashaganini, qanday qilib uni nahang baliq yutib yuborganini, kallasi tanasidan qanday qilib judo bo’lib qolganini bamaylixotir hikoya qilar edi. Bir kuni bir yo'lovchi uning gaplariga quloq solib, turdi-turdi-da, birdan:

—  Hamrna gaplaring lof! Sen gapirayotgan voqealar hech vaqt bo'lgan emas, — deb qichqirdi.

Myunxauzen qovog'ini soldi-da, gerdayib javob qildi:

— Men o'zimning eng yaxshi do'stlarim deb atagan graflar, baronlar, knyazlar va sultonlar meni doim dunyoda eng rostgo'y odam der edilar. Hikoyani eshitib turganlar yana qattiqroq xaxolab yubordilar.

—  Myunxauzen rostgo'y odam emish! Xa-xa-xa!

Myunxauzen esa, pinagini ham buzmay, qanday qilib kiyikning boshidan ajoyib daraxt o'sib chiqqanini hikoya qilaverdi.

—  Daraxt?.. Kiyikning boshida-ya?

— Ha. Olcha daraxti. Daraxtda esa olchalar. Shunday mazali, shirinki... Bu hikoyalarning hammasi shu kitobda bosilgan. Shularni o'qib, dunyoda baron Myunxauzendan  ham  rostgo'y odam  bo'lgan-bo'lmaganligini o'zlaringiz ayting.

 

Kitobni to'liq holda yuklab oling

Yuklab olish Yuklab olish


Orqaga qaytish