Bilasizmi?

5664 marta o'qildi
NIKEL NIMA?

Nikel sanoatning yuzlab tarmoqlarida keng qo’llanadigan ko’pgina qotishmalar tarkibiga kiradi. U odamlarga ma'lum bo’lgan eng foydali metallardan biridir. Biroq o’tmishda nikel kimyogarlarga ozmuncha tashvish keltirmagan. «Nikel»ning nomi bejizga olmon tilidagi «shaytoncha»dan kelib chiqmagan!

NIKEL NIMA?

      Nikel sanoatning yuzlab tarmoqlarida keng qo’llanadigan ko’pgina qotishmalar tarkibiga kiradi. U odamlarga ma'lum bo’lgan eng foydali metallardan biridir. Biroq o’tmishda nikel kimyogarlarga ozmuncha tashvish keltirmagan. «Nikel»ning nomi bejizga olmon tilidagi «shaytoncha»dan kelib chiqmagan! Nikelni meteoritlar tarkibidan kuzatishgan va ayrim hollarda — biroz miqdorda — uni mustaqil, sof holatda uchratish mumkin. Biroq nikelning yirik zaxiralari ma'lum bir konlarda, masalan, pirrotit konlarida bo’ladi. (Pirrotit tarkibida temir, mis va nikel bi-rikmalari mavjud ma'dandir). Kanada — dunyo-da eng kp nikel ishlab chiqaradigan mamlakat. Tarkibida nikel bo’lgan rudani, undan shteyn deb ataluvchi boyitilgan qorishmani olish uchun, odatda domna pechlarida eritiladi. Shundan keyin bu qorishmaning o’zi domna pechlarida eritilib, undan nikel olinadi. Nikel — kumushrang, yarqiroq metall, unga osonlik bilan ishlov berish mumkin. Buning ustiga, nikel — qizdirilmagan holatida ham eng magnitlanuvchan metallardandir.   Biz sof nikelni juda kam uchratamiz, uni boshqa metallarga qoplama tarzida qo’llanilganda ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Bu nikel qoplama deb ataladi. Bunday qoplama metallni zanglash va yarqiroqligini yo’qotishdan asraydi, ularning chidamliligini oshiradi. Ishlab chiqarilayotgan nikelning salmoqli qismi qotishmalar uchun ishlatiladi. Masalan, uning mis bilan qotishmasi tanga tayyorlashda qo’llaniladi. AQShning besh sentlik tangasini «nikel» deyishadi. Nikelning mis bilan uchga bir, qo’rg’oshin bilan birga bir nisbat bilan aralashtirib tayyorlangan qotishmasi «ney-zilber» deb atalgan yorqin kumush tusli metalni vujudga keltiradi, bu metall oshxona jihozlari va kumush hal berib tayyorlanadigan buyumlarning asosini yasash uchun ishlatiladi. Nikelning nisbatan uncha katta bo’lmagan qismi shunday maqsadlar uchun foydalaniladi. Asosan esa nikel zimmasiga doimiy ravishda og’irroq yuk tushib turadigan joylarda qo’llaniladigan po’latga qotishma qilinadi. Bu qotishmalar ko’priklar, temir yo’llar qurilishida, mixparchinlar, lokomotivlar uchun qozonlar, avtomobillarning uzatish qutilari va o’qi, ekskovatorlar kovshining tishini tayyorlashga ishlatiladi.

 MIS NIMA?

          Odamzot misni barcha metallardan oldin kashf etgan. Tarix boshlanmasidan oldingi davrlarda tosh davri odamlari tomonidan ham misdan foydalanilgan. Mis u paytlarda toza shaklda — yaxlit yombi va hech bir aralashmasiz dona-dona ҳolda topilgan. Ehtimol, misni inson ilk bor tabiatning go’zal hodisasi sifatida qo’lga olgandir. Shundan keyin u buyuk kashfiyot qilib, bu g’aroyib qizg’ish toshni har xil shaklga solib ishlash mumkinligini payqadi. Bu chaqmoqtoshni qiynalib urib sindirishga nisbatan ancha odmi qurol-yarog’ va pichoq yasash usuli edi. Keyin oradan ancha zamonlar o’tdi, dunyoga kelgan yangi odamlar bu qizil toshlarni eritib, ulardan mis likopcha va ko’zalar yasashni o’rgandilar. Xuddi o’sha davrlarda misni qazib olish va undan rang-barang asbob-uskunalar va buyumlar yasash boshlandi.   Minglab yillar mobaynida mis yagona qayta ishlanadigan metall bo’lib keldi, sababi oltin nihoyatda kamyob metall edi, bundan tashqari u g’oyatda yumshoq bo’lib turli maqsadlarda qayta ishlashga yaroqsiz edi. Mis asbob-uskunalardan, ehtimol, buyuk Misr ehromlarini qurishda ham foydalanilgandir.    Bronza kashf etilgach (u mis va qalayi qotishmasidir), mis yanada ko’p miqdorda qazib olipa boshladi. Biroq temir topilganidan keyin mis ma'lum bir miqdorda ishlatiladigan bo’lib qoldi, uni asosan taraqqiyotning eng quyi darajasidagi xalqlargina ishlatishardi. Elektr energiyasi davri boshlanguniga qadar ahvol shu tarzda qoldi. Mis o’zidan elektrni yaxshi o’tkazadi, shu sababli u zamonaviy sanoatda keng qo’llaniladi. Kamdan-kam odamlargina misni sof holda ko’rishgan, shu sababli uni ko’rishganida ham tanishadi deb bo’lmaydi. U kumushsimon va jinday pushtirang tusli moddadir, ochiq havoga to’qnash kelsa, qizg’ish tusga kiradi. Odatda biz ko’rib turadigan mis qizg’ishjigarrant tuslidir. Bu rang mis oksidiga xos bo’lib, metalning havo bilan o’zaro ta'siri natijasida yuzaga keladi. Dunyodagi misning katta qismi boshqa moddalar bilan birikkan holda mavjuddir. Misni ishlatishdan oldin ulardan ajratib olinadi. Aksariyat hollarda mis oltingugurtli moddalar bilan yonma-yon bo’ladi, ular esa o’z navbatida yana temir va margimush bilan birikkanligi sababli ulardan misni ajratib olish osonmas. Mis boshqa ko’pgina metallar bilan raqobatni boshdan kechirib yashab kelayotganidan tashqari yana boshqa bir qator xossalarga egadir. U ancha mustahkam metallardan biri bo’lishi bilan birga yetarli darajada qayishqoq hamdir, uni cho’zish, qayta ishlash asosida istalgan shaklga solish mumkin. U issiq o’tkazuvchanlikda elektrdan qolishmaydi. Misda o’ymakorlik usulida naqshlar ishlash mumkin. Biroq uni osonlik bilan sindirib bo’lmaydi. Bundan tashqari, uni boshqa metallarga qo’shib bronza va latun birikmalarini olish mumkin.

KUMUSH NIMA?

    Kumushni qadim zamonlarda ham olishgan. Yevropada bisotidagi kumushning miqdoriga qarab qirollarning qudratiga baho berishgan. Ispaniyada kumush qazib olinadigan konlarning boyligi kamaygach, Ispaniya qiroli Amerikaning ochilishi to’g’risidagi xabarni cheksiz sevinib qarshi oldi: axir, bu Meksika va Peruning kumush rudalariga boy konlariga yo’l ochar edi-da. Keyingi 250 yil mobaynida ispan qirollari Perudagi Potosi konidan har yili 4 million dollar qiymatiga ega bo’lgan kumush olib turdilar!  Kaliforniyada oltin jazavasi avj olgan yillarda olg’ir kimsalar oltin konlariga yonma-yon bo’lgan «qoramtir yerlar»ning po’stagini qoqib so’kinar edilar. Va faqat bir hodisa sabab bo’lib, bu yerlar o’z tarkibida kumushni mujassamlashtirgan ruda konlari ekanligini fahmladilar. Kumush — keng tarqalgan metallardan biri. Ba'zida sof holdagi yombi kumushni ham uchratishgan. Norvegiyada esa bir zamonda 750 kilogramm keladigan sof, yaxlit holdagi kumushni ham topib olishgan! Aslida esa kumush asosan tarkibidan ajratib olinadigan rudada bo’ladi.   Bunday ruda kumush oltingugurt bilan birgalikda kumush sulfidini hosil qilgan holda bo’ladi yoki mis sulfidi, qo’g’oshin sulfidi yoki margimush sulfidan kabi boshqa sulfidlarning tarkibida mavjud bo’ladi. AQShda kumush qo’rg’oshin bilan birga birikma holida qazib olinadi. Kumush boshqa har xil metallar bilan birikma holida mavjudligi sababli uni yondosh metallardan ajratib olishning xilma-xil usullari vujudga kelgan. Hozirgi vaqtda butun dunyoda bir yilda 850 000 kilogrammgacha sof kumush qazib olinadi. Meksika, AQSh va Kanada asosiy kumush ishlab-chiqaruvchi mamlakatlar hisoblanadi. Kumush — yumshoq metaldir, shu boisdan uni boshqa metallar bilan birikmalarga kiritish uchun qo’llaniladi. Masalan, kumush tangalar tarkibida 90% kumush va 10% mis bor. Taqinchoqlar zargarlik buyumlari va oshxonabop buyumlarning tarkibida 92,5% kumush bilan 7,5% miqdorida mis mavjud.   «Sterling» kumushi atamasining tug’ilishi ajabtovur tarixga ega. U Shimoliy Germaniyada yashovchi Isterlinglar oilasi bilan bog’li ravishda kelib chiққan. Ushbu oila o’z pokdomonligi bilan nom chiqargan edi, shu sababdan Angliya qiroli Jon 1215 yilda ularga Angliya qiroli uchun metall tangalar tayyorlab berishni topshirdi. Vazifa shu qadar ko’ngildagidek uddalandiki, natijada ularning nomi ishonchlilikning oliy namunasiga aylanib qoldi. Sterling tangasi «sterling» so’zi yoki bu tangani joriy etgan mamlakatga bog’liq bo’lgan biror-bir belgi kabi maxsus tamg’alarga ega. Sof holdagi kumush havoda aslo qoraymaydi. Qorayish esa, masalan, havoning ifloslanishi yoki yaqin urtada neft ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjudligi tufayli havoda qo’rg’oshin paydo bo’lganligini anglatadi. Oltindan keyin kumush eng oson qayta ishlanadigan metallardan biridir. 30 mgr. kumushdan uzunligi 50 kilometr keladigan sim tortish mumkin. Ayni paytda kumush odamlarga ma'lum eng yaxshi issiqlik va elektr o’tkazuvchi metallardan hisoblanadi.


Orqaga qaytish