Ertaklar

5082 marta o'qildi
TONG

Chip-chipjon endi hamma jo'jalarga, Oppoq buviga, Chipor xolaga o'rganib ketdi. Ular bilan yashay boshladi.

Chip-chipjon endi hamma jo'jalarga, Oppoq buviga, Chipor xolaga o'rganib ketdi. Ular bilan yashay boshladi. Oyoqlari ham asta-sekin baquwatlashdi. Qanotlari o'sdi. U negadir Oppoq buvining yonida yotishni, sabr-toqat bilan tongni kutishni yaxshi ko'radi. Chunki tong otgach, o'rtoqlari bilan birga har xil o'yin o'ynaydi. Do'mboqvoy uni har kuni uy yonida sabrsizlik bilan kutib turadi, u yoniga tushishi bilan suyunganidan shataloq otganicha bir aylanib keladi.

Chip-chipjon tong otishini yaxshi ko'radi. Chunki jajji «xo'roz»cha unga judayam mehribon bo'lib qolgan.

Har tongda Chip-chipjon qaysidir o'rtog'iga yaxshilik qilish orzusi bilan uyg'onadi. Ana, tong otyapti, tur, Chip-chipjon! Turaqolinglar!


Orqaga qaytish