Bilasizmi?

5652 marta o'qildi
MAGNIY NIMA?

Magniy — odamlarga tanish eng antiqa metallardan biridir. U shu qadar yengilki, vazni alyuminiy og’irligining uchdan ikki qismiga to’g’ri keladi. Magniy sanoatda ishlatilayotgan metallarning eng yengili hisoblanadi.      Vaznining yengilligidan tashqari magniy yana bir o’zgacha xossaga ega.

MAGNIY NIMA?

         Magniy — odamlarga tanish eng antiqa metallardan biridir. U shu qadar yengilki, vazni alyuminiy og’irligining uchdan ikki qismiga to’g’ri keladi. Magniy sanoatda ishlatilayotgan metallarning eng yengili hisoblanadi. Vaznining yengilligidan tashqari magniy yana bir o’zgacha xossaga ega. U yonishi mumkin. Magniy qipiqlari yoki uning zig’irtak chiqitlari juda oson yonadi va lovullab gulxanga aylanadi.         Boshqa jihatdan, magniyning xossalari boshqa metallarning hususiyatlaridan farq qilmaydi. U kumushrang-oppoq tusli, alyuminiydan biroz qattiqroq va nam havoda tezda yeyiladi yoki to’ziydi.        Magniyning mustahkamligini kuchaytirish, qattiqligini oshirish, korroziyaga chidamliligini barqarorlashtirish maqsadida uni rux, marganets va alyuminiy bilan aralashtirib qotishmaga aylantiradilar. Magniyli qotishmalar keng ko’lamda qo’llaniladi. Ulardan tunuka, plastina, quvur, to’sin va sim ishlab chiqariladi. Magniyning o’ta yengil vazni uni tayyora va boshqa xil tez harakatlanuvchi texnikani tayyorlashda alohida foydali materialga aylantiradi.Gohida yonuvchanlik xossasiga eta bo’lganligi uchun magniy sof holatida raketalar, mushaklar, havoda iz qoldirib uchadigan o’qlarda ham qo’llaniladi.Magniy tuzidan tibbiyotda va kimyoda ham foydalaniladi. Eng sho’r tuz — magniy sulfati, magneziya suti esa magniy oksidining eritmasidir.   Bir zamonlar magniy kimyoviy laboratoriyalarning shunchaki ermagi edi. 1808 yilda ser Xamfri Deyvi garchi sof holdagi magniyni ololmagan bo’lsa-da, uning ayrim xossalarini kashf etdi. Shundan keyin olimlarning bu g’aroyib metallga diqqat-e'tibori kuchayib bordi va uni sof holida qanday olish hamda boshqa metallar bilan qotishmaga singdirishni chuqurroq o’rgandilar. Ilk magniy qotishmasini olish uchun yuz yil kerak bo’ldi. Magniy shu qadar yuqori kimyoviy aktivlikka egaki, uni erkin holida tabiatda uchratish amrimahol. Biroq boshqa elementlar bilan birikkani holda magniy yer qobig’ining atigi 2 foizini tashkil etadi, xolos. Magniyni tabiatda mavjud boshqa ma'danlar birikmasidan ajratib olinadi. Bular magnezit, dolomit, karnallit, tabiiy tuz qorishmalaridir.

 ALYUMINIY NIMA?

      Alyuminiy — kumushrang-oqish yaltiroq tusli metall, temir moddasiga nisbatan 3 marta yengil. Undan soch tolasidan ingichkaroq sim cho’zish, loyiha qog’ozi qalinligidagi plastinalar tayyorlasa bo’ladi. Alyuminiy Yer yuzida juda keng tarqalganligi balki Sizni hayron qoldirar. Alyuminiy yer qobig’i massasining 8 foizi-ni tashkil etadi. Biroq tabiatda alyuminiy zinhor sof holatda uchramaydi. Boshqa elementlar va moddalar bilan tez kirishib ketadigan bu metall tuproq va tog’ jinslari tarkibiga kiruvchi birikmalarni yuzaga keltiradi. Yoqut, la'l, granat va boshqa ko’pgina nafis nodir toshlar alyuminiy bilan birikma holida mavjud.  Ancha zamonlar alyuminiyni boshqa moddalardan ajratib olish eng qiyin vazifalardan biri edi, bu ish katta xarajatlarni talab qilar edi. 1886 yilda kimyogar olim Charlz Martin Xoll bu metallni katta miqdorda olishning arzon usulini topdi. Alyuminiy va ftorli natriy bilan birikmada bo’lgan kreolit eritmasida biroz miqdorda alyuminiy oksidini eritdi. Keyin bu aralashmani granitdan yasalgan idishga quydi-da uning ichidan doimiy elektr tokini o’tkazdi. Ikki soatdan keyin u idishning tubida mittigina yarqiroq «tugmacha»ni payqadi, bu sof alyuminiy edi. Bu usul hozirga қadar dunyo bo’yicha alyuminiy metalini olish asosida yotadi. Kreolit faqat Grenlandiyada topildi, biroq uni sun'iy yo’l bilan olsa bo’ladi. Alyuminiy ishlab chiqarishning asosiy xomashyosi boksit tarkibiga kiradigan oksiddir. Uning zaxiralari dunyoning ko’pgina mintaqalarida mavjud. Alyuminiy oshxona anjomlarini tayyorlash uchun juda asqotadigan materialdir, chunki u issiqlikni yaxshi o’tkazadi va oson tozalanadi. Ayniqsa u samolyotsozlikda va avtomashinalarning dvigatellarini ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Alyuminiy ishlovga shu qadar moski, undan hatto qalinligi 0,005 — 0,008 mm keladigan folga — zarqog’oz tayyorlash mumkin. Buning uchun sof alyuminiy ishlatiladi. Biroq metall qog’ozlarning pishiq chiqishi uchun asosan alyuminiy qotishmasidan foydalaniladi. Bunday paytda boshqa metallar alyuminiy bilan bi-rikmaga kirishtiriladi. Xonadonlarda ishlatiladigan alyuminiy qog’oz — folga namga va isga chidamli, moy bosib qolmaydi, u hidsiz va ta'msiz, korroziyaga bardoshli, issiqni qaytaradi va yorug’likni o’tkazmaydi.

 FOSFOR NIMA?

    Fosfor tabiatdagi boshqa moddalar bilan aralash holda mavjud bo’lgan kimyoviy element. Fosforni turli tog’ jinslaridan olinadi. U nurlanib turuvchi oqish-sariq modda bo’lib, ayniqsa qorong’ulikda alohida ko’zga tashlanadi. Oq fosfor kuchli zaharli xususiyatga ega, u yonib ketmasligi uchun suvda saqlanadi. Bo’shliqda, havosiz joyda yoqilgan oq fosfor qizil tusga kiradi, u mutlaqo xavfxatarsiz va ochiq joyda ham bemalol saqlanishi mumkin. Qizil fosfor gugurt ishlab chiqarishda foydalaniladi. Oq va qizil fosforlarning yonish paytida kislota hosil bo’lib, u sanoatda keng ko’lamda ishlatiladi. Masalan, undan og’it va bo’yoqlar olinadi.

 XROM NIMA?

     Xrom — metall. U qattiq, ayni chog’da mo’rt va korroziyaga o’ta chidamli. U kumushrang-oq tusli, sayqal berilgach, yaltirab turadi. Xrom elektr toki va issiqlikni yomon o’tkazadi.  Xromni tabiatda metall holida uchratish qiyin. U bir necha ma'danlar tarkibida mavjud bo’lib, ularning ko’pchiligi yorqin rangda tovlanadi, biroq xrom faqat bitta ma'dan tarkibidan olinadi. Bu xromit deb atalgan og’ir qora ma'dandir. Ushbu ma'danning eng yirik zaxiralari Janubiy Afrikada, Rossiyada, Filippinda va Zimbabveda bor.         Bizning ko’pchiligimiz uni avtomobil va boshqa metall buyumlarning oppoq yaltiroq qoplamasi tarzida ishlatilganini ko’rganmiz. Aslida esa xromning eng muhim qo’llanadigan joyi — bu, po’lat qotishmadir. Po’lat tarkibiga biroz miqdorda xrom qo’shilsa, u yanada mustahkam, qattiq va korroziyaga yanada chidamli bo’ladi. Xrom — zanglamas po’latning tarkibiy qismi. Zanglamas po’lat esa korroziyaga bardoshlilikni ta'minlash zarur hisoblangan o’rinlarda ishlatiladi. Masalan, zanglamas po’latdan pichoq, vilka, qoshiq, kastryul, oshxona chag’anog’i, ish stoli va asbob-uskunalari, sut idishlari va hattoki jarrohlik asbob-anjomlari tayyorlashda foydalaniladi.  Xrom metall predmetlarga yarqiroq qoplama berilishida ham qo’llaniladi. Bunday qoplama «galvano qoplamalash» deb atalgan jarayonda olinadi. Xromli qoplama dastlab soatlar, zargarlik buyumlari va uy anjomlarini bezash va ularni himoyalash uchun qo’llanilgan. Avtomashinalarni ishlab chiqaruvchilar uning bampe-ri va boshqa ichki qismlariga qoplamalar qilishni taxminan 1925 yildan e'tiboran boshlashgan. Bizning kunlarimizda xromlash eng avvalo avtomobil sanoatida qo’lanilayotir.   Mashinaning tez eskiradigan va ishqalanishga uchraydigan qismlari masalan, uning uzatish mexanizmlari va ushlab turuvchi sirtqi qobirg’a tunukalariga aksariyat hollarda xrom yuritiladi. Avtomobilning xrom bilan qoplangan harakatdagi qismlari moy surtilmasdan ham ishlatilaveradi. Xromli tuz terilarni oshlash va matolarni bo’yashda ishlatiladi. Xromning ko’pgina yarqiroq bo’yoqdor qismlaridan bo’yoq tayyorlashda foydalaniladi. Shunday qilib, ko’rib turibsizki, xrom — inson uchun bag’oyat foydali metallardan biri ekan.


Orqaga qaytish